{"id":113231,"date":"2024-01-10T09:27:56","date_gmt":"2024-01-10T06:27:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113231"},"modified":"2024-01-10T09:27:58","modified_gmt":"2024-01-10T06:27:58","slug":"qaffol-shoshiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaffol-shoshiy\/","title":{"rendered":"Qaffol Shoshiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Qaffol Shoshiy (to&#8217;liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiy alkabir; 903-976) \u2014 shofi&#8217;iylik mazhabining etakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Hazrati Imom (qisqacha \u2014 Hastimom) nomi bilan mashhur. Manbalarga ko&#8217;ra, u og&#8217;irligi 0,5 gramm keladigan jajji qulfkalit yasagani uchun &#8220;Qaffol&#8221; (&#8220;qulfchi&#8221;) laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom alkabir (&#8220;ulug&#8217;Imom&#8221;) deb ta&#8217;riflangan. Shosh (Toshkent)da hunarmand oilada tug&#8217;iddi. Samarqand, Buxoro, Termiz shahrilarida bo&#8217;lib, o&#8217;zidan avval o&#8217;tgan allomalar merosi bilan tanishdi. Taniqli muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulayb qo&#8217;lida ta&#8217;lim oldi. Arab Sharqi mamlakatlari bo&#8217;ylab uzoq safarda bo&#8217;ldi, ancha vaqt Bag&#8217;dodda yashadi. Mashhur Imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn assurayjiy (850-918) ning shogirdi bo&#8217;lgan. Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofi&#8217;iylik mazhabini targ&#8217;ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qo&#8217;shdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid &#8220;qozining fe&#8217;l-atvori&#8221;, &#8220;Odob albahs&#8221; (&#8220;bahs odobi&#8221;), &#8220;Husni jadal&#8221; (&#8220;dialektika go&#8217;zalligi&#8221;) kabi asarlari Islom olamida mashhur bo&#8217;lgan. Qaffol Shoshiy she&#8217;rlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin assubkiyning &#8220;Tabaqot ashshofi&#8217;iya&#8221; (&#8220;shofi&#8217;iylik mazhabi darajalari&#8221;) kitobi orqali saqlanib qolgan. Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Ad.: Ma&#8217;naviyat yulduzlari, T., 2001; To&#8217;lqin Hayit, Qaffol Shoshiy, T., 2004.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qaffol Shoshiy (to&#8217;liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiy alkabir; 903-976) \u2014 shofi&#8217;iylik mazhabining etakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Hazrati Imom (qisqacha \u2014 Hastimom) nomi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaffol-shoshiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113231","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113231","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113231"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113231\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113249,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113231\/revisions\/113249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113231"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113231"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113231"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}