{"id":113570,"date":"2024-01-13T12:17:20","date_gmt":"2024-01-13T09:17:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113570"},"modified":"2024-01-13T12:17:21","modified_gmt":"2024-01-13T09:17:21","slug":"qishloq-vrachlik-punkti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qishloq-vrachlik-punkti\/","title":{"rendered":"Qishloq vrachlik punkti"},"content":{"rendered":"\n<p>Qishloq vrachlik punkti (QVP) \u2014 davolash-profilaktika muassasasi, ma&#8217;lum hududga biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 may &#8220;Qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishning 1996 \u2014 2000 yillarga mo&#8217;ljallangan Davlat dasturi to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi 182-son qarori, O&#8217;zbekiston Respublikasi Sog&#8217;liqni saqlash vazirligining 1996 yil 30 may 464-sonli buyrug&#8217;iga asosan tashkil qilingan. Shunga ko&#8217;ra, QVP 1500 va undan ortiq aholi yashaydigan joylarda tashkil qilinadi. Hozirgi kunda faoliyat ko&#8217;rsatayotgan QVP aholi soniga qarab 4 toifaga bo&#8217;linadi, undagi vrachlar hamda o&#8217;rta tibbiy xodimlar shunga muvofiq belgilanadi: \u2014 aholisi 1500 \u2014 2500 gacha I toifali; \u2014 2500 \u2014 3000 gacha II toifali; \u2014 3000 \u2014 5000 gacha III toifali; \u2014 5000 \u2014 7000 va undan ortiq IV toifali. QVP quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatish; aholi o&#8217;rtasida kasallanish, jarohatlanish, o&#8217;lim va nogironlikning oldini olish chora-tadbirlarini o&#8217;tkazish; aholini sanitariya-gigiena ko&#8217;nikmalari bo&#8217;yicha bilim saviyasini oshirish, ratsional ovqatlanish, sog&#8217;lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug&#8217;ullanishni targ&#8217;ib qilish, zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik)ning oldini olish, ularga qarshi kurash tadbirlarini tashkil qilish; emlash ishlari, aholi yashaydigan joylar, tashkilot, muassasalar, korxonalarning tozaligi, ichimlik suvi ta&#8217;minotini nazorat qilish, ularda joriy sanitariya nazorati o&#8217;rnatish; o&#8217;sib kelayotgan avlodni sog&#8217;lomlashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilani rejalashtirish, bolalar orasida tug&#8217;ma nuqsonlar va nasl kasalliklarini kamaytirish; aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko&#8217;rsatish va ularni vaqti-vaqti bilan tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish, dispanser na- zoratiga olish; sil, teri-tanosil, saraton (rak), ruhiy, ichki sekresiya bezlari kasalliklari va boshqalarga qarshi kurashish bo&#8217;yicha davolash-profilaktika chora-tadbirlarini o&#8217;tkazish; aholi o&#8217;rtasida kasallanishni, ishchi va xizmatchilarning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik sabablarini aniqlash va kamaytirish maqsadida xo&#8217;jaliklar, tashkilotlar, korxona rahbarlari bilan birgalikda tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; aholiga ko&#8217;rsatilayotgan tibbiy va profilaktik yordamning sifati va samaradorligini oshirish; kasalliklarni vaqtida aniqlash, zaruriyat bo&#8217;lganda tegishli davolash-profilaktika muassasalariga yuborish, vrachlar maslahatini tashkil qilish; mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizasini o&#8217;tkazish; xavfli yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar kabi favqulodda hodisalar ro&#8217;y berganida yuqori (viloyat, tuman Markaziy kasalxonalariga) davolash muassasalariga xabar berish; aholi sog&#8217;lig&#8217;ini saqlashga qaratilgan barcha reja-tadbirlarni ishlab chiqish va o&#8217;tkazishda jamoa tashkilotlarini jalb etish. QVP ga vrach rahbarlik qiladi. Respublikada 1996 yil 307 ta QVP tashkil qilingan bo&#8217;lib, ularda 237 nafar vrach faoliyat ko&#8217;rsatgan bo&#8217;lsa, 2004 yil ular soni 2566 tani, vrachlar soni esa 6174 tani tashkil etdi. Hozir ularning barchasida maxsus tayyorgarlikdan o&#8217;tgan umumiy amaliyot vrachlari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qishloq vrachlik punkti (QVP) \u2014 davolash-profilaktika muassasasi, ma&#8217;lum hududga biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 may &#8220;Qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishning 1996 \u2014 2000 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qishloq-vrachlik-punkti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113570","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113570","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113570"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113570\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113571,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113570\/revisions\/113571"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113570"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113570"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113570"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}