{"id":113107,"date":"2024-01-09T16:20:14","date_gmt":"2024-01-09T13:20:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113107"},"modified":"2024-01-09T16:20:15","modified_gmt":"2024-01-09T13:20:15","slug":"qoratepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoratepa\/","title":{"rendered":"Qoratepa"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoratepa \u2014 budda g&#8217;or ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1-3-asrlar). Eski Termizning shimoliy-Sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.E.Masson va E.G.Pchelina tekshirgan. 1960-yillarda arxeolog B.Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda O&#8217;zbekiston\u2014Yaponiya qo&#8217;shma arxeologiya ekspedisiyasi ish olib bormoqda. Obida 3 ta tabiiy do&#8217;nglikda qurilgan. Umumiy maydoni 8 gektardan ziyod. Janubiy do&#8217;nglikda 15 dan ziyod g&#8217;or majmuasi bo&#8217;lgan. G&#8217;arbiy do&#8217;nglikdagi g&#8217;or majmuasi 5 dan ortiq bo&#8217;lmagan. Shimoliy do&#8217;nglikning Sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, g&#8217;arbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli bo&#8217;lmagan ibodatxonalar band qilgan. Qoratepadagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, so&#8217;ng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor ta&#8217;mirlangan va tarhi o&#8217;zgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan. G&#8217;or ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan o&#8217;zlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning me&#8217;moriy usullari ustun turadi. Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, milodiy 1-asrda qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri milodiy 2-3-asrlarga to&#8217;g&#8217;ri kelib, bu paytda ibodatxonalar ko&#8217;plab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan. Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim o&#8217;rin tutgan. Qoratepadan topilgan, bag&#8217;ishlov bitiklari bulgan sopollar bu holatni aniq ko&#8217;rsatadi. Bitiklarga ko&#8217;ra, Qoratepadagi ayrim majmuotlar Kxadevakavixara \u2014 podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad \u2014 Gulavxara o&#8217;g&#8217;li (Gondafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib o&#8217;tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan qo&#8217;plab budda haykallari topilgan. Milodiy 3-asr oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lsa kerak. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar o&#8217;rnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi milodiy 4-asr oxiri \u2014 5-asr boshigacha ishlab turgan. Milodiy 4-asrdayoq Qoratepadagi ko&#8217;plab tashlandiq xonalar va g&#8217;or ibodatxonalaridan qabr sifatida foydalanilgan, so&#8217;ng kirish joylari xom g&#8217;isht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida Kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa milodiy 5-6-asrlardagi Termiz hukmdorlari tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-asrdan 12-asrgacha q.dagi yarim ko&#8217;milgan ayrim xonalar va g&#8217;orlardan zohidlar foydalanishgan. Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va boshqa dekorativ-amaliy san&#8217;at buyumlari Kushonlar davridan Tarmita \u2014 Termizda o&#8217;ziga xos an&#8217;ana va yo&#8217;nalishga ega bo&#8217;lgan alohida badiiy maktab bo&#8217;lganidan dalolat beradi. Bu maktab Kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas, balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol o&#8217;ynaydi. Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko&#8217;zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan me&#8217;morlik detallari, plitalar, sopol chirog&#8217;donlar topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va Brahma yozuvlari) va devorlarga chizilgan Kushon-Baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli. Shokir Pidayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoratepa \u2014 budda g&#8217;or ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1-3-asrlar). Eski Termizning shimoliy-Sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.E.Masson va E.G.Pchelina tekshirgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoratepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113107","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113107","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113107"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113107\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113113,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113107\/revisions\/113113"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113107"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113107"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113107"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}