{"id":113664,"date":"2024-01-13T13:35:48","date_gmt":"2024-01-13T10:35:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113664"},"modified":"2024-01-13T13:35:50","modified_gmt":"2024-01-13T10:35:50","slug":"qizil-kitob-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-kitob-2\/","title":{"rendered":"Qizil kitob"},"content":{"rendered":"\n<p>Qizil kitob \u2014 yo&#8217;qolib borayotgan yoki yo&#8217;qolish xavfida bo&#8217;lgan noyob o&#8217;simlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda o&#8217;simlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 1948 yilda tashkil etilgan tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi kamyob va yo&#8217;qolib ketish xavfida bo&#8217;lgan o&#8217;simlik va hayvon turlarining ro&#8217;yxatini tuzish g&#8217;oyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish bo&#8217;yicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bag&#8217;ishlangan nashrlar chop etila boshlandi. O&#8217;zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o&#8217;simlik va hayvonlari to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar 1974 yil ta&#8217;sis etilgan Qizil kitobda o&#8217;z aksini topgan. O&#8217;zbekiston Qizil kitobi 1978 da ta&#8217;sis etildi. Birinchi marta O&#8217;zbekiston Qizil kitobining faunaga bag&#8217;ishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. O&#8217;simliklar olamining kamyob, yo&#8217;qolib ketish xavfida bo&#8217;lgan 163 turi haqida ilk bor mukammal ma&#8217;lumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob \u2014 dav- riy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan o&#8217;simlik va hayvon turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yo&#8217;qolgan yoki yo&#8217;qolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yo&#8217;qolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yo&#8217;qolish xavfi bo&#8217;lmasada, kichik maydonlarda kamdan-kam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga qo&#8217;ra yoki inson ta&#8217;sirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining o&#8217;zgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli ba&#8217;zi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining o&#8217;zgarishi va boshqalar omillar ta&#8217;sirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga o&#8217;tkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. O&#8217;zbekiston florasining yo&#8217;qolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda O&#8217;zbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi ma&#8217;lumotlar to&#8217;planib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning so&#8217;nggi nashriga sut emizuvchilarning \u2014 24, qushlarning \u2014 51, sudralib yuruvchilarning \u2014 16, baliqlarning \u2014 18, halqali chuvalchanglarning \u2014 3, mollyuskalarning \u2014 15, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarning \u2014 62 turi va kenja turi kiritilgan. O&#8217;zbekiston faunasi va florasining ba&#8217;zi turlari xalqaro Qizil kitobda ham o&#8217;z aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan bo&#8217;lib, unda mazkur o&#8217;simlik yoki hayvon turning O&#8217;zbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik o&#8217;rni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, ko&#8217;payishi, areali va sonining o&#8217;zgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va o&#8217;simlik turlari bo&#8217;yicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida o&#8217;z arealini qaytadan tiklagan va yo&#8217;qolib ketish xavfi tug&#8217;ilmaydigan o&#8217;simlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. O&#8217;ktam Pratov, Elmurod Shernazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qizil kitob \u2014 yo&#8217;qolib borayotgan yoki yo&#8217;qolish xavfida bo&#8217;lgan noyob o&#8217;simlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda o&#8217;simlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-kitob-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113664","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113664","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113664"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113664\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113665,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113664\/revisions\/113665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113664"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113664"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113664"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}