{"id":113486,"date":"2024-01-13T10:09:39","date_gmt":"2024-01-13T07:09:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113486"},"modified":"2024-01-13T10:09:40","modified_gmt":"2024-01-13T07:09:40","slug":"qodirov-pirimqul","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qodirov-pirimqul\/","title":{"rendered":"Qodirov Pirimqul"},"content":{"rendered":"\n<p>Qodirov Pirimqul (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko&#8217;l qishlog&#8217;i) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos olim. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1978). O&#8217;rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini (1951) tugatgan. SSSR Yozuvchilar uyushmasida o&#8217;zbek adabiyoti bo&#8217;yicha maslahatchi (1954-63), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963 \u2014 83), O&#8217;zbekiston Respublikasi, adabiyot, san&#8217;at va me&#8217;morlik sohasidagi Davlat mukofotlari qo&#8217;mitasi raisi (1989-94). Dastlabki hikoyasi \u2014 &#8220;Studentlar&#8221; (1951). Shundan keyin Qodirov yoshlar hayoti haqidagi &#8220;uch ildiz&#8221; (1958, roman), mustabid tuzum sharoitida ichki erkini yo&#8217;qotgan, mutelik dardiga giriftor bo&#8217;lgan qahramonlar hayoti aks etgan &#8220;qadrim&#8221; (1961) va &#8220;Erk&#8221; (1968) qissalarini yozgan. Zamonaviy mavzularga bag&#8217;ishlangan bu va boshqa asarlarida Qodirov 2-jahon urushi yillarida kechgan mashaqqatli hayoti faktlari hamda shu davr haqidagi taassurot va mushohadalaridan samarali foydalangan. Zamonaviy mavzularga bag&#8217;ishlangan &#8220;Qora ko&#8217;zlar&#8221; (1966) va &#8220;olmos kamar&#8221; (1976) romanlarida Qodirov ma&#8217;naviy-axloqiy masalalar bilan birga voqelikda, xususan, qishloq hayotida mavjud bo&#8217;lgan jiddiy muammolarga jamoatchilik e&#8217;tiborini qaratgan. Sho&#8217;ro mafkurasi 70-yillarda tarixiy mavzuning yoritilishiga qattiq qarshilik ko&#8217;rsatganiga qaramay, Qodirov Abdulla Qodiriy, Oybek, Shayxzoda, Mirkarim Osim an&#8217;analarini davom ettirib, &#8220;Yulduzli tunlar&#8221; (1979) romanini yozdi. Yozuvchi bu asarida o&#8217;zbek xalqi tarixining muxim Saxifa.tarilan biri \u2013 buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosiga murojaat etib, uning murakkab va mashaqqatli hayot yo&#8217;lini tarixan haqqoniy gavdalantirib berdi. Keyinchalik ushbu asarning davomi \u2014 &#8220;avlodlar dovoni&#8221; (1989) romanini nashr etdi. Qodirov &#8220;Yulduzli tunlar&#8221; (&#8220;Bobur&#8221;) va &#8220;avlodlar dovoni&#8221; romanlarida Bobur, Humoyun va Akbarning hayot yo&#8217;lini kuzatish orqali Boburiylar saltanatining vujudga kelishi va ravnaq topishini yorqin tasvirlashga erishgan. U uzoq o&#8217;tmishda va o&#8217;zga mamlakatda ro&#8217;y bergan voqealarni tasvirlashda o&#8217;z fantaziyasiga emas, balki o&#8217;zi e&#8217;tirof etganidek, &#8220;tarix fantaziyasi&#8221;ga, ya&#8217;ni chindan sodir bo&#8217;lgan voqealarga ko&#8217;proq asoslangan har ikkala asar ham keng kitobxonlar tarafidan samimiy kutib olinganiga qaramasdan, sho&#8217;ro mafkurasi tomonidan keskin tanqid qilinib, muallif o&#8217;tmishni ideallashtirishda ayblandi. Paxta yakkahokimligi davrida o&#8217;zbek xalqi boshiga tushgan jabru jafolar o&#8217;zbek adabiyotida ilk bor &#8220;meros&#8221; (1974) qissasida o&#8217;z ifodasini topdi. Qodirov shu davrda qissa janrida samarali ijod qilib, bolalar va yoshlar hayotidan olingan &#8220;Akramning sarguzashtlari&#8221; (1974), &#8220;Yayra institutga kirmoqchi&#8221; (1979), shuningdek, ma&#8217;naviy-axloqiy masalalarga bag&#8217;ishlangan &#8220;najot&#8221; (&#8220;baxillar va botirlar&#8221;, 1980) qissalarini ham e&#8217;lon qildi. &#8220;Ona Lochin nidosi&#8221; (2000) romanida 15-asrdagi Movarounnahrning ijtimoiy-madaniy va ma&#8217;naviy hayoti keng aks ettirilgan. Yozuvchi so&#8217;nggi yillarda &#8220;Qalb ko&#8217;zlari (badialar, o&#8217;ylar, esdaliklar)&#8221; (2001) kitobini chop etib, shu yo&#8217;nalishdagi yangi badia-(esse)lar ustida ish olib bormoqda. Qodirov adabiyotshunos olim sifatida o&#8217;zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalari bilan shug&#8217;ullanib, &#8220;til va dil&#8221; (1972), &#8220;Xalq tili va realistik proza&#8221; (1973), &#8220;til va el&#8221; (2005) risolalarini hamda 2 jildli &#8220;adabiyot nazariyasi&#8221; uchun &#8220;adabiy asarning tili&#8221; va &#8220;Adabiy jarayon&#8221; boblarini yozdi. Qodirovning &#8220;qadrim&#8221; qissasi asosida &#8220;Sening izlaring&#8221; (rejissyor R.Botirov) badiiy filmi, &#8220;Yulduzli tunlar&#8221; romani va &#8220;jon shirin&#8221; hikoyasi asosida ko&#8217;p seriyali videofilmlar (rejissyor M.Yusupov) suratga olingan. Uning &#8220;Bobur&#8221; pyesasi (rejissyor B. Yo&#8217;ldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi O&#8217;zbek milliy akademik drama teatrida, &#8220;insof&#8221; pyesasi esa viloyat teatrlari sahnalarida qo&#8217;yilgan. Asarlari rus, ukrain, hind, urdu, turk, uyg&#8217;ur, qozoq, qirg&#8217;iz va turkman tillarida nashr etilgan. O&#8217;zbekiston Oliy Kengashi (Madaniyat va madaniy meros qo&#8217;mitasi raisi; 1991-95), O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (fan, ta&#8217;lim, madaniyat va sport masalalari qo&#8217;mitasi raisi o&#8217;rinbosari; 1997\u2014 2000) deputati. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston davlat mukofoti laureati (1981), &#8220;Shuhrat&#8221; medali (1994) va &#8220;el-yurt hurmati&#8221; (1998) ordeni bilan mukofotlangan. As: Saylanma, 1-3-j.lar, T., 1987\u2014 89; ona Lochin nidosi, T., 2001; qalb ko&#8217;zlari, T., 2001; til va el, T., 2005. Ad.: Shermuhamedov P., Pirimqul Qodirov, T., 1983; Karimova Yu., Erk jozibasi, Jizzax, 2004. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qodirov Pirimqul (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko&#8217;l qishlog&#8217;i) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos olim. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1978). O&#8217;rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini (1951) tugatgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qodirov-pirimqul\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113486","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113486","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113486"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113486\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113497,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113486\/revisions\/113497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113486"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113486"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113486"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}