{"id":112806,"date":"2024-01-05T12:16:28","date_gmt":"2024-01-05T09:16:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112806"},"modified":"2024-01-05T12:16:31","modified_gmt":"2024-01-05T09:16:31","slug":"quva-budda-ibodatxonasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quva-budda-ibodatxonasi\/","title":{"rendered":"Quva budda ibodatxonasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Quva budda ibodatxonasi (7-8 asrlar) \u2014 qadimgi Shahriston yodgorligining shimoliy tomonidagi rabod qismida bunyod etilgan ibodatxona. Arxeologik tekshirishlar natijasida shu aniqlandiki, 7-asr oxiri \u2014 8-asr boshlarida shahristonda uy-joy va aholi ko&#8217;payib, undan tashqaridagi hududni o&#8217;zlashtirishga ehtiyoj tug&#8217;ilgan. Ushbu joyda 80 dan ortiq xona, 5 ta ko&#8217;cha va ular bilan bog&#8217;liq Markaziy maydon qazib ochilgan. Uning shimolda esa 7-8-asrlarda foydalanilgan budda ibodatxonasi qoldiqlari kavlab o&#8217;rganilgan. Ibodatxona 2 ta katta zaldan iborat bo&#8217;lib, biri sig&#8217;inish uchun, ikkinchisi ibodat qilishga mo&#8217;ljallangan. 1-xonada iloh (Xudo)larga qurbonliklar (gul, meva-cheva va boshqalar) keltirilib, o&#8217;rtadagi tagkurasiga qo&#8217;yilgan va ibodat qiluvchilar aylanib chiqib ketishgan. Uning yong&#8217;inasida asosiy ibodat bajariladigan xona bo&#8217;lib, uni yarmi saqtangan xolos. Kuchli yong&#8217;in natijasida binolar va ulardagi buyumlar kuyib yo&#8217;q bo&#8217;lib ketgan. Shunga qaramay, 2 otliq va ular yonidagi jangchilar haykallarining parchalari saqlangan. Haykallar, tasvirlar majmuasila yovuzlik ilohi Mara, yaxshilik ilohi va budda himoyachisi Shri-devi, Manjushra siymolari yaxshi saqlanmagan. Quva budda ibodatxonasi o&#8217;zining me&#8217;moriy yechimi bilan O&#8217;rta Osiyodagi Budda inshootlaridan ayrim belgilariga ko&#8217;ra bir oz farq qiladi. Xususan, Budda ibodatxonalariga xos va diniy marosim o&#8217;tkazishda foydalanilgan ayrim me&#8217;moriy belgilar bunda uchramaydi. Quva budda ibodatxonasi qurilishida ko&#8217;proq mavjud shart-sharoit va mahalliy qurilish an&#8217;anasidan foydalanilgan. Yana bu yerdan topilgan haykallar tasvirlarida, ayniqsa, yuz tuzilishida bir oz bo&#8217;lsa-da, turkiylashgan qiyofa berishga harakat qilingan. Bu ibodatxona va topilmalar mutaxassislar tomonidan ko&#8217;plab tortishuvlarga sabab bo&#8217;ldi. Bu inshoot budda dinidagi mustaqil oqim \u2014 vad-jrayana yo&#8217;nalishiga taalluqli yagona yodgorlik deb talqin etilmoqda. Bu oqim ko&#8217;proq hinduizm ta&#8217;sirida bo&#8217;lib, O&#8217;rta Osiyoda faqat Quva budda ibodatxonasida kuzatilgan. Quva budda ibodatxonasi topilmalari Hindiston va Sharqiy Turkistonda aniqlangan materiallarga o&#8217;xshashligi bilan, o&#8217;rta asrlardagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlanganini, madaniyat va san&#8217;atni yuksalganini ko&#8217;rsatadi. Ad.: Bulatova V.A., Drevnyaya KUVA, T., 1972; Staviskiy B.Ya., Sudbi buddizma v Sredney Azii (po arxeologicheskim dannim), M., 1998. Boqijon Matboboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quva budda ibodatxonasi (7-8 asrlar) \u2014 qadimgi Shahriston yodgorligining shimoliy tomonidagi rabod qismida bunyod etilgan ibodatxona. Arxeologik tekshirishlar natijasida shu aniqlandiki, 7-asr oxiri \u2014 8-asr boshlarida shahristonda uy-joy va aholi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quva-budda-ibodatxonasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112806","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112806","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112806"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112806\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112813,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112806\/revisions\/112813"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112806"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112806"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112806"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}