{"id":112904,"date":"2024-01-05T14:47:03","date_gmt":"2024-01-05T11:47:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112904"},"modified":"2024-01-05T14:47:15","modified_gmt":"2024-01-05T11:47:15","slug":"qon-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qon-2\/","title":{"rendered":"Qon"},"content":{"rendered":"\n<p>Qon \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq to&#8217;qima; hujayra va to&#8217;qimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funktsiyalarining bajarilishini ta&#8217;minlaydi. Eritrositlarning tarkibidagi gemogyubin Qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaktsiyasi (rn) deyarli o&#8217;zgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funktsiyasi); ovqat hazm qilish a&#8217;zolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funktsiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish a&#8217;zolariga (buyrakka) olib boradi. Qon a&#8217;zolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suv-tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykositlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega bo&#8217;lganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda temperaturasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega. Odamlarda 5,2 litrcha Qon bo&#8217;ladi. Qon suyuq qism \u2014 plazma (55-60%) va shaklli elementlar (40-45%) dan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari Qon yaratish a&#8217;zolarida ishlanadi; Qon va qon yaratish a&#8217;zolari \u2014 Qon yaratish sistemasini tashkil etadi. Qon maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sog&#8217;lom odam qonining tarkibi o&#8217;zgarmaydi. Organizmdagi har qanday o&#8217;zgarishlarga nisbatan Qon javob reaktsiyasi qaytaradi, ya&#8217;ni o&#8217;z tarkibini o&#8217;zgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda Qon tarkibining o&#8217;zgarishi muhim ahamiyatga ega. Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil bo&#8217;ladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi. Qonning shaklli elementlari asosan eritrositlar, leykositlar va trombositlarlem iborat. Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin bo&#8217;ladi. Uglevodlar va oqsillarning almashi- nuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga so&#8217;riladi. Glyukozaning bir qismi a&#8217;zo va to&#8217;qimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi. Qondagi lipidlar aralashmasi neytral yog&#8217;lar, erkin yog&#8217;kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bog&#8217;langan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yog&#8217;lar, gliserin, yog&#8217;kislotalari ichak shilliq qavatidan Qonga qisman so&#8217;riladi. Qon yog&#8217;emulsiyasini yog to&#8217;qimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Qonda qator o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qonning tuzilishi, funktsiyalari, kasalliklari va u bilan bog&#8217;liq boshqa masalalarni gematologiya fani o&#8217;rganadi. Ad.: Bahromov S.M., Qon va uning kasalliklari, T., 1996. Saidjalol Bahromov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qon \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq to&#8217;qima; hujayra va to&#8217;qimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funktsiyalarining bajarilishini ta&#8217;minlaydi. Eritrositlarning tarkibidagi gemogyubin Qonga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qon-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112904","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112904","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112904"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112904\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112904\/revisions\/112922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112904"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112904"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112904"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}