{"id":113061,"date":"2024-01-09T15:12:08","date_gmt":"2024-01-09T12:12:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113061"},"modified":"2024-01-09T15:12:10","modified_gmt":"2024-01-09T12:12:10","slug":"qaynash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaynash\/","title":{"rendered":"Qaynash"},"content":{"rendered":"\n<p>Qaynash \u2014 suyuqlikning butun hajm bo&#8217;yicha shiddat bilan bug&#8217;ga aylanish jarayoni. Suyuqlikda hamisha erigan gazlar mavjud bo&#8217;lib, ular idishning tubi va devorlarida hamda suyuqlik ichida muallaq uchib yurgan chang zarralarida maydamayda pufakchalarni hosil qiladi. Temperatura ko&#8217;tarila borgan sari pufakchalardagi to&#8217;yingan bug&#8217;miqdori va bosimi orta boradi. Itarib chiquvchi kuch ta&#8217;sirida pufakchalar yuqoriga qalqib chiqadi. Agar suyuqlikning yuqorigi qatlamlari temperaturasi pastroq bo&#8217;lsa, ko&#8217;tarilayotgan pufakchalardagi bosim tez kamayadi va shunchalik tez puchqayib qoladi. Pufakchalarning devorlari bir-biriga urilib o&#8217;ziga xos shovqin chiqaradi. Pufakchalar ichidagi to&#8217;yingan bug&#8217; bosimi suyuqlikdagi bosimga tenglashgach, pufakchalar puchqaymasdan ko&#8217;tarila boshlaydi, shovqin ham to&#8217;xtaydi va Qaynash boshlanadi. Barqaror Qaynash jarayonida suyuqlikning temperaturasi o&#8217;zgarmaydi. Suyuqlikka berilayotgan butun energiya (issiqlik energiyasi) suyuqlikni bug&#8217;ga aylantirishga sarf bo&#8217;ladi. O&#8217;zgarmas bosim ostidagi suyuqlikning Qaynash jarayoni yuz beradigan temperatura qaynash temperaturasi (g) deb ataladi. Qaynashtrasi to&#8217;yingan bug&#8217; temperaturasi (to&#8217;yinish temperaturasi) ga teng bo&#8217;ladi. Har xil moddalar turli temperaturada qaynaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qaynash \u2014 suyuqlikning butun hajm bo&#8217;yicha shiddat bilan bug&#8217;ga aylanish jarayoni. Suyuqlikda hamisha erigan gazlar mavjud bo&#8217;lib, ular idishning tubi va devorlarida hamda suyuqlik ichida muallaq uchib yurgan chang zarralarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaynash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113061","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113061","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113061"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113061\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113070,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113061\/revisions\/113070"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113061"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113061"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113061"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}