{"id":112572,"date":"2024-01-04T07:22:51","date_gmt":"2024-01-04T04:22:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112572"},"modified":"2024-01-04T07:22:51","modified_gmt":"2024-01-04T04:22:51","slug":"nav-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nav-2\/","title":{"rendered":"Nav"},"content":{"rendered":"\n<p>Nav \u2014 selektsiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xo&#8217;jalik belgi hamda xususiyatlari turg&#8217;un va nasldan o&#8217;tib boradigan, bir turga mansub o&#8217;simliklar majmui; madaniy o&#8217;simliklar uchun eng kichik tasnif birligi. O&#8217;simliklarning Jaydari (mahalliy) va selektsiya yo&#8217;li bilan etishtirilgan Navlari bo&#8217;ladi. Jaydari (mahalliy) Nav ma&#8217;lum bir joyda ekin yetishtirishda uzoq davom etgan yalpi tanlash natijasida yuzaga keladi. Selektsiya Navi ilmiy tadqiqot muassasalarida o&#8217;simliklar selektsiyasining turli ilmiy usullarini qo&#8217;llab olinadi. Tanlash yo&#8217;li bilan Nav ichida biologik barqarorlik (o&#8217;simliklarning bir tipda bo&#8217;lishi) yuzaga keltiriladi. O&#8217;zidan changlanuvchi o&#8217;simliklarda Nav o&#8217;zidan changlanish yo&#8217;li bilan (gomozigot liniya), chetdan changlanadigan ekinlarda chetdan changlanish bilan va birinchi avlod Gete-rozigot duragaylarida har yili duragaylab turish yo&#8217;li bilan saqlanib boradi (geterozigot liniya). Selektsiya yo&#8217;li bilan chiqarilgan Nav o&#8217;z sifatlarini bir kancha avlodlar davomida saqlab boradi. Biroq ishlab chiqarish jarayonida irsiy o&#8217;zgaruvchanlik tufayli salbiy mutatsiyalar paydo bo&#8217;lishi, mexanik va biologiya ifloslanish, o&#8217;simliklarning kasalliklarga chidami pasayib qolishi va boshqalar natijasida Nav xususiyatlari asta-sekin o&#8217;zgarib boradi. Eng yaxshi Navdan foydalanish qishloq xo\u2019jalik ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning samarali usullaridan biridir. Buning uchun elita urug&#8217;lari kerak bo&#8217;ladi, bunday urug&#8217;larni urug&#8217;chilik xo&#8217;jaliklari yetishtirib beradi. O&#8217;simliklar Navlarining haqiqiyligi nav nazorati yordamida aniqlanadi. Eski Nav yangilari bilan almashtirib turiladi, ya&#8217;ni nav almashtirish ishlari olib boriladi. O&#8217;zbekistonda ilmiy tadqiqot muassasalarida yaratilgan barcha ekinlar Navlari Davlat nav sinovidan o&#8217;tkazilib, eng yaxshilari ishlab chiqarishga joriy etish uchun ajratib olinadi. Har yili ekish uchun tavsiya etiladigan Navlar ro&#8217;yxati Respublika qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligining qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xujaligi ekinlari davlat reestrida e&#8217;lon qilinadi. Ad.: O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari ta&#8217;rifi, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nav \u2014 selektsiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xo&#8217;jalik belgi hamda xususiyatlari turg&#8217;un va nasldan o&#8217;tib boradigan, bir turga mansub o&#8217;simliklar majmui; madaniy o&#8217;simliklar uchun eng kichik tasnif birligi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nav-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-112572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112572\/revisions\/112578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}