{"id":113450,"date":"2024-01-13T09:22:23","date_gmt":"2024-01-13T06:22:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113450"},"modified":"2024-01-13T09:22:24","modified_gmt":"2024-01-13T06:22:24","slug":"qorakol-qorakol-terilari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorakol-qorakol-terilari\/","title":{"rendered":"Qorako&#8217;l, Qorako&#8217;l terilari"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorako&#8217;l, Qorako&#8217;l terilari \u2014 Qorako&#8217;l qo&#8217;y zotiga mansub 1-3 kunlik qo&#8217;zilardan olinadigan teri turi (mo&#8217;yna mahsuloti). Noyob xom ashyo. Qorako&#8217;l xususiyati turli shakl va o&#8217;lchamdagi zich jingalaklar (masalan, loviyasimon, qalami va hokazolar) hosil qiluvchi qalin, elastik, ipaksimon, yaltiroq jun qoplamidir. Eng qimmatlisi qalami gullilari hisoblanib, gullari parallel-kontsentrik, to&#8217;g&#8217;ri qatorli joylashgan bo&#8217;ladi. Yelka va dumgaza qismi, asosan qalami va dona gullardan iborat bo&#8217;lib, boshqa qismlari unchalik qimmatli bo&#8217;lmagan jingalaklar \u2014 gullar bilan qoplangan. Qorako&#8217;l terilarining qimmati jingalak qatlamining tekisligi, yaltiroqligi, ipaksimonligi, junining yengil, mayin, chidamliligi bilan belgilanadi. Oqva qora tolalarning nisbatiga qarab qora, och ko&#8217;k (sutsimon, po&#8217;latrang); o&#8217;rta ko&#8217;k (havorang, kumushrang, marvaridrang, qo&#8217;rg&#8217;oshinrang); to&#8217;q ko&#8217;k (oqishrang, sadafrang); qora ko&#8217;k (qora Sherozi); sur (Buxoro suri. tillarang. kumushrang, olmosrang, och binafsharang); qoraqalpoq suri (po&#8217;latrang, o&#8217;rikgul, shamchiroq, Qambar); Surxondaryo suri (bronzarang, oq oltinrang. qahraborang, toshko&#8217;mirrang) va jun qoplamining rangiga qarab guligaz, Qambar, zarmalla (to&#8217;q sariq); oq. shuturi, qo&#8217;ng&#8217;ir, oq tushgan qora kabi terilar ham bor. Hamma turdagi Qorako&#8217;l terilarining gullari uzunligi va eniga qarab quyidagicha bo&#8217;linadi. Eni bo&#8217;yicha: maydagul \u2014 4 millimetrgacha; o&#8217;rtagul \u2014 4 millimetrdan 8 millimetrgacha; kattagul \u2014 8 millimetr va undan ziyod. Uzunligi bo&#8217;yicha: kaltagul \u2014 20 millimetrgacha; o&#8217;rtacha uzunlikdagi gul \u2014 20 millimetrdan 40 millimetrgacha va uzun gul \u2014 40 millimetr va undan uzun. Har bir rang ichida gullarining va jun tola qoplamining sifatiga qarab 3 navga ajratiladi. Shuningdek, qorako&#8217;lcha (biror sabab bilan muddatidan oldin tug&#8217;ilgan (120\u2014 140 kunlik) yoki so&#8217;yilgan ona qo&#8217;yning qornidagi 134-145 kunlik homiladan olingan Qorako&#8217;l terisi) ham Qorako&#8217;lning bir turi hisoblanadi. Uning gullari tekis, nozik bo&#8217;lganligi sababli yuqori qadrlanadi. Jaketlar, yoqalar, bosh kiyimlar va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Qorako&#8217;l terilari Xelsinki, Kopengagen, Sankt-Peterburg, London, Nyu-York va boshqa xalqaro jahon bozorlarida sotiladi. Sur&#8217;at Yusupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorako&#8217;l, Qorako&#8217;l terilari \u2014 Qorako&#8217;l qo&#8217;y zotiga mansub 1-3 kunlik qo&#8217;zilardan olinadigan teri turi (mo&#8217;yna mahsuloti). Noyob xom ashyo. Qorako&#8217;l xususiyati turli shakl va o&#8217;lchamdagi zich jingalaklar (masalan, loviyasimon, qalami &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorakol-qorakol-terilari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113450","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113450","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113450"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113450\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113461,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113450\/revisions\/113461"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113450"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113450"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113450"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}