{"id":113472,"date":"2024-01-13T10:04:49","date_gmt":"2024-01-13T07:04:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113472"},"modified":"2024-01-13T10:04:50","modified_gmt":"2024-01-13T07:04:50","slug":"qozon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozon\/","title":{"rendered":"Qozon"},"content":{"rendered":"\n<p>Qozon \u2014 Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Tatariston Respublikasi poytaxti (1990 yildan). Volga bo&#8217;yining muhim sanoat va madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik Daryo porti. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Avtomobil yo&#8217;llari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan. Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining o&#8217;rta oqimida bulg&#8217;orlar asos solgan. 1399 yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qo&#8217;shinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 \u2014 40 yildan so&#8217;ng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar o&#8217;rnida Kreml qurildi. 15-asrdan O&#8217;rta Volga bo&#8217;yining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438 yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552 yilda rus podshosi Ivan Grozniy qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olingan. 1708 yildan Qozon gubernyasi markazi. 19-asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo bo&#8217;la boshladi. 1804 yilda universitet ochildi. Qozon 1920-90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti. Mashinasozlik (aviasozlik, motorsozlik, &#8220;Teplokontrol&#8221;, vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi (&#8220;Kazan-orgsintez&#8221;, &#8220;tasma&#8221;, kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-ro&#8217;zg&#8217;or kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (mo&#8217;yna, ko&#8217;n-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy o&#8217;quv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy san&#8217;at, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda me&#8217;moriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (16-18-asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (17\u2014 18-asr boshlari), Petropavlovsk sobori (18-asr, hozirgi sobor binosi \u2014 planetariy), Marjoniy masjidi (18-asr), gubernator saroyi (19-asr), qozon universiteti majmuasi (19-asr, klassisizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000 yil to&#8217;lganligi munosabati bilan bir yo&#8217;la 5 ming kishi namoz o&#8217;qiydigan to&#8217;rt minorali qul Sharif jome masjidi o&#8217;z o&#8217;rnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta bo&#8217;lgan bu masjid 1552 yil Ivan Grozniy Q.ni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi. Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro&#8217;yxatiga kiritilgan (2000). 2005 yil Qozonning 1000 yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qozon \u2014 Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Tatariston Respublikasi poytaxti (1990 yildan). Volga bo&#8217;yining muhim sanoat va madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik Daryo porti. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Avtomobil yo&#8217;llari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113472","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113472","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113472"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113472\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113483,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113472\/revisions\/113483"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113472"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113472"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113472"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}