{"id":112626,"date":"2024-01-04T10:05:41","date_gmt":"2024-01-04T07:05:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112626"},"modified":"2024-01-04T10:05:42","modified_gmt":"2024-01-04T07:05:42","slug":"nuh-ibn-mansur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nuh-ibn-mansur\/","title":{"rendered":"Nuh ibn Mansur"},"content":{"rendered":"\n<p>Nuh ibn Mansur, amiri Rashid (963 \u2014 Buxoro \u2014 997) \u2014 Somoniylar davlatining amiri (976-97), Amir Mansur ibn Nuhning o&#8217;g&#8217;li. Otasining vafotidan so&#8217;ng taxtga o&#8217;tirdi (976 yil 26 sentabr). Siyosiy va harbiy sohada islohotlar o&#8217;tkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Simjuriy sipohsolor (bosh qo&#8217;mondon) bo&#8217;ldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn Mansurning lashkarboshisi Foyiq raboti Malik yaqinida bo&#8217;lgan jangda ataylab engilgan va Qoraxoniylar hukmdori Bug&#8217;roxon (Horun ibn Muso) Buxoroni urushsiz ishg&#8217;ol qilgan (992). Biroq, Bug&#8217;roxon kasallik tufayli Qashqarga qaytib ketayotganda yo&#8217;lda vafot etgan (992). Nuh ibn Mansur Amul (Chorjo&#8217;y)dan qaytib, Buxoroni qayta egallagan. Bu paytda Somoniylar davlatiga qarashli Xuroson Abu Ali Simjuriy (Abulhasan Simjuriyning o&#8217;g&#8217;li) va Foyiq, G&#8217;azna va Hirot viloyatlari Sabuktegin qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. Nuh ibn Mansur bilan Sabuktegin o&#8217;rtasida Kesh va Naxshabda o&#8217;zaro uchrashuv bo&#8217;lib, unda Sabuktegin somoniylarni qo&#8217;llab- quvvatlashga va&#8217;da bergan. Gardiziyning yozishicha, Sabukteginning 20 ming kishilik qo&#8217;shini Abu Ali Simjuriy (997 yil vafot etgan) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarbalar bergan. Nuh ibn MansurBuxoroga qaytgan. Biroq uning somoniylar davlatini tanazzuldan saqlab qolish yo&#8217;lidagi harakatlari o&#8217;z natijasini bermadi. Qoraxoniylarning Buxoroga 996 yil qilgan hujumlari oqibatida Sabuktegin bilan Bug&#8217;roxonning vorisi Nasr Iloqxon o&#8217;rtasida Nuh ibn Mansurning ishtirokisiz muzokaralar o&#8217;tkazilib, somoniylarga Movarounnahrning faqat markazi qoldiriladi. Nuh ibn Mansur saroyida shoir Daqisiy ijod qilgan. Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino 16 yoshida Nuh ibn Mansurni davolab, o&#8217;sha davrda Sharqdagi eng boy kutubxona sanalgan Somoniylar davlatining kutubxonasida mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo&#8217;lgan. Ad.: Abu sa&#8217;ID Gardizi, Zayn al-axbar., T., 1991.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nuh ibn Mansur, amiri Rashid (963 \u2014 Buxoro \u2014 997) \u2014 Somoniylar davlatining amiri (976-97), Amir Mansur ibn Nuhning o&#8217;g&#8217;li. Otasining vafotidan so&#8217;ng taxtga o&#8217;tirdi (976 yil 26 sentabr). Siyosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nuh-ibn-mansur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-112626","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112626","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112626"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112626\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112643,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112626\/revisions\/112643"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112626"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112626"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112626"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}