{"id":11283,"date":"2021-11-23T20:30:39","date_gmt":"2021-11-23T17:30:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11283"},"modified":"2025-10-28T12:37:09","modified_gmt":"2025-10-28T09:37:09","slug":"atom-elektr-stantsiyasi-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-elektr-stantsiyasi-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATOM ELEKTR STANTSIYASI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATOM ELEKTR STANTSIYASI (AES) \u2014 texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (tes)da ko\u2019mir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, AESda yoqilg&#8217;i sifatida uran ishlatiladi. AESning asosiy qismi atom qozoni, ya&#8217;ni atom reaktori. AESda, ko&#8217;pincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qo&#8217;llaniladi: 1) suv-suvli (bunda susaytirgich modda o&#8217;rnida ham, issiqlik eltuvchi modda o&#8217;rnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) grafit-suvli (suv \u2014 issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi bo&#8217;ladi); 3) og&#8217;ir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, og&#8217;ir suv esa susaytiruvchi); 4) grafitgazli (gaz \u2014 issiqlik eltuvchi, grafit \u2014 susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran-235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zahirasi unchalik katta emas, organik yoqilg&#8217;ining esa atigi 10% ini tashkil qiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilg&#8217;i bilan uzoq vaqpgacha ta&#8217;minlay olmaydi. Yadro yoqilg&#8217;isi sifatida qo&#8217;llaniladigan plutoniy-239 va uran- 233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bag&#8217;rida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilg&#8217;ilari erdagi energetik resursni taxminan 1000 baravar oshiradi. Hozirgi yoqilg&#8217;i ishlab chiqaradigan ko&#8217;paytiruvchi atom reaktorlarida yoqilg&#8217;i miqdorini ishlash jarayonida ortgirish mumkin. Masalan, ikki marta ko&#8217;paytirish uchun taxminan 10 yilgacha vaqt kerakligi ma&#8217;lum. Demak, odamzod atom yoqilg&#8217;isisiz qolmaydi. Atom energiyasi xalqaro agentligining xabar berishicha, 1985 yil oxirida dunyoning 26 mamlakatida atom elektr stansiyalarida umumiy quvvati 248577 MVt bo&#8217;lgan 374 reaktor ishlab turgan. Shulardan umumiy quvvati 77851 MVt bo&#8217;lgan 93 reaktorli AQSh birinchi o&#8217;rinda, qolganlari esa Frantsiya (37533 MVt), sobiq SSSR (26803 MVt), Yaponiya (23665 MVt), sobiq GDR (16429 MVt) va Angliya (10120 MVt). Dunyoning ko&#8217;plab boshqa mamlakatlarida ham AES lar ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda xalq xo&#8217;jaligining elektr energiyasidan foydalanmaydigan biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish yildan yilga ortib bormoqda. Masalan, 1980 yilda dunyoda ishlatilgan elektr energiyasining 5,6%, 1985 yilda \u2014 10,8% va 1988 yilda \u2014 27% AESlarda ishlab chiqilgan. Taqqoslash uchun 1987 yil AQSh ishlatgan energiyasining 19%, Buyuk Britaniyada 19%, Yaponiyada 30%, GFRda 34%, Frantsiyada 76% AESlarda ishlab chiqilgan. Lekin 1986 yil aprelda Chernobil (sobiq SSSR) AESda bo&#8217;lib o&#8217;tgan katta avariya butun dunyo AESlar qurilishi rejalarini buzib yubordi. AQShda qurilish ishlari sekinlashtirildi, Skandinaviya mamlakatlarida esa butunlay to&#8217;xtadi. Ammo yer yuzidagi energiya manbalari hisoblanmish \u2014 neft, gaz, ko\u2019mir zaxiralari cheklanganligidan AESlarni takomillashtirishdan boshqa iloj yo&#8217;q. Atom energiyasi manbai uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga bo&#8217;lgan talabini bir necha ming yillar davomida qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda AESlar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining umumiy energetika balansida yetakchi o&#8217;rinni egallaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATOM ELEKTR STANTSIYASI (AES) \u2014 texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (tes)da ko\u2019mir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, AESda yoqilg&#8217;i sifatida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-elektr-stantsiyasi-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11283","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11283","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11283"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11283\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162288,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11283\/revisions\/162288"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11283"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11283"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11283"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}