{"id":112558,"date":"2024-01-04T07:18:17","date_gmt":"2024-01-04T04:18:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112558"},"modified":"2024-01-04T07:18:18","modified_gmt":"2024-01-04T04:18:18","slug":"nyu-york","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nyu-york\/","title":{"rendered":"Nyu-York"},"content":{"rendered":"\n<p>Nyu-York \u2014 AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan orolida joylashgan. Iqlimi mo&#8217;tadil, sernam iqlim; yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi g, iyulniki 23\u00b0. Yillik yog&#8217;in 1000 mm. Maydoni (shaharning munisipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km2. Aholisi 8 million kishi (2001). Nyu-Yorkning amalda qo&#8217;shilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km2, aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining ko&#8217;pchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga ko&#8217;ra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat. Nyu-York 5 ta shahar rayoniga bo&#8217;lingan. Shaharni mer, munisipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yilga saylanadi. Ilk bor manxattan oroliga 1613 yilda gollandlar kelib o&#8217;rnashgan. Shaharga 1625 yilda asos solingan. 1626 yildan yangi Amsterdam deb atalgan. 1664 yilda yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga Nyu-York deb ataganlar. 1785-90 yillarda Nyu-York AQShning muvaqqat poytaxti. Shaharda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan. Nyu-York \u2014 AQShda eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik o&#8217;simliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat) dan 3 marta ko&#8217;p. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1\/4 qismi Nyu-York orqali o&#8217;tadi. Shaharda fond birjasi, bank, sug&#8217;urta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli o&#8217;rin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yig&#8217;ish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq ko&#8217;prik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 kilometr) va yo&#8217;lovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868 yildan metropoliten ishlab turibdi. Nyu-Yorkda 6 universitet, 40 dan ortiq kollej, Fanlar Akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, filarmoniya zali, konservatoriya, kontsert zallari va boshqalar bor. Nyu-Yorkda italyanlar, yahudiy, Xitoy va boshqa millatga mansub aholining ko&#8217;cha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan to&#8217;g&#8217;ri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr o&#8217;rtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta ko&#8217;chalardan biri \u2014 Brodvey (uzunligi 29 kilometr). 19-20-asrlarda ko&#8217;p qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr o&#8217;rtalariga kelib Nyu-York uzunligi 200 kilometr keladigan va bir-biri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar to&#8217;dasiga aylandi. 17-18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803-12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839-46), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin ko&#8217;prigi (1869-83) va boshqalar saqlangan. Ko&#8217;p qavatli binolardan Empayr Steyt bilding (102 qavat, 1930-31), BMT shtab-kvartirasi binosi (1947-52), xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 metr; 1971-73; 2001 yil 11 sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqalar. Yirik ko&#8217;priklari: Jorj Vashington va Verrasano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali, Vashington arki.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nyu-York \u2014 AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan orolida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nyu-york\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-112558","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112558","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112558"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112558\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112564,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112558\/revisions\/112564"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112558"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112558"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112558"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}