{"id":113500,"date":"2024-01-13T10:17:46","date_gmt":"2024-01-13T07:17:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113500"},"modified":"2024-01-13T10:17:47","modified_gmt":"2024-01-13T07:17:47","slug":"qovunchi-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qovunchi-madaniyati\/","title":{"rendered":"Qovunchi madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Qovunchi madaniyati &#8211; miloddan avvalgi 2-asr \u2014 milodiy 6-asrga oid arxeologik madaniyat. O&#8217;rganilgan joy dastlab Qovunchitepa xarobasi bo&#8217;lgani uchun nomi shundan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning o&#8217;rta oqimi va Farg&#8217;onaning shimoliy-g&#8217;arbiy qismida tarqalgan. arxeolog G.V.Grigorev 1934-37 yillarda Qovunchi madaniyati majmualarida qazish ishlari olib borgan. Shoshtepani o&#8217;rganish natijasida 1-marta madaniy qatlamlarning aniq stratigrafiyasi belgilandi. Bu esa Qovunchi madaniyatining aniq davrini (Qovunchi I miloddan avvalgi 2-1-asrlar: Qovunchi II 2 bosqichga bo&#8217;linib, uning 1-bosqichi milodiy 1-4-asrlar, 2-bosqichi 5-6-asrlar) belgilashga asos bo&#8217;lgan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasidagi qadimgi dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan tub aholi madaniyati asosida &#8220;xalqlarning buyuk ko&#8217;chishi&#8221; davrida Toshkent vohasiga kirib kelgan sarmatlar. hunlar va boshqa xalqlarning etnik madaniyati ta&#8217;sirida rivojlangan. Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati shakllanishining asosiy markazi bo&#8217;lgan. Majmualarda me&#8217;morlik maktabining mahalliy an&#8217;analariga asoslangan, yuksak mudofaa inshootlariga ega bo&#8217;lgan shaharsozlik, sopol idishlar va haykalchalar shaklining o&#8217;ziga xos xususiyatlari tarkib topgan. Qovunchi madaniyati vohada shahar madaniyati paydo bo&#8217;lishi hamda irrigasiya tizimining takomillashishi asosida dehqonchilikning yanada rivojlanish davrida tarqalgan. Qovunchi majmualari asosida Toshkent shahri madaniyati paydo bo&#8217;lgan va rivojlana boshlagan. O&#8217;sha davrdagi Ark va uning atrofida 1 yoki 2 qishloqdan iborat aholi punktlari bo&#8217;lib, ularning ayrimlari mudofaa devorlari bilan o&#8217;ralgan. Shaharlar hunarmandchilikning va savdo-sotiqning asosiy tayanch punkti hisoblangan. Metallga ishlov berish (temirchilik, jez asboblar quyish) ancha rivojlangan. Kulolchilikda sopol idishlar yasash asosiy o&#8217;rin egallagan, ularning turi, shakli ko&#8217;paygan. Sopol idishlarning tagi tekis bo&#8217;lgan. Qovunchi I da ko&#8217;vacha, tovoq, qizg&#8217;ish yoki bo&#8217;g&#8217;iq qo&#8217;ng&#8217;ir rang berilgan sopol idishlar, Qovunchi II da quloqli xurmachalar, bandlari hayvon shaklidagi turli idishlar va xurmachalar uchraydi. Qovunchi madaniyatiga xos idish qopqoqlari, ko&#8217;ralar, diniy marosim buyumlari, 2 boshli Qo&#8217;chqor yoki shoxli ho&#8217;kiz boshlari shaklida yasalgan o&#8217;choq poytagliklari topilgan, ulardan tutatqi solinadigan va qurbonlik qilinadigan idish sifatida ham foydalanilgan. Qovunchiliklar dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shug&#8217;ullanishgan. Ular dehqonchilik ma&#8217;budalari, olov va ajdodlarga sig&#8217;inishgan. Milodning dastlabki asrlarida Qovunchi madaniyati janubga tomon tarqalib, Sug&#8217;d, Qashqadaryo hududidagi mahalliy madaniy majmualarga ta&#8217;sir eta boshlagan. 6-asrga kelib, O&#8217;rta Osiyoning markazidagi vohalar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarining kuchayishi hamda umumsug&#8217;d madaniyati ta&#8217;sirida Toshkent vohasida Qovunchi madaniyati o&#8217;ziga xos alomatlarini yo&#8217;qotgan, sekin-asta butun Movarounnahrga xos yagona madaniyat vujudga kela boshlagan. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qovunchi madaniyati &#8211; miloddan avvalgi 2-asr \u2014 milodiy 6-asrga oid arxeologik madaniyat. O&#8217;rganilgan joy dastlab Qovunchitepa xarobasi bo&#8217;lgani uchun nomi shundan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning o&#8217;rta oqimi va Farg&#8217;onaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qovunchi-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113500","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113500","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113500"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113500\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113501,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113500\/revisions\/113501"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113500"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113500"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113500"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}