{"id":112700,"date":"2024-01-05T09:32:53","date_gmt":"2024-01-05T06:32:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112700"},"modified":"2024-01-05T09:32:55","modified_gmt":"2024-01-05T06:32:55","slug":"qazviniy-hamidulloh-ibn-abu-bakr-mustavfiy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazviniy-hamidulloh-ibn-abu-bakr-mustavfiy-2\/","title":{"rendered":"Qazviniy Hamidulloh ibn Abu Bakr Mustavfiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Qazviniy Hamidulloh ibn Abu Bakr Mustavfiy (1281, Qazvin shahri \u2014 taxminan 1350) \u2014 eronlik tarixchi, geograf. Hulokuiylar saroyida moliya ishlari bilan shug&#8217;ullangan yirik amaldor bo&#8217;lgan. Vazir Rashiduddin qo&#8217;l ostida xizmat qilgan. &#8220;Tarixi guzida&#8221; (&#8220;tanlangan tarix&#8221;, 1340 yil) asarini yozgan; unda mo&#8217;g&#8217;ul elxonlari va Erondagi mahalliy sulolalarning tarixi hamda mashhur kishilarning tarjimai holi, Qazvin shahri va viloyatining batafsil bayoni berilgan. Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221; dostoni davomi sifatida mo&#8217;ljallangan &#8220;Zafarnoma&#8221; she&#8217;riy xronikasi (1331-32 yil), shuningdek, &#8220;Nuzhat ulqulub&#8221; (&#8220;qalblar rohati&#8221;) Geografik asarini (1340 yil) yozgan. Asar muqaddima, 3 bob va xotimadan iborat. 1-bobda metall va minerallar, mevali daraxtlar, tabobatda ishlatiladigan o&#8217;simliklar, yovvoyi va uy hayvonlari hamda parrandalar to&#8217;g&#8217;risida fikr yuritilgan. 2-bobda inson va uning xususiyatlari, tashqi qo&#8217;rinishidagi ayrim farqlar bayon qilingan. Asarning 3-bobida Eron va unga qo&#8217;shni mamlakatlarning geografik tuzilishi, tabiiy boyliklari, aloqa yo&#8217;llari, yirik shaharlar o&#8217;rtasidagi masofa va boshqalar xususida bir qancha muhim ma&#8217;lumotlar keltirilgan. Asarning qo&#8217;lyozma nusxalari Angliya, Frantsiya, shuningdek, Toshkent va Sankt-Peterburg sharqshunoslik institutlari qo&#8217;lyozmalar fondlarida saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qazviniy Hamidulloh ibn Abu Bakr Mustavfiy (1281, Qazvin shahri \u2014 taxminan 1350) \u2014 eronlik tarixchi, geograf. Hulokuiylar saroyida moliya ishlari bilan shug&#8217;ullangan yirik amaldor bo&#8217;lgan. Vazir Rashiduddin qo&#8217;l ostida xizmat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazviniy-hamidulloh-ibn-abu-bakr-mustavfiy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112700","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112700"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112700\/revisions\/112702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}