{"id":113195,"date":"2024-01-10T09:25:05","date_gmt":"2024-01-10T06:25:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113195"},"modified":"2024-01-10T09:25:07","modified_gmt":"2024-01-10T06:25:07","slug":"qoramolchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoramolchilik\/","title":{"rendered":"Qoramolchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoramolchilik &#8211; chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini go&#8217;sht, sut mahsulotlari hamda engil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan ta&#8217;minlaydi. Qoramolchilik chiqindisi bo&#8217;lgan go&#8217;ng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qo&#8217;llaniladi (ba&#8217;zi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xo&#8217;jalik tarmog&#8217;i sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo bo&#8217;lgan. Dastlab qoramoldan go&#8217;shti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut iste&#8217;mol qilina boshlagach, odamlar undan yog&#8217;, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni o&#8217;rgandilar, natijada sut Qoramolchilikining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi. Qoramolchilik qadimdan hozirgi O&#8217;zbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulida rivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Qoramolchilikning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va Zebusimon qoramollarni madaniy qoraola, qizilcho&#8217;l va shvis zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xo&#8217;jaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xo&#8217;jaliklari Qoramolchilik sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Qoramolchilikni ixtisoslashtirish, kontsentrasiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga o&#8217;tkazish ishlari amalga oshirildi. Qoramolchilikning sut, sut-go&#8217;sht, go&#8217;sht hamda naslchilik yo&#8217;nalishidagi xo&#8217;jaliklar, naslchilik zavodlari, xo&#8217;jaliklari va fermalari tashkil etildi. Natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98-99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800-4100 kilogramm sut beradigan podalari barpo etildi. Go&#8217;shtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12-13 oyligida 400-420 kilogrammga ko&#8217;tarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xo&#8217;jaliklararo bo&#8217;rdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va bo&#8217;rdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilg&#8217;or tajriba va fan yutuqlari muhim rol o&#8217;ynadi. 1932 yilda chorvachilik tajriba stansiyasining va 1939 yilda O&#8217;zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Qoramolchilik sohasida muhim burilish bo&#8217;ldi. Qoramolchilik rivojining tipologik, ozuqa va selektsiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924 yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan bo&#8217;lsa, 1991 yilda bu ko&#8217;rsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004 yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924 yilda go&#8217;sht yetishtirish (tirik vaznda, ming tonna) 84,0, 1991 yilda 789, 2003 yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. Sigirlardan o&#8217;rtacha sut sog&#8217;ib olish 1924 yilda 400 kilogrammdan 1990 yilda 1685 kilogrammga, qoramollarni go&#8217;shtga topshirish vazni 150 kilogrammdan 401 kilogrammgacha ko&#8217;tarildi. Keyingi 14-15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi o&#8217;sdi. Qoramolchilik sohasida tashkil etilgan fermer xo&#8217;jaliklarida mahsuldorlik ko&#8217;rsatkichlari yaxshilandi. 1990 \u2014 2003 yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga ko&#8217;paydi. O&#8217;zbekistonda Qoramolchilik bo&#8217;yicha ilmiy tadqiqot ishlari O&#8217;zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. Qoramolchilik fan sifatida oliy va o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarining zoomuhandislik va veterinariya fakultetlarida o&#8217;qitiladi. Xorijiy davlatlarda sut yo&#8217;nalishidagi Qoramolchilik, ayniqsa, Gollandiya, Daniya, Germaniya, Isroil, AQSh, Kanada, Yaponiya va yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning o&#8217;rtacha sut sog&#8217;imi 8-11 ming kilogramm). Go&#8217;shtdor Qoramolchilik AQSh Frantsiya, Angliya, Italiya, Kanada va Avstraliyada tashkil etilgan (go&#8217;sht olinadigan 14-15 oylik novvoslar vazni 500-550 kilogramm). Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 milliard bosh atrofida (1999). Jahonda turli tabiiy iqlim sharoitlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi. Ad.: Nosirov U. N ., Qoramolchilik, T., 2001. Ubaydulla Nosirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoramolchilik &#8211; chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini go&#8217;sht, sut mahsulotlari hamda engil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan ta&#8217;minlaydi. Qoramolchilik chiqindisi bo&#8217;lgan go&#8217;ng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qo&#8217;llaniladi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoramolchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113195","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113195","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113195"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113195\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113217,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113195\/revisions\/113217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113195"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113195"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113195"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}