{"id":113468,"date":"2024-01-13T09:36:07","date_gmt":"2024-01-13T06:36:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113468"},"modified":"2024-01-13T09:36:08","modified_gmt":"2024-01-13T06:36:08","slug":"qozilar-sudi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozilar-sudi\/","title":{"rendered":"Qozilar sudi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qozilar sudi \u2014 Islom paydo bo&#8217;lgan davrdan musulmon mamlakatlaridagi ayblovchi va ijro etuvchi asosiy davlat organi. Ularga xalifalar va hukmdorlarning noibi hisoblanadigan qozilar boshchilik qilgan. Qozilar turli da&#8217;vo va janjallarni shariattya asoslanib hal qilganlar. Hozir ham bir qancha Islom davlatlari (Saudiya Arabistoni, Yaman, Iroq, Eron, Pokiston va boshqalar)da Qozilar sudi o&#8217;zining asosiy vazifalarini saqlab qolgan. O\u2019rta Osiyo hududidagi xonliklarda har bir dahada Qozilar sudi bo&#8217;lgan. Ularda ish qo&#8217;zg&#8217;atish va dastlabki tergov bosqichlari yo&#8217;q edi. Chunki hozirgi ko&#8217;rinishdagi tergov, prokuratura va advokatura organlarining o&#8217;zi bo&#8217;lmagan. 1920 yil Buxoro va Xorazmda Qozilar sudi tugatildi. Yangi xalq sudlari tashkil etildi. Sovet xalq sudlari Buxoro va Xorazmning rus aholisi joylashgan hududida faoliyat ko&#8217;rsatgan bo&#8217;lsa, mahalliy xalq uchun shariatga asoslangan qozi xalq sudlari ish olib borgan. 1924 yil 5 yanvardagi &#8220;sud qurilishi to&#8217;g&#8217;risidagi Nizom&#8221; BXSRda amalda bo&#8217;lgan sud tizimini qayta tuzdi va Qozilar sudida xalq maslahatchilari qatnashishini joriy etdi, bu bilan kollegial sud tizimini yo&#8217;lga qo&#8217;ydi. Tub musulmon aholi uchun sud ishidagi bu islohot natijasida sudning shakli o&#8217;zgardi, endi yakkaboshchilik sudi kollegial sudga aylandi. Xalq sudida sudyalar, maslahatchilar bo&#8217;lib, sovetcha ish yuritish joriy qilinganligiga qaramay, mohiyatan Qozilar sudidan farqi yo&#8217;qday edi. Qozilar sudini tugatish to&#8217;g&#8217;risidagi qarorni musulmon ruhoniylari dinga tazyiq sifatida baholadilar. Shu sababli Turkistonda Qozilar sudiini qisman tiklash boshlandi. Bu haqda 1921 yil 6 oktabrda Turkiston MIKning dekreti e&#8217;lon qilindi. 1922 yil 26 mayda TASSR hukumati Respubli- kaning barcha hududida Qozilar sudini qayta tiklash haqida dekret chiqardi. Ana shu asosida Qozilar sudi yana bir necha yil ish olib bordi. O&#8217;zbekiston SSR XKSning 1928 yil 18 Fevral qarori bilan u O&#8217;zbekistonda o&#8217;z faoliyatini to&#8217;xtatdi. Shoiraxon Eshonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qozilar sudi \u2014 Islom paydo bo&#8217;lgan davrdan musulmon mamlakatlaridagi ayblovchi va ijro etuvchi asosiy davlat organi. Ularga xalifalar va hukmdorlarning noibi hisoblanadigan qozilar boshchilik qilgan. Qozilar turli da&#8217;vo va janjallarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozilar-sudi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113468","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113468","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113468"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113468\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113469,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113468\/revisions\/113469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113468"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113468"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113468"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}