{"id":112804,"date":"2024-01-05T12:16:25","date_gmt":"2024-01-05T09:16:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112804"},"modified":"2024-01-05T12:16:27","modified_gmt":"2024-01-05T09:16:27","slug":"qrim-yarim-oroli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qrim-yarim-oroli\/","title":{"rendered":"Qrim yarim oroli"},"content":{"rendered":"\n<p>Qrim yarim oroli &#8211; Ukraina Janubidagi yarim orol. Maydoni 27 ming km2. G&#8217;arb va Janubda qora dengiz va sharqida Azov dengiziga tutash. Shimolda tor (8 kilometr chamasida) Perekop bo&#8217;yni orqali Sharqiy Yevropa tekisligi bilan tutashgan. Qrim yarim orolining sharqida qora dengiz va Azov dengizi oralig&#8217;ida Kerch yarim oroli g&#8217;arbida Qrim yarim orolining bir qismi \u2014 Tarxankut oroli joylashgan. Qrim yarim orolining shimoliy-Sharqiy sohili bo&#8217;ylab Azov dengizining kichik qo&#8217;ltiqchalari (Sivash va boshqalar) cho&#8217;zilgan. Shimoli (yarim orolning katta qismi) dashtli tekislik (dashtli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kichik) Qrim tog&#8217;lari bilan band. Eng baland joyi 1545 metr (Romankosh tog&#8217;i). Janubda Qrimning Janubiy sohili bo&#8217;ylab kambar tekislik cho&#8217;zilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga o&#8217;xshash magmatik jinslar (Ayudog&#8217;tog&#8217;i), qadimgi vulkan massivlar (Qoradog&#8217;tog&#8217;i) uchraydi. Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, ko&#8217;llarda tuz va shifobaxsh loylar, ohaktosh, gil, mergel. Qrim yarim orolining shimoliy qismining iqlimi mo&#8217;tadil quruq. Qishi iliq (yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi g, 2\u00b0); yozi issiq (iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 24\u00b0). Qrim yarim orolining Janubiy sohilida iqlim o&#8217;rta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 24\u00b0) va qishi iliq (yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 4\u00b0gacha). Yillik yog&#8217;in g&#8217;arbiy qismida 1000-1200 mm, sharqida 500-700 mm, shimolda 300-500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari \u2014 Chyornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shimoliy Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik sho&#8217;r ko&#8217;l bor. Shim. qismida kashtan, Sivash bo&#8217;ylab kashtan, sho&#8217;rtob, sho&#8217;rxok tuproqlar, Markaziy qismida qoratuproq, tog&#8217;oldi va tog&#8217;larda ishqorsizlangan qoratuproq, qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217;-o&#8217;rmon, yaylovlarda qoratuproqsimon tog&#8217;-o&#8217;tloq tuproqlar tarqalgan. Shim. qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida dasht o&#8217;simliklari saqlanib qolgan. Tog&#8217;larda (ayniqsa, shimoliy yon bag&#8217;rida) dub, qoraqay-ingrab, qarag&#8217;ay o&#8217;rmonzorlari bor. Qrimning Janubiy sohilida o&#8217;rta dengiz atrofiga xos o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Manzarali daraxt va butalardan iborat parklar, bog&#8217;lar, tokzorlar, tamaki plantasiyalari ko&#8217;p. Qrim tog&#8217;larining Janubiy etagidan sohil qismida dengiz bo&#8217;yi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qo&#8217;riqxona, Nikita botanika bog&#8217;i bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qrim yarim oroli &#8211; Ukraina Janubidagi yarim orol. Maydoni 27 ming km2. G&#8217;arb va Janubda qora dengiz va sharqida Azov dengiziga tutash. Shimolda tor (8 kilometr chamasida) Perekop bo&#8217;yni orqali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qrim-yarim-oroli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112811,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112804\/revisions\/112811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}