{"id":112751,"date":"2024-01-05T10:21:47","date_gmt":"2024-01-05T07:21:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112751"},"modified":"2024-01-05T10:21:49","modified_gmt":"2024-01-05T07:21:49","slug":"qurbaqalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurbaqalar\/","title":{"rendered":"Qurbaqalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurbaqalar &#8211; dumsiz suvda va quruqlikda yashovchiyaar oilasi. Uzunligi 2-25 santimetr. Ko&#8217;pchilik Q.ning tishlari qisman yoki butunlay reduktsiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoklari baqalarga nisbatan kalta. 21 urug&#8217;i 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qit&#8217;alarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tug&#8217;uvchi Qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Ko&#8217;pchilik (200 ga yaqin) turlari asl Qurbaqalar uru-g&#8217;iga kiradi. Asl Qurbaqalarning ko&#8217;z qorachig&#8217;i vertikal joylashgan; orqa oyog&#8217;i barmoqlarida suzgich pardalar qoldig&#8217;i bor; ko&#8217;zidan keyinroqda yirik quloqoldi, tanasining orqa tomoni bo&#8217;ylab mayda zahar bezlari joylashgan. Yevrosiyoning o&#8217;rmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 santimetr keladigan oddiy, ya&#8217;ni kulrang Qurbaqalar, cho&#8217;l, dasht, o&#8217;rmon va tog&#8217;larida (4800 metrgacha balandlikda) ko&#8217;k Qurbaqalar keng tarqalgan. O&#8217;zbekiston faunasida faqat ko&#8217;k Qurbaqalar (uzunligi 14 santimetrgacha) uchraydi. Aksariyat Qurbaqalar \u2014 quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Ko&#8217;pchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qo&#8217;yadi. Qurbaqalar bog&#8217; va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Janubiy Amerikaning mahalliy aholisi aga Qurbaqalarsi zaharini o&#8217;q yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurbaqalar &#8211; dumsiz suvda va quruqlikda yashovchiyaar oilasi. Uzunligi 2-25 santimetr. Ko&#8217;pchilik Q.ning tishlari qisman yoki butunlay reduktsiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoklari baqalarga nisbatan kalta. 21 urug&#8217;i 300 dan ortiq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurbaqalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112751","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112751","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112751"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112751\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112758,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112751\/revisions\/112758"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112751"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112751"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112751"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}