{"id":113510,"date":"2024-01-13T10:39:38","date_gmt":"2024-01-13T07:39:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113510"},"modified":"2024-01-13T10:39:39","modified_gmt":"2024-01-13T07:39:39","slug":"qizilqum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizilqum\/","title":{"rendered":"Qizilqum"},"content":{"rendered":"\n<p>Qizilqum \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi qumli cho&#8217;l. Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;ida (O&#8217;zbekiston, Qozog&#8217;iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shimoliy g&#8217;arbdan Orol dengizi, Sharqda Tyanshan va Pomir-Olay tog&#8217; tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 300 ming km2. Hududining ko&#8217;p qismi tekislik. Qizilqumda o&#8217;rtacha balandlik Janub va Janubi sharqida 300 metr, shimoli g&#8217;arbida 53 metr. Qizilqum hududidagi Sulton Uvays tog&#8217;i, Bo&#8217;kantov, Etimtog&#8217;, Tomditov, Quljuqtov va boshqalar past tog&#8217;lar yuvilib ketgan Alp antiklinalining o&#8217;zagidir. Vaqtinchalik oqar suvlar tog&#8217;lardan yuvib tushgan materiallar tog&#8217;etaklariga to&#8217;planib Nishab prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular tog&#8217;lardan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Shuningdek, Qizilqum hududida qirlar (Beltov va boshqalar), yassi plitalar, berk botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog&#8217;itma, Qoraxotin, Mo&#8217;lali va boshqalar) hamda qadimiy suvsiz Daryo o&#8217;zanlari: Aqchadaryo, Janadaryo, Daryosoy, Quvonchdaryo, Mahandaryo va boshqalar mavjud. Tog&#8217;lar va ularni o&#8217;rab turgan tog&#8217;oldi tekisliklari bir-biridan qum massivlari bilan ajralib turadi. Qum massivlari uchun qator tepa va ko&#8217;zanak qumlari xosdir. Q.ning katta qismini qum massivlari: Juranqum, Toshquduq, Yomonqum, Kemirekqum va boshqalar egallagan. Qum massivlarida eol relef shakllari \u2014 qum marzalari, do&#8217;ng qumlar, barxanlar uchraydi. Qum marzalari ko&#8217;proq Meridianal yo&#8217;nalishga ega, o&#8217;simliklar bilan mustahkamlangan. Ularning. nisbiy balandligi 3\u2014 30 metr, ba&#8217;zan 75 metrga yetadi. Qizilqumning Markaziy qismida ko&#8217;pincha do&#8217;ng qumlar tarqalgan (ular ham o&#8217;simliklar bilan mustahkamlangan). Barxanlar nisbatan kam bo&#8217;lib, bular aholi yashaydigan joylar va quduqlar atrofida uchraydi. Barxanlarning harakatga kelishi insonning xo&#8217;jalik faoliyati bilan bog&#8217;liq. Marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar hosil bo&#8217;lgan, ular Qizilqumning shimoli g&#8217;arbiy va shimoli Sharqiy qismida, ayniqsa, keng tarqalgan. Tektonik jihatdan Qizilqum Turon plitasida joylashgan. Qizilqumdagi past tog&#8217;lar paleozoy davriga mansub metamorfizlashgan slanes, rogovik, ohaktosh, marmar, granitlardan tashkil topgan. Tekislik qismida mezokay-nozoy davri gillari, qumtoshlar, konglomeratlar, mergellar, shimol qismida esa Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy Daryo yotqiziqlari tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Havoning o&#8217;rtacha yillik temperaturasi shimoliy qismida 9,8&#8243;-10,5\u00b0, Janubda 13\u00b0-15\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0 dan -9\u00b0 gacha, eng past temperatura -30, -31\u00b0, ayrim joylarda -34\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29\u00b0, ayrim joylarda 30-31\u00b0. Eng yuqori temperatura (iyulda) 46-49\u00b0. Qizilqumda yozda yer yuzasi qizib ketadi. Namlik serob va o&#8217;simliklarga boy bo&#8217;lgan Amudaryoning quyi oqimiga qaraganda Qizilqumda vegetatsiya davrida musbat temperaturalar yig&#8217;indisi ancha yuqori, nisbiy namlik esa kunduzi o&#8217;rtacha 10-12% past. Havoning nisbiy namligi iyulda kunduz kunlari hech qayerda 20% dan oshmaydi. Qizilqumga yillik temperatura amplitudasining kattaligi xos. Amudaryo etagiga qaraganda bu yerda yog&#8217;in kam. Yillik yog&#8217;in 80-160 mm, asosan, qish (30%) va bahor (48%) fasllarida yog&#8217;adi. Yozda yog&#8217;inning faqat 3% tushadi. Yozda havo quruq keladi va t-ra yuqori, tuproq qurg&#8217;oqchiligi birmuncha vaqtliroq boshlanadi. Qumli massivlar va qumoq tuproqlardagi o&#8217;simlik o&#8217;sgan joylarda qumoq va gilli joylarga qaraganda tuproq u qadar kuchli emas. Qizilqumda yil davomida Shimoliy, shimoliy Sharqiy va shimoliy g&#8217;arbiy shamollar tezligi o&#8217;rtacha (3-4 m\/sekund) esib turadi. Ba&#8217;zida kuchli bo&#8217;ronlar ham bo&#8217;ladi. Iqlimi quruq bo&#8217;lganidan Qizilqumda doimiy oqar suvlar yo&#8217;q. Past tog&#8217;lardan boshlanuvchi quruq soylarda faqat bahorgi yog&#8217;ingarchilik paytlaridagina suv oqadi. Qizilqum yer osti suv zaxirasiga boy, lekin, ularning ko&#8217;p qismi sho&#8217;r. Faqat Turon plitasi poydevorida joylashgan karstlashgan ohaktoshlardagi yer yoriqlarida chuchuk suvlar zaxirasi mavjud bo&#8217;lib, ular qulay joylarda yer yuzasiga buloqlar sifatida (Tomdibuloq, Irlir va boshqalar) chiqadi. Qizilqumda qumli massivlar va past qirlar katta maydonni egallaydi. Qumli massivlar uchun cho&#8217;l qumli tuproqlari, qirlar uchun bo&#8217;z qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar xos. Taqir, sho&#8217;rxok tuproqlar tarqalgan. Bularda chirindi moddalari kam. Qizilqum o&#8217;simliklari xilma-xil. Cho&#8217;l sharoitida namlikning taqchilligi va havo, tuproq haroratining balandligiga o&#8217;simliklar ham moslashgan. O&#8217;simlik turi 900 ga yaqin, shundan 226 turi (25%) O&#8217;rta Osiyo uchun xos va 34 turi (3,5%) Qizilqumga xos o&#8217;simliklardir. Qizilqumda o&#8217;simliklar rivoj- lanishining tez yetiluvchanligi (efemerligi), qurg&#8217;oqchillikka moslashuvchanligi (kseromorfligi), ba&#8217;zi o&#8217;simlik ildizlarining tuproqqa chuqur kirib borishi (freatofit), sho&#8217;r muhitda ham vegetasiya qilish xususiyatiga ega ekanligi (galofit) bilan ajralib turadi. Oq va qora saksovul, ularga aralash holda o&#8217;suvchi cherkez, Qandim, chogon, borjok (qizilcha), shuvoq va boshqalar keng tarqalgan. Oq saksovulzorlar biyurg&#8217;un, boyalich, keyreuk sho&#8217;ralar bilan, goho yulg&#8217;un aralash ham uchraydi. Shuvoqzorlar Qizilqumning katta hududlarini egallagan. Sho&#8217;r bosgan tuproqlarda sarsazan, qorasho&#8217;ra, shohilak, yulg&#8217;un va boshqalar bor. Sutemizuvchilardan jayran, sayg&#8217;oq, cho&#8217;l mushugi, barxan mushugi, qo&#8217;shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, tulki, bo&#8217;ri, quyon, olako&#8217;zan, uzun quloq tipratikan; sudralib yuruvchilardan qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni, o&#8217;qilon, uzun quloqli va taqir dumaloqbosh kaltakesak, Agama, echkemar; kushlardan boyqush, chil, xo&#8217;jasavdogar, saksovul to&#8217;rg&#8217;ayi, cho&#8217;l qarg&#8217;asi, bulduruq, burgut, boyqush; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy, chigirtka va boshqalar uchraydi. Qizilqumda mayin junli va Qorako&#8217;l qo&#8217;ylar boqiladi. Artezian havzalardan suv chiqarilib, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kichik vohalar vujudga keltirilmoqda. Qoldiq tog&#8217;lardan Marmar, grafit, Feruza, Muruntovdan oltin, uran, shuningdek, fosforit, korund, boksit konlari topilib, qazib olinmoqda. Gazli konidan foydalanilmoqda. Ad.: Fyodorovich B.A., Lik pustshi, M., 1954; Baratov P., O&#8217;zbekiston tabi- iy geografiyasi, T., 1996; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., O&#8217;rta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002. Murod Mamatkulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qizilqum \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi qumli cho&#8217;l. Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;ida (O&#8217;zbekiston, Qozog&#8217;iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shimoliy g&#8217;arbdan Orol dengizi, Sharqda Tyanshan va Pomir-Olay tog&#8217; tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizilqum\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113510","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113510","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113510"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113510\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113511,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113510\/revisions\/113511"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113510"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113510"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113510"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}