{"id":113576,"date":"2024-01-13T12:23:59","date_gmt":"2024-01-13T09:23:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113576"},"modified":"2024-01-13T12:24:00","modified_gmt":"2024-01-13T09:24:00","slug":"qirgoq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qirgoq-2\/","title":{"rendered":"Qirg&#8217;oq"},"content":{"rendered":"\n<p>Qirg&#8217;oq \u2014 suv havzalari (okean, dengiz, ko&#8217;l va suv omborlari) va oqar suvlar (Daryo, vaqtli oqar suvlar) bilan quruqlik tutashgan hamda o&#8217;zaro ta&#8217;sir ro&#8217;y berib turadigan kambar yer. Qirg&#8217;oqlarning quruqlik tomondagi chegarasi \u2014 qirg&#8217;oq chizig&#8217;i deyiladi. Qirg&#8217;oqning tarkib topishi va xususiyatlari to&#8217;lqinlarga, oqar suvlarda oqim harakatiga bog&#8217;liq. Qirg&#8217;oqning o&#8217;zgarishiga tektonik harakatlar ham ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Qirg&#8217;oq ko&#8217;rinishi, tuzilishi, o&#8217;zgarishi va holatiga ko&#8217;ra xilma- xil bo&#8217;ladi. Dengiz Qirg&#8217;oqlari balandligi, parchalanganligi, geologik tuzilishi, shakli, yoshi va boshqalarga ko&#8217;ra turlarga ajratiladi: 1) endogen va ekzogen jarayonlar natijasida paydo bo&#8217;lgan yosh Qirg&#8217;oqlar. Ularga dastlab tekis bo&#8217;lib, keyin parchalangan tektonik va erozion-tektonik, erozion, muzlik, shamol ta&#8217;sirida paydo bo&#8217;lgan hamda vulkanik Qirg&#8217;oqlar kiradi; 2) to&#8217;lqindan boshqa jarayonlar ta&#8217;sirida paydo bo&#8217;lgan Qirg&#8217;oqlar dengiz suvi ko&#8217;tarilib qaytganda hosil bo&#8217;lgan, denudasion, organik qoldiqlardan hosil bo&#8217;lgan Qirg&#8217;oqlardan iborat; 3) to&#8217;lqinlar ta&#8217;sirida vujudga kelgan Qirg&#8217;oqlar. Ular abraziya va akkumulyatsiya ta&#8217;sirida, ya&#8217;ni dengiz to&#8217;lqinlari ta&#8217;sirida vujudga keladi va juda ko&#8217;p uchraydi. Yirik daryolarning quyilish joylarida Delta Qirg&#8217;oq shakllanadi. Qirg&#8217;oq tiplari shakllanishida va tarqalishida tabiiy geografik zonallik aniq ko&#8217;rinadi. Masalan, termoabraziv Qirg&#8217;oqlar qutbiy zonalarga, marjonli va mangrali Qirg&#8217;oqlar tropik va ekvatorial mintaqalarga xos. Hozirgi zamon tektonik harakatlari ham dengiz Qirg&#8217;oqlarining shakllanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Muzlik davridan keyingi transgressiya ko&#8217;tarilgan maydonlardagiga nisbatan tektonik cho&#8217;kayotgan sohilbo&#8217;yi rayonlarda quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan. Uchchala guruhdagi Qirg&#8217;oqlar Ford, shxera, Dalmasiya, rias, panjasimon, liman, Orol, dengiz tipli, marjonli, fitogen, abrazion-buxtali, lagunali, qum tilli kabi tiplarga bo&#8217;linadi. Oqar suvlarning Qirg&#8217;oqlari rivojlanishida o&#8217;zan oqimi muhim omil hisoblanadi. Daryo qlari tog&#8217;va tekisliklarda bir-biridan keskin farq qiladi. Daryolardagi oqim faoliyati qlarning eroziyasi, o&#8217;zanning alohida joylarida oqiziqlarning to&#8217;planishida namoyon bo&#8217;ladi. Katta daryolar qlarining shakllanishda gravitasiya jarayonlari (Surilma, ko&#8217;chki, sochilma) muhim ahamiyatga ega. Suv bosadigan (qayirli) va suv bosmaydigan (tub, terrasali) Daryo Qirg&#8217;oqlari farq qilinadi. Qirg&#8217;oqlarning kelib chiqishi, o&#8217;zgarishi, morfologiyasini o&#8217;rganish port va ko&#8217;priklar qurilishi, Qirg&#8217;oqlarni mustahkamlash ishlarida, kema qatnovida, rekreasiya zonalari tashkil etish, foydali qazilma konlarini o&#8217;rganishda, suv omborlari qurishda katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qirg&#8217;oq \u2014 suv havzalari (okean, dengiz, ko&#8217;l va suv omborlari) va oqar suvlar (Daryo, vaqtli oqar suvlar) bilan quruqlik tutashgan hamda o&#8217;zaro ta&#8217;sir ro&#8217;y berib turadigan kambar yer. Qirg&#8217;oqlarning quruqlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qirgoq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113576","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113577,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113576\/revisions\/113577"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}