{"id":112873,"date":"2024-01-05T14:42:44","date_gmt":"2024-01-05T11:42:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112873"},"modified":"2024-01-05T14:42:46","modified_gmt":"2024-01-05T11:42:46","slug":"qonuniylik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonuniylik-2\/","title":{"rendered":"Qonuniylik"},"content":{"rendered":"\n<p>Qonuniylik \u2014 qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning og&#8217;ishmay amal qilishi. Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlatnnng elementlaridan biri. Qonuniylikning quyidagi printsiplari bor: Qonuniylikning birligi (mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda tushunilishi va qo&#8217;llanilishi); konstitutsiya va qonunlarning ustunligi (barcha normativ va individual huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlar asosida qabul qilinishi hamda ularga zid kelmasligi); inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining kafolatlanganligi; Qonuniylikning madaniyat bilan bog&#8217;liqligi (jamiyat a&#8217;zolari yuqori darajada madaniyatli, jumladan, huquqiy madaniyatli bo&#8217;lgandagina Qonuniylikka erishish mumkin); Qonuniylikning maqsadga muvofiqligi (qonun va qonun osti) hujjatlari davlat va jamiyatning manfaat, maqsadlariga mos kelishi. Bunda maqsadga muvofiqlilik bilan Qonuniylik o&#8217;rtasida ziddiyat kelib chiqmasligi zarur). Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga to&#8217;la rioya etishni ta&#8217;minlovchi vosita va sharoitlar Qonuniylikning kafolatlari hisoblanadi. Bunday kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari bor. Jamiyatning iqtisodiy riuvojlanish darajasi, turli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar Qonuniylikning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati bo&#8217;ladi. Siyosiy hurfikrlilik, ko&#8217;ppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik tamoyillarga mosligi q.ning siyosiy kafolatini belgilaydi. Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning nazoratini ta&#8217;minlovchi samarali mexanizmning mavjudligi Qonuniylikning tashkiliy kafolatidan darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi, axloqiy tarbiyasi Qonuniylikka mafkuraviy kafolat beradi. Qonuniylikning ta&#8217;minlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi. Jamiyatda Qonuniylik amalda bo&#8217;lgan holdagina huquqiy tartibot o&#8217;rnatiladi. Olim Xusanboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qonuniylik \u2014 qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning og&#8217;ishmay amal qilishi. Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlatnnng elementlaridan biri. Qonuniylikning quyidagi printsiplari bor: &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonuniylik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112873","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112873","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112873"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112873\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112880,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112873\/revisions\/112880"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112873"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112873"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112873"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}