{"id":112743,"date":"2024-01-05T10:21:57","date_gmt":"2024-01-05T07:21:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112743"},"modified":"2024-01-05T10:22:05","modified_gmt":"2024-01-05T07:22:05","slug":"quddus-muhammadiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quddus-muhammadiy\/","title":{"rendered":"Quddus Muhammadiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Quddus Muhammadiy (Muhammadiyev Quddus) (1907.25.10 \u2014 Toshkent \u2014 1999.22.6) \u2014 bolalar shoiri. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1982). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan o&#8217;qituvchi (1957). Qishloq xo&#8217;jaligi texnikumini tugatgan (1930), O&#8217;rta Osiyo davlat universiteti (1931-32) va Toshkent tibbiyot instituti (1932-37)da o&#8217;qigan. Maktabda o&#8217;qituvchi (1930-32). Islom shoir kotibi (1941 \u2014 45). She&#8217;rlari 1928 yildan &#8220;Quddus&#8221; taxallusi bilan matbuotda bosilgan. Dastlabki she&#8217;rlar to&#8217;plami \u2014 &#8220;O&#8217;quvchiga esdalik&#8221; (1946) maktab bolalari hayotiga bag&#8217;ishlangan. &#8220;She&#8217;r va ertaklar&#8221;, &#8220;sinov&#8221; (1947), &#8220;orzu&#8221;, &#8220;Bahor keldi&#8221; (1948), &#8220;qirq o&#8217;g&#8217;il, qirq qiz&#8221; she&#8217;riy to&#8217;plamlari (1951) hamda &#8220;yangi uy&#8221; (1953), &#8220;kitob&#8221;, &#8220;bu binoni kim qurgan?&#8221;, &#8220;Oq tog&#8217;lar&#8221;, &#8220;Tentaksoy&#8221; kabi asarlarida inson mehnati ulug&#8217;langan. &#8220;Qanday bo&#8217;lmog&#8217;im kerak?&#8221;(1960), &#8220;juda qiziq, juda chiroyli&#8221; (1961), &#8220;ona-bola mehri&#8221; (1963), &#8220;bola boshidan, o&#8217;g&#8217;lon yoshidan&#8221; (1964), &#8220;qanotli do&#8217;stlar&#8221; (1978), &#8220;cho&#8217;pon bobo qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; (1979) va boshqa she&#8217;r va ertaklar to&#8217;plami nashr qilingan. Quddus Muhammadiy bolalarning yoshiga, saviyasiga mos qilib asarlar yaratgan, adabiy-badiiy vositalarni izlab topgan, kinoya, satira va yumor unsurlaridan unumli foydalangan. Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo&#8217;lgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, ma&#8217;rifiylik va tarbiyaviylikning uyg&#8217;unligidadir. Shoir ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, ularning o&#8217;ziga xos ichki va tashqi tomonlarini, rivojlanish qonuniyatlarini chuqur idrok etadi hamda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq, ya&#8217;ni jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi va badiiy umumlashgan obrazlar yaratadi. &#8220;Tabiat alifbesi&#8221; (5 kitob, 1974-80)da bolalarni O&#8217;zbekistonning boy va go&#8217;zal tabiatini sevishga, suv va havosini musaffo saqlashga chaqirgan. &#8220;Kitob va Oftob&#8221; (1986), &#8220;men sizga bir hikmat aytaman&#8221; (1987) kabi asarlar muallifi. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1969). As.Tanlangan asarlar, T., 1957; Ochil dasturxon [she&#8217;r va ertaklar], T., 1970; Serebristiy Topol, stixi, M., 1982. Ad.: Qo&#8217;shjonov M., Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmat, T., 1963; BAT L . , Shoir va pedagog [&#8220;O&#8217;zbek sovet bolalar adabiyoti&#8221; to&#8217;plamida), T., 1969; Xo&#8217;jaeva R., Quddus Muhammadiy, T.. 1980. Rahmatulla Barakayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quddus Muhammadiy (Muhammadiyev Quddus) (1907.25.10 \u2014 Toshkent \u2014 1999.22.6) \u2014 bolalar shoiri. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1982). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan o&#8217;qituvchi (1957). Qishloq xo&#8217;jaligi texnikumini tugatgan (1930), O&#8217;rta Osiyo davlat universiteti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quddus-muhammadiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112743","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112743","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112743"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112765,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112743\/revisions\/112765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}