{"id":113653,"date":"2024-01-13T13:51:47","date_gmt":"2024-01-13T10:51:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113653"},"modified":"2024-01-13T13:51:50","modified_gmt":"2024-01-13T10:51:50","slug":"qirgizlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qirgizlar\/","title":{"rendered":"Qirg&#8217;izlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qirg&#8217;izlar \u2014 xalq, Qirg&#8217;izistonning asosiy aholisi (2,23 million kishi). O&#8217;zbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida (42 ming kishi, 1990-yillar o&#8217;rtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi, 1987 yil) yashaydi. Qirg&#8217;iz tilida so&#8217;zlashadi. Dindorlari \u2014 sunniy musulmonlar. Qirg&#8217;iz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha &#8220;Xanshu&#8221; (&#8220;Xan sulolasi tarixi&#8221;; milodiy 1-a.sr) yilnomasida miloddan avvalgi 203 yilgi voqealar bayonida tilga olinadi. Qirg&#8217;izlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirg&#8217;izlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirg&#8217;izlarning ilk etnik tarixi qadimgi qabila ittifoqlari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bog&#8217;liq. Turk xoqonligi va ko&#8217;chmanchi davlat uyushmalari davrida (6-10-asr), keyinchalik Qirg&#8217;izlar tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtish bo&#8217;yi, Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar. Qirg&#8217;izlarning bir qismi 9\u2014 12-asrlarda, katta qismi esa o&#8217;rta asrlar davomida g&#8217;arbga ko&#8217;chib, Issiqko&#8217;l atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bag&#8217;irlari, Farg&#8217;ona vodiysining tog&#8217;oldi hududlari va Dashti Qipchoq o&#8217;lkalariga borib joylashgan. Qirg&#8217;izlarning asosiy qismi Tyanshan va Issiqko&#8217;l oralig&#8217;ini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hozirgi qirg&#8217;iz xalqini tashkil qilgan. Qirg&#8217;iz xalqi tarkibiga, shuningdek, Yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uyg&#8217;urlar, keyinroq mo&#8217;g&#8217;ul qabilalari, 16-17-asrda esa kelib chiqishi qozoq- no&#8217;g&#8217;aylar bilan bog&#8217;liq qabilalar kirgan. Qirg&#8217;izlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogenezida qatnashgan. Xususan, 92 o&#8217;zbek urug&#8217;iga oid Shajaranomalarning barchasida qirg&#8217;iz etnonimi qayd qilingan. Shuningdek, O&#8217;zbekistonning bir nscha viloyatlarida qirg&#8217;iz nomi etnotoponim sifatida saqlanib qolgan. Qirg&#8217;izlar qo&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qirg&#8217;izlar \u2014 xalq, Qirg&#8217;izistonning asosiy aholisi (2,23 million kishi). O&#8217;zbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida (42 ming kishi, 1990-yillar o&#8217;rtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi, 1987 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qirgizlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113653","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113653","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113653"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113675,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113653\/revisions\/113675"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113653"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113653"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}