{"id":113138,"date":"2024-01-09T16:25:52","date_gmt":"2024-01-09T13:25:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113138"},"modified":"2024-01-09T16:25:55","modified_gmt":"2024-01-09T13:25:55","slug":"qoriy-xoqandiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoriy-xoqandiy\/","title":{"rendered":"Qoriy Xo&#8217;qandiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoriy Xo&#8217;qandiy (taxallusi; asl ismi Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o&#8217;g&#8217;li) (1828 \u2014 Qo&#8217;qon shahri Sarmozor dahasi \u2014 1906) \u2014 shoir va xattot. 19-asr o&#8217;zbek adabiyotining iste&#8217;dodli namoyandalaridan. Qo&#8217;qondagi Norbo&#8217;tabiy madrasasida ta&#8217;lim olgan. Arab va fors tillarini, sarf, nahv va lug&#8217;at ilmini chuqur o&#8217;zlashtirgan. Hasanqori domladan qiroat ilmini o&#8217;rganib, Qur&#8217;on hofizi \u2014 qorilik unvoniga erishgan. She&#8217;rlarida ham &#8220;Qoriy&#8221; taxallusini qo&#8217;llagan. Qo&#8217;qonning Xo&#8217;jand dahasi G&#8217;oziyog&#8217;liq mahallasidagi katta masjidda uzoq yillar imomlik qilgan. Qoriy Xo&#8217;qandiy mukammal husnixat egasi \u2014 xattot ham bo&#8217;lgan. Qoriy Xo&#8217;qandiyning o&#8217;zi ko&#8217;chirgan (2 dastxat) &#8220;Devon&#8221;i, Majzub Namangoniyning &#8220;Devon&#8221;i, Bahouddin Naqshbandning risolasi, Muqimiy bilan hamkorlikda ko&#8217;chirgan katta bayozi va yana bir necha asarlar bizgacha yetib kelgan. &#8220;Devon&#8221;idan g&#8217;azal, muxammas, muvashshah va ta&#8217;rix janridagi she&#8217;rlar o&#8217;rin olgan. G&#8217;azallari oshiqona va orifona mazmunda bo&#8217;lib, sof lirik xarakterga ega. Muxammaslari (65 ta) o&#8217;zbek va fors tillarida yaratilgan, ularning aksariyati fors adabiyoti klassiklari Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Ahmad Jomiy, Osafiy, Soib kabilarning, turkiy adabiyot klassiklaridan esa Alisher Navoiy, Fuzuliy, Amiriy, Mashrab, Zaliliy, G&#8217;oziy, Uvaysiy, Azimiy kabi ijodkorlarning g&#8217;azallariga bog&#8217;langan taxmislardir. Qoriy Xo&#8217;qandiy she&#8217;rlari Allohga hamdlar, ayniqsa, Payg&#8217;ambarimiz Muhammad (sav) ga bag&#8217;ishlangan na&#8217;tlarning ko&#8217;pligi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, uning ijodida go&#8217;zal mahbubaning yorqin tasviri va unga bo&#8217;lgan muhabbat sitamlari aks etgan misralardan tashkil topgan she&#8217;rlar ham salmoqli o&#8217;rinni egallaydi. Devoni O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo&#8217;lyozmalar fondida (inv. \u21162310) saqlanadi. Ad.Devoni Qoriy, T., 1912; O&#8217;zbekadabiyoti tarixi xrestomatiyasi. 2-j.. T., 1945; O&#8217;zbek adabiyoti, 1-kitob, T., 1960. Ad.: Qayyumov P.. Tazkirai Qayyumiy. 2-kitob, T., 1998. Otabek Jo&#8217;raboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoriy Xo&#8217;qandiy (taxallusi; asl ismi Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o&#8217;g&#8217;li) (1828 \u2014 Qo&#8217;qon shahri Sarmozor dahasi \u2014 1906) \u2014 shoir va xattot. 19-asr o&#8217;zbek adabiyotining iste&#8217;dodli namoyandalaridan. Qo&#8217;qondagi Norbo&#8217;tabiy madrasasida ta&#8217;lim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoriy-xoqandiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113138","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113138","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113138"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113138\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113151,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113138\/revisions\/113151"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113138"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113138"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113138"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}