{"id":113498,"date":"2024-01-13T10:14:15","date_gmt":"2024-01-13T07:14:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113498"},"modified":"2024-01-13T10:14:16","modified_gmt":"2024-01-13T07:14:16","slug":"qovun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qovun\/","title":{"rendered":"Qovun"},"content":{"rendered":"\n<p>Qovun\u2014 qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Janubiy-G&#8217;arbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani \u2014 kichik va O&#8217;rta Osiyo (2 ming yildan beri ekiladi). Qovun Janubiy Yevropada, Osiyoning ko&#8217;pgina rayonlarida, shimoliy Amerika (AQSh) va boshqalarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda Qovun ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-o&#8217;rinda turadi. Qovunning madaniy kenja turlari: O&#8217;rta Osiyo Qovuni, kichik Osiyo Qovuni, Yevropa Qovuni; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Qovun, Xitoy Qovuni; yovvoyi hamda itqovunlar bor. Ildizi o&#8217;qildiz. uzunligi 1 metrgacha boradi. Palagi ingichka, yotib o&#8217;sadi. Juda ko&#8217;plab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Gultoji sariq, odatda, besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli, ayrim jinsli. Qovun mevasining shakli turlicha (yumaloq, ovalsimon, cho&#8217;zinchoq va boshqalar). Po&#8217;sti qalin (1,5\u20142 santimetr), o&#8217;rtacha (1 \u2014 1,5 santimetr), yupqa (0,5\u2014 1,4 santimetr), qattiq; eti juda yumshoq, yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, ba&#8217;zilariniki tolali, rangi oq, qizil, sarg&#8217;ish, yashilroq. Urug&#8217;i oq, och sariq va sariq. 1000 dona urug&#8217;i vazni 30-45 gramm. Naviga qarab Qovun vaznida eti 63-84, po&#8217;sti 10-30. urug&#8217;i va urug&#8217; tutarlari 3,1\u20147,7% ni tashkil etadi. Mevasi tarkibida 8-20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1\u20140,7% kletchatka, 0,2\u201435,2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor. Qovun issiqsevar, yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik, qurg&#8217;oqchilikka va tuproq sho&#8217;rlanishiga chidamli. Jahonda eng yaxshi Qovunlar O&#8217;zbekistonda yetishtiriladi. Xalq selektsiyasida uning 150 dan ortiq navi yaratilgan. O&#8217;zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida ilmiy selektsiya asosida chiqarilgan va yaxshilangan 50 dan ortiq nav rayonlashtirilgan. O&#8217;zbekistonda ekiladigan qovun navlari to&#8217;rt botanik turga mansub: Handalak, amiri, kassaba va zard. Handalak turiga deyarli barcha ertapishar Qovun navlari \u2014 Ko&#8217;kcha, Handalak, sariq Handalak, Zamcha va boshqalar kiradi. Amiri turiga barcha yozda pishadigan Qovun navlari \u2014 Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, kassaba turiga Bo&#8217;rikalla, Gurvak, zard turiga qishki Qovun navlari (umrboqiy, Ko&#8217;ybosh, gulobi) va boshqalar kiradi. Urug&#8217;i tuproq harorati 14\u2014 15\u00b0 ga yetganda una boshlaydi (13\u00b0 dan past haroratda urug&#8217;chiriydi). Ekilgandan keyin 5-7 kunda maysa unib chiqadi. Qovunning ertapishar, o&#8217;rtapishar, kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 55-65, o&#8217;rtapisharlari 67-70, kechpishar navlari 80\u2014 90 kunda yetiladi. Qovun yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi. Shinni, murabbolar qilinadi. Tibbiyotda bod, belangi, sil, kamqonlik, ziqnafas, Jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Sepkil, dog&#8217;va boshdagi qazg&#8217;oqni yo&#8217;qotishda foyda qiladi. Xalq tabobatida podagra (niqriz) ga davo, peshob haydovchi, qabziyatdan xoli qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qo&#8217;llaniladi. Qovun O&#8217;zbekistonda 3 muddatda: ertapishar navlari 10-30 apr.da, o&#8217;rtapishar navlari 20 aprel \u2014 15 mayda, kechpishar navlari 10\u2014 30 mayda, pushta kengligi 2,8 \u2014 3 metr, tuplar oralig&#8217;i 70&#215;90 santimetr qilib, dorilab 2-3 kun ivitilgan urug&#8217;lar 3-4 tadan 3-6 santimetr chuqurlikka (ayrim xo&#8217;jaliklarda xanjuvar qilinib) ekiladi. Chopiq paytida yagana qilib bittadan o&#8217;simlik qoldiriladi. O&#8217;suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi (chopiq qilinadi). Tuproq sharoitiga qarab 5-6 marta sug&#8217;oriladi. Hosildorligi 250-300 ts\/ga. O&#8217;zbekistonda Qovunning 36 dan ortiq navi rayonlashtirilib, davlat reestriga kiritilgan (2004). Eng ko&#8217;p ekiladigan navlari: Oqurug&#8217;, Asati, Bo&#8217;rikalla, Ko&#8217;ktinna, Ko&#8217;kcha, Cho&#8217;gari, Qizilurug&#8217;, mahalliy sariq Handalak, Obi novvot, Shakarpalak va boshqalar. Erta hosil olish uchun issiqxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida ko&#8217;chatidan ekib etishtiriladi. Zararkunandalari: poliz biti, o&#8217;rgimchakkana, qovun pashshasi, ko&#8217;k qurt tunlami va boshqalar. Kasalliklari: oqpalak, qovun bakteriozi, makrosporioz va b. Ad.: O&#8217;zbekiston qovunlari, T., 1962; Ermoxin V.N., Karimov A.K., O&#8217;zbekiston qovunlari, T., 1969; Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va o&#8217;stirish texnologiyasi, T., 1997; Bo&#8217;riev X.Ch.. Ashurmatov O.A., Poliz ekinlari biologiyasi va etishtirish texnologiyasi. T.. 2001; Hakimov R.A., Hakimov A.S.. Toshmuhamedov A., Sabzavot va poliz ekinlari urug&#8217;chiligi, T., 2003. Abdulaziz Abbosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qovun\u2014 qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik o&#8217;t o&#8217;simliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Janubiy-G&#8217;arbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani \u2014 kichik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qovun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113498","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113498","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113498"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113498\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113499,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113498\/revisions\/113499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113498"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113498"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113498"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}