{"id":112890,"date":"2024-01-05T14:46:53","date_gmt":"2024-01-05T11:46:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112890"},"modified":"2024-01-05T14:46:55","modified_gmt":"2024-01-05T11:46:55","slug":"qon-yaratilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qon-yaratilishi\/","title":{"rendered":"Qon yaratilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qon yaratilishi, gemopoez &#8211; qon hujayralarining hosil bo&#8217;lishi, rivojlanishi va yetilishi. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qon yaratuvchi a&#8217;zolarni, umurtqasiz hayvonlarda, asosan, bo&#8217;shliqlardagi suyuqliklar va qonning o&#8217;zida yoki gemolimfada hosil bo&#8217;ladi. Qon yaratilishi uzluksiz jarayon bo&#8217;lib, ko&#8217;pchilik qon hujayralarining qisqa hayotiy tsikli tufayli ro&#8217;y beradi. Odam embrionida sariqlik xaltachasidagi mezenxima hujayralarida qon yaratuvchi hujayra hosil bo&#8217;ladi; homila 3 oyligidan to tug&#8217;ilguniga qadar qon jigarda va taloqda, 4 oyligidan boshlab esa bir vaqtda ko&#8217;mikda ham hosil bo&#8217;la boshlaydi, 4-oydan boshlab limfa tugunlarini limfositlar shakllanadi. Uch oylik homilada qizil qon tanachalari \u2014 megaloblastlar (yadroli yirik hujayralar) yetilib, yirik eritrositlar (megalositlar)ga, so&#8217;ng eritroblastlarga aylanadi, ular asta-sekin normoblastlar bilan almashinadi. Yangi tug&#8217;ilgan bola va katta yoshdagi sog&#8217;lom organizmda bo&#8217;ladigan eritrositlar ana shu normoblastlardan vujudga keladi. Barcha yetilgan qon hujayralari bir-biridan farqlansa ham yagona boshlang&#8217;ich (ustun) qon yaratuvchi hujayralardan vujudga keladi. Ko&#8217;mikdagi boshlang&#8217;ich qon hujayralarining yetilib qonning yetuk shaklli elementlarga aylanishi qon hosil qiluvchi a&#8217;zolarda sodir bo&#8217;ladi. Qon o&#8217;zaniga (tomirdagi qon oqimiga) qonning barcha funktsiyasini bajara oladigan etuk hujayralar tushadi. Sog&#8217;lom organizmdagi qon tarkibi va qon yaratish a&#8217;zolari o&#8217;zaro dinamik muvozanatda bo&#8217;ladigan yaxlit bitta sistemani tashkil qiladi; yemirilgan qon hujayralari qon hosil qilish a&#8217;zolarida uzluksiz yangilanib turadi. Qon yaratilishidagi bunday muvozanat markaziy va vegetativ nerv sistemasi, gormonlar, vitaminlar, shuningdek, maxsus moddalar \u2014 gemopoetinlar tomonidan boshqariladi. Qon yo&#8217;qotganda, qonda kislorod yetishmaganda, yallig&#8217;lanish jarayonlarida, infektsion kasalliklarda qonda eritrositlar yoki leykositlar hosil bo&#8217;lishi kuchayadi, bu organizmning himoya reaktsiyasidir; bunday holat qonning reaktiv o&#8217;zgarishi deb ataladi. Qon hosil bo&#8217;lishining tezlashuvi organizmning himoya reaktsiyasi bo&#8217;lganligi sababli kishi sog&#8217;ayganda qon yaratilishi ham normallashadi. Ayrim kasalliklarda (organizmda temir moddasi, vitamin V|2 yetishmaganda, taloq kasallanganda, me&#8217;da olib tashlanganda, zaharli moddalardan zaharlanganda) qon hosil bo&#8217;lishi susayadi, kamqonlik ro&#8217;y beradi. Bundan tashqari, ko&#8217;mikda turli patologik jarayonlar paydo bo&#8217;lishi mumkin, bunda, asosan, qonda yosh (yetilmagan) shaklli elementlar ko&#8217;payadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qon yaratilishi, gemopoez &#8211; qon hujayralarining hosil bo&#8217;lishi, rivojlanishi va yetilishi. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qon yaratuvchi a&#8217;zolarni, umurtqasiz hayvonlarda, asosan, bo&#8217;shliqlardagi suyuqliklar va qonning o&#8217;zida yoki gemolimfada hosil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qon-yaratilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112890","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112890","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112890"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112890\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112915,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112890\/revisions\/112915"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112890"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112890"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112890"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}