{"id":112740,"date":"2024-01-05T10:21:52","date_gmt":"2024-01-05T07:21:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112740"},"modified":"2024-01-05T10:21:56","modified_gmt":"2024-01-05T07:21:56","slug":"qohira-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qohira-2\/","title":{"rendered":"Qohira"},"content":{"rendered":"\n<p>Qohira \u2014 Misr poytaxti. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi deltasidan Janubda, asosan, daryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Ma&#8217;muriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 million kishidan ziyod (2000, shahar atrofi bilan). Iqlimi O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yiga xos, o&#8217;rtacha temperatura yanvarda 12\u00b0, iyulda 27\u00b0. Yillik yog&#8217;in 34 millimetr, aprel \u2014 may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol \u2014 xamsin esadi. Qohira \u2014 xalqaro havo, mamlakatning temir yo\u2019l, avtomobil va daryo yo&#8217;llarining yirik chorrahasi. Qohira va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining \u00bc qismi, fabrika va zavod ishchilarining 1\/3 qismi to&#8217;plangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, to&#8217;qimachilik, kimyo, tsement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Qohira \u2014 yirik savdo-moliya, Arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Qohirada badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yog&#8217;ochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, Islom san&#8217;ati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, universitet, Misr instituti va boshqa oliy o&#8217;quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari (cho&#8217;l, tropik tibbiyot, qishloq xo\u2019jaligi institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor. Qadimda (taxminan miloddan avvalgi 17-asrda) Qohira o&#8217;rnida qishloq bo&#8217;lgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 yilda Ahmad al-Farg&#8217;oniy Qohira yaqinidagi Ravzo orolida Nil daryosi suvi sathini o&#8217;lchab turadigan Nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hoz. qadar saqlanib turibdi. 969 yilda shaharning shimoliy chekkasida &#8220;Misr al-Qohira&#8221; (&#8220;g&#8217;olib Misr&#8221;) nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641\u2014 969 yillarda Qohira, Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning Arab noiblari, 973\u2014 1171 yillarda Fotimiylar xalifaligi poytaxti bo&#8217;lgan. Ayyubiylar (1171 \u2014 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517 yilda shaharni Usmonli turklar egalladi. Misr ekspeditsiyasi davrida (1798- 1801) Qohira frantsuz qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan. 19-asrda Qohira ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy o&#8217;quv yurtlari tashkil etildi. 1882 yilda Qohirani ingliz qo&#8217;shinlari egallab, uni 1914-22 yillarda Britaniya protektorati ma&#8217;muriy markaziga aylantirdi. 1922 yildan Misr Podshohligi poytaxti. 1953-58 yillarda Misr Respublikasi, 1958-71 yillarda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971 yildan Misr Arab Respublikasi poytaxti. Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Qohirada (Fustat, Bobil) &#8220;Troya minorasi&#8221; (miloddan avvalgi 130 yil), Vizantiya davri cherkovlari (Avliyo Sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk Arab davri Amr ibn al-aso masjidi (7-asr), Ibn Tulun masjidi (9-asr); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-asr), Ach-Azhar va boshqa masjidlar, Sab&#8217;a Banot (&#8220;Yetti qiz&#8221;, 11-asr), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), Muhammad Ali (1930-48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng ko&#8217;chalar, ko&#8217;p qavatli binolar, xiyobonlar, hukumat binolari, universitet shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat rayonlari va boshqalar qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qohira \u2014 Misr poytaxti. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi deltasidan Janubda, asosan, daryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Ma&#8217;muriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 million kishidan ziyod (2000, shahar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qohira-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112740","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112740","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112740"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112762,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112740\/revisions\/112762"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}