{"id":113660,"date":"2024-01-13T13:30:47","date_gmt":"2024-01-13T10:30:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113660"},"modified":"2024-01-13T13:30:48","modified_gmt":"2024-01-13T10:30:48","slug":"qipchoq-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qipchoq-tili\/","title":{"rendered":"Qipchoq tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Qipchoq tili &#8211; turkiy tillar oilasiga mansub o&#8217;lik til; Dashti Qipchoq cho&#8217;llaridan qora dengiz bo&#8217;yi cho&#8217;llarigacha bo&#8217;lgan ulkan hududda yasha- gan va musulmon manbalarida &#8220;qipchoq&#8221;, &#8220;qifchoq&#8221;, Evropa manbalarida &#8220;Kuman&#8221;, &#8220;Koman&#8221;, &#8220;kun&#8221;, rus manbalarida &#8220;poloves&#8221; deb atalgan yirik qabilalar Ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar 1052 yilga mansub. Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Mo&#8217;g&#8217;ul bosqinigacha bo&#8217;lgan Qipchoq tili haqidagi ma&#8217;lumotlar oz bo&#8217;lib, ular Mahmud Koshg&#8217;ariy lug&#8217;ati materiallari, 13-asrgacha bo&#8217;lgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Mo&#8217;gul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13\u2014 14-asrlarda Misrda tuzilgan, muallifi noma&#8217;lum turkiycha-Arabcha lug&#8217;atni (&#8220;tarjumoni turki va ajami va mug&#8217;ali&#8221;), Abu Hayyonning &#8220;Kitob ul-idrok lilison ul-atrok&#8221; (&#8220;Turkiy tillarni o&#8217;rganish kitobi&#8221;, 1313), Jamoliddin Turkiyning &#8220;Kitobu bulg&#8217;ot ul-mushtoq fil-lug&#8217;ot it-turk val-qifchoq&#8221; (&#8220;Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob&#8221;, 14\u2014 1 5-asrlar), noma&#8217;lum muallifning &#8220;Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lug&#8217;at it-turkiyya&#8221; (&#8220;turkiy til haqida noyob tuhfa&#8221;, 14-asr) kabi lug&#8217;atlarni ko&#8217;rsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini o&#8217;rganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi \u2014 italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda &#8220;Kodeks Kumanikus&#8221; deb nom olgan, 2994 so&#8217;zli lotincha-forscha-qipchoqcha lug&#8217;at, &#8220;yangi ahd&#8221;dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat bo&#8217;lgan asardir. 1294 yil yaratilgan bu asarni 1880 yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan. Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrim-tatar va qo&#8217;miq tillariga yaqin, o&#8217;xshash bo&#8217;lgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik o&#8217;ziga xosliklarga ega, leksikasida Arab, fors, grek tillaridan o&#8217;zlashmalar mavjud bo&#8217;lgan. Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na poloneskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsnie v izuchsnie Tyurkskix ya Zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognoshenie k sovremennsh Zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qo&#8217;chqortoev I.. Isabekov B., Turkiy Filologiyaga kirish, T.. 1984.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qipchoq tili &#8211; turkiy tillar oilasiga mansub o&#8217;lik til; Dashti Qipchoq cho&#8217;llaridan qora dengiz bo&#8217;yi cho&#8217;llarigacha bo&#8217;lgan ulkan hududda yasha- gan va musulmon manbalarida &#8220;qipchoq&#8221;, &#8220;qifchoq&#8221;, Evropa manbalarida &#8220;Kuman&#8221;, &#8220;Koman&#8221;, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qipchoq-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113660","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113660","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113660"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113660\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113661,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113660\/revisions\/113661"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113660"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113660"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113660"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}