{"id":112805,"date":"2024-01-05T12:16:26","date_gmt":"2024-01-05T09:16:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112805"},"modified":"2024-01-05T12:16:28","modified_gmt":"2024-01-05T09:16:28","slug":"qubodiyon-qabodiyon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qubodiyon-qabodiyon\/","title":{"rendered":"Qubodiyon, Qabodiyon"},"content":{"rendered":"\n<p>Qubodiyon, Qabodiyon &#8211; O&#8217;rta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida. Sag&#8217;oniyon bilan Vaxsh oralig&#8217;ida, hozirgi Qo&#8217;rgontepa viloyatining Shaartuz tumani (Tojikiston) hududida joylashgan. Xitoy manbalarida (7-asr) Kexoyenna mulki tarzida keltirilib, uning hududi sharqdan g&#8217;arbga tomon 2 kunlik yo&#8217;l ekani qayd etilgan. Qubodiyonning Markaziy shahri Sag&#8217;oniyon poytaxtidan qolishmagan. Shaharda 3 ta Budda monastiri joylashgan. O&#8217;rta asrlarda Qubodiyon nomi ilk bor Tabariy asarida 725 yil Asad ibn Abdullohning Xuttalonga yurishi munosabati bilan uchraydi. Qubodiyon 8-asr o&#8217;rtalarida arablar tomonidan bosib olingan. 9-asrda Qubodiyon ma&#8217;muriy jihatdan Xuttalon viloyatiga qaragan. 10-asrda esa Sag&#8217;oniyon (Chag&#8217;oniyon) viloyati tarkibida bo&#8217;lgan. Sam&#8217;oniyning yozishicha, 12-asrda Qubodiyon Balx viloyatiga mansub obod nohiya edi. Qubodiyon hududini Romil daryosi kesib o&#8217;tgan. Bu erda arablarning Tamim qabilasi yashagan, ular harbiy ishda mohir bo&#8217;lishgan. Hozirda Qo&#8217;rg&#8217;ontepaning Janubi- g&#8217;arbidagi tuman markazi Qabodiyon deb ataladi. Uning atrofida Kaykubodshoh va Qal&#8217;ai Mir shahar xarobalari bor, lekin Qubodiyon markazi o&#8217;rni Shaartuzdan 9 kilometr masofada joylashgan Qiziltepa yoxud Qizqal&#8217;a o&#8217;rnida bo&#8217;lgan. Bu erda hayot Kushonlar davridan 13-asr boshiga qadar davom etgan. 11-asrda Xurosonda ro&#8217;yan o&#8217;simligining &#8220;kubodi&#8221; nomli maxsus navi mashhur bo&#8217;lgan. Bu nav Qubodiyonda yetishtirilgan va 10-asrda asosiy qishloq xo\u2019jalik ekini hisoblangan; ro&#8217;yan katta miqdorda Hindistonga eksport qilingan. Undan olingan daromadning bir qismini viloyat hokimi olgan. 17-asrda ham ro&#8217;yan Qubodiyondan chetga chiqariladigan asosiy qishloq xo\u2019jalik mahsuloti sanalgan, undan tashqari Qubodiyondan ajoyib anorlar va 2 turdagi uzum shinnisi chiqarilgan. Qubodiyon tog&#8217;larida 10-asrda neft. saqich va bitum, shuningdek, Feruza konlari bo&#8217;lgan. 12-asrda Sam&#8217;oniy Qubodiyonning mashhur shifobaxsh bulog&#8217;i haqida yozgan. Bu buloq hozirda Chiluchor chashma deb ataladi. Uning oldida yaqin vaqtlargacha eski masjid bo&#8217;lgan. uning ustunlaridan birida masjid qurilgan sana (749 yil) ko&#8217;rsatilgan. 19-asr va 20-asr boshida Qubodiyon Buxoro amirligining Qubodiyon bekligiga bo&#8217;ysungan. Ad.:Kamaliddinov Sh . S . Istoricheskaya geografiya Yujiogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnmm istochnikam IX \u2014 nachalo XIII vv.. T., 1996. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qubodiyon, Qabodiyon &#8211; O&#8217;rta Osiyodagi tarixiy viloyat. Kofirnihon daryosining quyi oqimida. Sag&#8217;oniyon bilan Vaxsh oralig&#8217;ida, hozirgi Qo&#8217;rgontepa viloyatining Shaartuz tumani (Tojikiston) hududida joylashgan. Xitoy manbalarida (7-asr) Kexoyenna mulki tarzida keltirilib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qubodiyon-qabodiyon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112805","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112805","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112812,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112805\/revisions\/112812"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}