{"id":112941,"date":"2024-01-07T10:29:04","date_gmt":"2024-01-07T07:29:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112941"},"modified":"2024-01-07T10:29:07","modified_gmt":"2024-01-07T07:29:07","slug":"qiyosiy-grammatika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qiyosiy-grammatika\/","title":{"rendered":"Qiyosiy grammatika"},"content":{"rendered":"\n<p>Qiyosiy grammatika \u2014 ikki yoki undan ortiq tilni o&#8217;zaro qiyoslash orqali ulardagi o&#8217;xshashlik yoki tafovutlar belgilanadigan grammatika; &#8220;kontrastiv grammatika&#8221; deb ham ataladi. Qiyosiy grammatika tillarning fonologik, morfologik, sintaktik, semantik va leksik sathlarini qiyoslab o&#8217;rganadi. Tillarni bunday o&#8217;rganish qiyosiy metod vositasida amalga oshiriladi. Bunda o&#8217;zaro qarindosh tillar yoki turli tizimdagi tillar qiyoslab o&#8217;rganiladi. O&#8217;zaro qarindosh tillar qiyoslanganda, qiyosiy-tarixiy metoddan ham foydalanilsada, tillar sinxron tarzda o&#8217;rganiladi. Qiyosiy grammatika asoschisi ruspolyak tilshunosi Boduen de Kurtene hisoblanadi. Yevropa tilshunosligida Qiyosiy grammatika elementlari 18-19-asrlarda yaratilgan grammatikalarda ko&#8217;zga tashlanadi. Hind-yevropa tillarining dastlabki Qiyosiy grammatikalari nemis olimlari F.Bopp va A.Shleyxerlar tomonidan yozilgan. Qiyosiy grammatikaning asosiy tamoyillari va qiyosiy metodning tilshunoslik metodi sifatida shakllanishi 20-asrning 30-40-yillariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qiyosiy grammatika nazariyoti va amaliyotiga Yevropa va rus tilshunoslaridan Sh.Balli, S.I.Bernshteyn, E.D. Polivanov, L.V.Shcherba, A.A.Reformatskiy va boshqalar katta hissa qo&#8217;shganlar. O&#8217;zbekistonda Qiyosiy grammatikaga oid amaliy tadqiqotlar E.D.Polivanov, V.V.Reshetov, I.A.Kissen, O.A.Azizov, Sh.Rahmatullaev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Ad.: Polivanov E.D., Russkaya grammatika v sopostavlenii s uzbekskim yazikom, T., 1933; Yarseva V.N., Kontrastiv- Naya grammatika, M., 1981; Azizov A.A., Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazmkov, T., 1983. Gavhar To&#8217;xliyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qiyosiy grammatika \u2014 ikki yoki undan ortiq tilni o&#8217;zaro qiyoslash orqali ulardagi o&#8217;xshashlik yoki tafovutlar belgilanadigan grammatika; &#8220;kontrastiv grammatika&#8221; deb ham ataladi. Qiyosiy grammatika tillarning fonologik, morfologik, sintaktik, semantik va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qiyosiy-grammatika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112941","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112941","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112941"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112941\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112949,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112941\/revisions\/112949"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112941"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112941"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112941"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}