{"id":112527,"date":"2024-01-03T14:32:16","date_gmt":"2024-01-03T11:32:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112527"},"modified":"2024-01-03T14:32:18","modified_gmt":"2024-01-03T11:32:18","slug":"qoraxoniylar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoraxoniylar-davlati\/","title":{"rendered":"Qoraxoniylar davlati"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati \u2014 Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning Janubiy yon bag&#8217;rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chig&#8217;il va yag&#8217;mo qabilalari yetakchi rol o&#8217;ynagan. Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yarmiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Abdulkarim Sotuq Bug&#8217;roxon hokimiyatni egallab, o&#8217;zini &#8220;qoraxon&#8221; deb e&#8217;lon qiladi. Bug&#8217;roxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulug&#8217;langan. Mazkur davlat chegarasida Islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar o&#8217;z davlat chegarasini Somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaktga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda Qoraxoniylar Somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishg&#8217;ol etishadi. Biroq, Hasan Bug&#8217;roxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yo&#8217;lda vafot etadi. 996 yil Qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. G&#8217;aznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida o&#8217;rtada shartnoma tuzilib, unga ko&#8217;ra, Sirdaryo hav-zasi Qoraxoniylar qo&#8217;liga o&#8217;tadi. Amudaryoning Janubdagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginning hukmronligi o&#8217;rnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning Markaziy qismigina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va o&#8217;rta oqimlaridan to Yettisuv, Sharqda esa Torim daryosigacha bo&#8217;lgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va G&#8217;aznaviylar davlati o&#8217;rtasida chegara bo&#8217;lib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat o&#8217;rtasida ham Xuroson hududi uchun o&#8217;zaro urushlar bo&#8217;lib o&#8217;tadi. 1006 va 1008 yillarda Qoraxoniylar Xurosonga qo&#8217;shin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud G&#8217;aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o&#8217;z qo&#8217;lida saqlab qoladi. G&#8217;aznaviylar keyinchalik dastlab o&#8217;zlari yer berib, homiylik qilgan Saljuqiylar bilan ziddiyatga kirishib, o&#8217;rtada katta harbiy to&#8217;qnashuvlar yuz beradi. 1040 yilda esa Dandanakon jangida G&#8217;aznaviylar Saljuqiylar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab o&#8217;zlarini qaytib o&#8217;nglay olmaydi. G&#8217;aznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo&#8217;ritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chag&#8217;oniyonni g&#8217;aznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Farg&#8217;onani o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1041 yilga kelib 2 mustaqil davlatga: Sharqiy va g&#8217;arbiy qismga bo&#8217;linib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, Qashqar, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Farg&#8217;ona kirgan. Poytaxti Bolasog&#8217;un, madaniy markazi Qashqar bo&#8217;lgan. G&#8217;arbiy qism Movarounnahrdan to Farg&#8217;ona vodiysining g&#8217;arbiy chegarasigacha bo&#8217;lgan yerlarni o&#8217;z ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan. Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga bo&#8217;linishi va ular o&#8217;rtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi Markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qo&#8217;yadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130 yil Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe bo&#8217;lib qoladi. 12-asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar \u2014 ko&#8217;chmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor bo&#8217;lib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda bo&#8217;lsada, 13-asr boshiga qadar mavjud bo&#8217;lgan. 1212 yilda qoraxoniylarning so&#8217;nggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Alouddin Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topi-shiga olib keldi. Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning g&#8217;arbiy qismi, Farg&#8217;onaning shimoliy-Sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, Xalach, To&#8217;xsi va Arg&#8217;un kabi ko&#8217;plab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatgach, o&#8217;lkalarda qadimdan yashab kela- yotgan o&#8217;troq va ko&#8217;chmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida o&#8217;zaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi ta&#8217;sirida yarim ko&#8217;chmanchi va yarim o&#8217;troqlikda yashab kelgan etnik guruhlar o&#8217;troqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug&#8217;ullanadilar. Bu ob&#8217;yektiv voqea-hodisalar natijasida o&#8217;zbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil bo&#8217;lib, bu davrda o&#8217;zbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi yuz berdi. Ma&#8217;muriy-boshqaruv tizimi. Qoraxoniylar davlatchilik tizimi o&#8217;zidan oldin o&#8217;tgan Turk xoqonligi, turkesh davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va an&#8217;analari ga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, o&#8217;z navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr o&#8217;rtasi) ma&#8217;muriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning o&#8217;zaro Ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshlig&#8217;i &#8220;yabg&#8217;u&#8221; deb nomlangan. O&#8217;lkadagi barcha qabilalar yabg&#8217;uga bo&#8217;ysungan, ayni vaqtda yabg&#8217;u o&#8217;zi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani o&#8217;z sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi bo&#8217;lib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy harakatlar vaqtida ular yabg&#8217;uning buyrug&#8217;iga binoan o&#8217;z harbiy bo&#8217;linmalari bilan urushda qatnashishgan. Vaqt o&#8217;tishi bilan qoraxoniylarning bu ma&#8217;muriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-asrning o&#8217;rtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati o&#8217;z tarkibiga qo&#8217;shni qabilalarni ham qo&#8217;shib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham ma&#8217;lum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda &#8220;Qoraxon&#8221; unvoni bilan ulug&#8217;langan &#8220;buyuk xon&#8221; o&#8217;tirgan. Xonlik taxtiga og&#8217;a-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulug&#8217; kishisi o&#8217;tirgan. Xonlar &#8220;Qoraxon&#8221; unvoni bilan birga Tavg&#8217;achxon, Arslonxon, Bug&#8217;roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulug&#8217;langan. Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan bo&#8217;lib, davlat viloyatlarga bo&#8217;lib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari &#8220;elning oq xoni&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;buyuk xon&#8221; Qoraxondan nufuz va darajasiga ko&#8217;ra keyingi o&#8217;rinda turuvchi &#8220;kichik xon&#8221; hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi bo&#8217;lishsa-da, o&#8217;lkada o&#8217;z nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movarounnahr eloqxoni katta obro&#8217;ga ega bo&#8217;lib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni &#8220;takin&#8221; unvonidagi kishilar boshqargan. &#8220;Takin&#8221; atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qo&#8217;llanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. Somoniylar va Qoraxoniylar davriga kelib &#8220;takin&#8221; unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi uchun mas&#8217;ul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga ko&#8217;tarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun Qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va do&#8217;stona munosabatda bo&#8217;lishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e&#8217;tibor kuchayib, ularning ob-ro&#8217;si nihoyatda baland bo&#8217;lgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular ta&#8217;sirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan. Madaniyati. Qoraxoniylar davrida turli o&#8217;lkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasog&#8217;un, Qashqar, O&#8217;zgan kabi shaharlar ham ma&#8217;muriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning o&#8217;lka hayotidagi muhim o&#8217;rnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yo&#8217;li asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, masjidi Kalon, Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Jarqo&#8217;rg&#8217;on minorasi, Mag&#8217;oki Attori masjidi hamda ko&#8217;plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, Tim va karvonsaroy kabi inshootlar Qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish san&#8217;ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy ko&#8217;rsatadi. Amaliy bezak san&#8217;ati \u2014 naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yo&#8217;nalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf xos Hojibning &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221;, Mahmud Qoshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221; kabi asarlari shu davrda yaratilgan. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991;Koraev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X \u2014 nachalo XIII vv., Frunze, 1983; Muhammadjonov A.R., O&#8217;zbekistonta-rixi, T., 1994; Shoniyozov Q., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999. Behzod Mahmudov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati \u2014 Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning Janubiy yon bag&#8217;rida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida qarluq, chig&#8217;il va yag&#8217;mo qabilalari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoraxoniylar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112527","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112527","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112527"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112527\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112527\/revisions\/112528"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112527"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112527"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112527"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}