{"id":113193,"date":"2024-01-10T09:25:02","date_gmt":"2024-01-10T06:25:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113193"},"modified":"2024-01-10T09:25:04","modified_gmt":"2024-01-10T06:25:04","slug":"qorakol-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorakol-tumani\/","title":{"rendered":"Qorako&#8217;l tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorako&#8217;l tumani &#8211; Buxoro viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimol va shimoliy-sharqdan Jondor tumani, Janubi-sharqdan Olot tumani, Janub va g&#8217;arbdan Turkmanistonning Lebap viloyati, shimoliy-g&#8217;arbdan Romitan tumani bilan chegaradosh. Maydoni 9,84 ming km2. Aholisi 125 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qorako&#8217;l), 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bandboshi, Jig&#8217;achi, Ziyorat, Oxunboboev, Sayot, Chovli, Yangibozor, Qozon, Qorako&#8217;l, Qoraun, Qorahoji) bor. Markazi \u2014 Qorako&#8217;l shahri. Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining quyi qismida, viloyatning Janubdagi Qorako&#8217;l vohasida joylashgan. Sharqiy qismi 200-300 metrdan baland bo&#8217;lmagan qirlar, shimoliy va shimoliy- g&#8217;arbiy qismi Qizilqum cho&#8217;li, Qorako&#8217;l va Mohonko&#8217;l vohalari bilan band. Tuproqlari, asosan, bo&#8217;z tuproqlar. Qorako&#8217;l va Mohondaryoning quruq o&#8217;zani o&#8217;tloqi bo&#8217;z, qumoq bo&#8217;z tuproqlar, allyuvial yotqiziqlardan iborat. Botiqlarda sho&#8217;rxoklar, tuzli massivlar (Zamontov) bor, g&#8217;arbiy qismini taqir, qum dyunalari va barxanlar egallagan. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning o&#8217;rtacha temperaturasi 1,8\u00b0, eng past temperatura -33\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28,5\u00b0, eng yuqori temperatura 45,3\u00b0. Vegetatsiya davri 213 kun. Yillik yog&#8217;in 100-150 mm, ko&#8217;p qismi bahor va qishda yog&#8217;adi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan efemer va efemeroidlar, boyalich, kovrak, sho&#8217;ra, shuvoq, isiriq, Qandim, yaltirbosh, rang, saksovul va yulg&#8217;un o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan yumronqoziq, echkemar, qobon, tulki, qo&#8217;shoyoq, toshbaqa, qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni, charxilon va boshqalar yashaydi. Qushlardan qarg&#8217;a, to&#8217;rg&#8217;ay, tuvaloq, hakka, musicha, chug&#8217;urchiq uchraydi. Yovvoyi hayvonlar muhofaza qilinadigan qo&#8217;riqxona bor. Ekin maydonlari Amu-Qorako&#8217;l mashina nasos stansiyasidan sug&#8217;oriladi. Zarafshon daryosining quyi oqimi \u2014 Qoraqo&#8217;ddaryo, asosan, yer osti suvlarini oqizuvchi kollektor vazifasini bajaradi. Foydali qazilmalardan gil, qumtosh, shag&#8217;al, tuz, neft va gaz bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, turkman, tatar, rus, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 12,7 kishi. Shahar aholisi 20,9 ming kishi, qishloq aholisi 104,1 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi, don mahsulotlari aktsiyadorlik jamiyati, dehqon bozori ishlab turibdi. Kichik, o&#8217;rta va yirik biznes korxonalari, mikrofirmalar, &#8220;Qorako&#8217;lteks&#8221; qo&#8217;shma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmog&#8217;i paxtachilik, g&#8217;allachilik, chorvachilik, polizchilik. Pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari mavjud. Sug&#8217;oriladigan maydonlarga paxta, g&#8217;alla, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor, tutzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda, shuningdek, tuya boqiladi. Qorako&#8217;l tumanida 49 umumiy ta&#8217;lim maktabi, bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar kollejlari, tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug&#8217;ruqxona, qishloq vrachlik, felsher-akusherlik punktlari, ambulatoriyalar, dorixonalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Qorako&#8217;l tumani orqali xalqaro temir yo\u2019l va avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;tgan. Tuman markazi bilan qishloqlar orasida hamda Buxoro va Qorako&#8217;l shaharlari o&#8217;rtasida avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. 1931 yildan &#8220;Qorako&#8217;lteks sadosi&#8221; tuman gazetasi chop etiladi (adadi 1125). Isroil Nazarov, Umar Rashidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorako&#8217;l tumani &#8211; Buxoro viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimol va shimoliy-sharqdan Jondor tumani, Janubi-sharqdan Olot tumani, Janub va g&#8217;arbdan Turkmanistonning Lebap viloyati, shimoliy-g&#8217;arbdan Romitan tumani bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorakol-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113193","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113193","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113193"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113193\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113215,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113193\/revisions\/113215"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113193"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113193"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113193"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}