{"id":112671,"date":"2024-01-04T16:15:01","date_gmt":"2024-01-04T13:15:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112671"},"modified":"2024-01-04T16:15:03","modified_gmt":"2024-01-04T13:15:03","slug":"ijara-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijara-3\/","title":{"rendered":"Ijara"},"content":{"rendered":"\n<p>Ijara (Arabcha \u2014 ijora) \u2014 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini tarqalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer egasining haqini pul bilan to&#8217;lash. Yer egasi xaki hosildan ulush (natura tarzida) beriladigan bo&#8217;lsa muzora&#8217;a deb atalgan. 20-asrning 20-yillariga qadar O&#8217;rta Osiyoda ham keng rasm bo&#8217;lgan; 2) mol-mulkni yollash va undan foydalanish bo&#8217;yicha shartnoma. Unga ko&#8217;ra, bir tomon (Ijara beruvchi) ikkinchi tomon (Ijara oluvchi)ga ma&#8217;lum to&#8217;lov, ya&#8217;ni Ijara haqi evaziga mol-mulkni vaqtincha foydalanish uchun beradi. Ijara haqi mol-mulkning qiymati va keltiradigan daromadiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, o&#8217;zaro kelishuv bilan belgilanadi. Ijarachi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va hatto davlat bo&#8217;lishi mumkin. Mehnat jamoalari o&#8217;z korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan Ijara shartnomasiga binoan asosiy ishlab chiqarish va noishlab chikarish vositalarini ma&#8217;lum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qo&#8217;shimcha daromadga erishish maqsadida oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Ijaraning mukammallashgan shakllaridan biri lizingair. Tadbirkorlik faoliyatida bir necha marta foydalanishga mo&#8217;ljallangan va bunda uzoq vaqt mobaynida o&#8217;zining dastlabki holatini payqab qolib, davriy eskirib boradigan uskuna-jihozlar, mashinalar lizing ob&#8217;yekti bo&#8217;lishi mumkin. Qishloq xo&#8217;jaligida Ijara va Ijara munosabatlari o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega va Ijara ob&#8217;yekti sifatida yer resurslari asosiy o&#8217;rnida turadi. Xorijiy mamlakatlarda yer nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi Ijaraga ham berilishi mumkin. O&#8217;zbekistonda yer davlat mulki, umumilliy boylik hisoblanib, u faqat birlamchi Ijaraga beriladi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida O&#8217;zbekiston Respublikasida Yer oila pudrati bo&#8217;yicha 3 yildan kam bo&#8217;lmagan, fermer xo\u2019jaliklariga 50 yilgacha, lekin 10 yildan kam bo&#8217;lmagan, bog\u2019 va tokzorlar 10 yildan kam bo&#8217;lmagan muddatlarga Ijaraga beriladi (2002). Ijara va Ijara munosabatlari bilan bog\u2019liq masalalar O&#8217;zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) va fuqarolik kodeksi (1996) hamda &#8220;Ijara to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1991 yil 19 noyabr), &#8220;Qishloq xo&#8217;jaligi kooperativi (shirkat xo&#8217;jaligi) to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1998 yil 30 aprel), &#8220;Fermer xo\u2019jaligi to\u2019g\u2019risida&#8221; (1998 yil 30 aprel), &#8220;Dehqon xo\u2019jaligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1998 yil 30 aprel) va boshqalar. Qonunchilik hujjatlariga asosan tartibga solinadi va hal etiladi. Qurbon Choriyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ijara (Arabcha \u2014 ijora) \u2014 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini tarqalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer egasining haqini pul bilan to&#8217;lash. Yer egasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijara-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-112671","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112671","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112671"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112671\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112678,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112671\/revisions\/112678"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112671"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112671"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112671"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}