{"id":112951,"date":"2024-01-07T10:31:41","date_gmt":"2024-01-07T07:31:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112951"},"modified":"2024-01-07T10:31:45","modified_gmt":"2024-01-07T07:31:45","slug":"qizamiq-gul","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizamiq-gul\/","title":{"rendered":"Qizamiq, gul"},"content":{"rendered":"\n<p>Qizamiq, gul \u2014 o&#8217;tkir yuqumli kasallik; gavda temperaturasining ko&#8217;tarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yo&#8217;llari va ko&#8217;z shilliq pardasining yallig&#8217;lanishi hamda badanga qizil, yirik dog&#8217;li toshmalar toshishi bilan kechadi. Qizamiq yer yuzida eng keng tarqalgan infektsiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar beriluvchan bo&#8217;ladi. Kasallik mavsumiy bo&#8217;lib, kuz-qish va bahorda ko&#8217;proq uchraydi. Infektsiya manbai faqat kasallangan odam hisoblanadi, sog&#8217;lom kishi organizmiga virus nafas yo&#8217;llari orqali tushadi. Kasallikdan keyin umr bo&#8217;yi saqlanadigan immunitet qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) Qizamiq bilan og&#8217;rimaydi. Organizmga yuqori nafas yo&#8217;llari shilliq pardalari, ko&#8217;z kon&#8217;yunktivasi va boshqalar orqali kirgan Qizamiq virusi u yerda ko&#8217;payib, keyin qonga tushadi. Kasallik bosqichma-bosqich kechadi, inkubatsion (yashirin) davri 9-11 kun; undan so&#8217;ng prodromal (boshlang&#8217;ich, kataral) davr 3-4 kun davom etadi. Kasallik boshlanishida gavda temperaturasi 39\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, yuqori nafas yo&#8217;llari va ko&#8217;z kon&#8217;yunktivasi qizaradi, bemor quruq yo&#8217;taladi, tumov bo&#8217;ladi, qo&#8217;zi qizarib yoshlanadi, yorug&#8217;likka qaray olmaydi, tovushi bo&#8217;g&#8217;ilib qoladi, yuzi kerikadi. Bola bezovta bo&#8217;ladi, uyqusi buziladi, ishtahasi yo&#8217;qoladi, holsizlanadi, ba&#8217;zan ich ketishi, qorinda og&#8217;riq, og&#8217;irroq hollarda umumiy intoksikasiya, talvasalar, eshushni yo&#8217;qotish alomatlari ro&#8217;y berishi mumkin. Prodromal davrning 2 \u2014 3 kuni lunj shilliq qavatida qizil gardish bilan o&#8217;ralgan mayda, nuqtasimon, oq dog&#8217;lar paydo bo&#8217;ladi, bu Qizamiqqa xos belgi (Belskiyfilatovkoplik dog&#8217;lari). Ular toshma toshishidan 2-3 kun oldin ko&#8217;rinib, toshma toshganidan 1 \u2014 2 kun o&#8217;tgach yo&#8217;qoladi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida mayda qizil dog&#8217;lar \u2014 enantema paydo bo&#8217;ladi. Toshma toshish davrida (bu davr 3-4 kun davom etadi) bemor qattiq isitmalaydi, tomog&#8217;i qizaradi, keyin o&#8217;ziga xos qizil, yirik toshmalar toshadi; u dastlab quloq orqasi, lunj, peshona va burunga toshadi, keyin yuz, badanga, qo&#8217;loyoqqa tarqaladi. Toshmalarning bosqichmabosqich toshishi Qizamiqda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigarrang dog&#8217;larga aylanadi, ular 7-10 kun saqlanadi. Teri, ayniqsa, yuz, qo&#8217;l kafti va oyoq tagi quruqshay boshlaydi; toshma o&#8217;rni qovjirab, mayda po&#8217;st tashlashi mumkin, gavda temperaturasi pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinarbilinmas yengil kechishi zotiljam, ichki kasalliklar, o&#8217;rta quloqning yallig&#8217;lanishi (otit) va boshqalar asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol vrachga murojaat qilish kerak. Oddini olish uchun bemorni sog&#8217;lom bolalardan ajratib qo&#8217;yish zarur. Qizamiqqa qarshi emlash muhim ahamiyatga ega. 1967 yildan boshlab respublikada Qizamiqqa qarshi yoppasiga emlash joriy etilgan, shu bois kasallik ahyonda bir kuzatiladi. Qizamiq bilan og&#8217;rigan bolalar uyda, og&#8217;irroq hollarda, asorat qolganida kasalxonada davolanadi. Asosiy ahamiyat kompleks davolash chora-tadbirlariga qaratiladi. Sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash, bemor bo&#8217;lgan xonaning havosini tez-tez almashtirib turish va to&#8217;la-to&#8217;kis ovqatlanishiga e&#8217;tibor berish zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qizamiq, gul \u2014 o&#8217;tkir yuqumli kasallik; gavda temperaturasining ko&#8217;tarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yo&#8217;llari va ko&#8217;z shilliq pardasining yallig&#8217;lanishi hamda badanga qizil, yirik dog&#8217;li toshmalar toshishi bilan kechadi. Qizamiq yer &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizamiq-gul\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112951","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112951","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112951"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112951\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112953,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112951\/revisions\/112953"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112951"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112951"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112951"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}