{"id":113698,"date":"2024-01-14T14:17:12","date_gmt":"2024-01-14T11:17:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113698"},"modified":"2024-01-14T14:17:13","modified_gmt":"2024-01-14T11:17:13","slug":"qarmatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarmatlar\/","title":{"rendered":"Qarmatlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qarmatlar \u2014 ismoiliylar asosiy shoxobchalaridan birining tarafdorlari. Qarmatlar harakati 9-asr oxirida Iroq janubida vujudga kelgan. Suriya va Yamanga tarqalgan dehqonlar, ko&#8217;chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat o&#8217;z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn alash&#8217;asning laqabi Qarmat (yohud Qarmatiya)dan olgan. Uning ma&#8217;nosi manbalarda turlicha (&#8220;kalta oyoq&#8221;, &#8220;qizil ko&#8217;z&#8221; va boshqalar) izohlangan. Biroq Hamdongacha ham Qarmatiya nomi bor edi, binobarin Hamdon o&#8217;z laqabini o&#8217;sha davrda mavjud bo&#8217;lgan shialikning biron bir tashkiloti nomidan olgan deb hisoblash mumkin. Qarmatlar abbosiylar xalifaligiga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olonlarga boshchilik qilgan. Qarmatlar yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib etishgan. Ular Islom marosimlarini bajarmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda masjidlar bo&#8217;lmagan. Qarmatlar musulmonlarning ziyoratgohlari (masalan, Ka&#8217;ba va u yerdagi qora tosh \u2014 Hajar alasvad)ni bid&#8217;at deb hisoblaganlar. 899 yil Qarmatlar Bahraynni bosib olib, Alaqsoda (Sharqiy Arabiston) o&#8217;z davlatini tuzgan, bu davlat 11- asr oxirigacha mavjud bo&#8217;lgan. 930 yil haj vaqtida Qarmatlar Makkaga hujum qilib, uni talon-toroj etishgan, hajga borganlarning ko&#8217;pini o&#8217;ldirishgan, bir qismini qul qilishgan, u yerdagi qora toshni o&#8217;lja qilib olib ketishgan (20 yildan so&#8217;ng qaytib berishgan). Bu hol keng xalq ommasini Qarmatlardan chetlashtirdi. 11-asr oxiri \u2014 12-asr boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shiddatli kurash boshlangan va Qarmatlar harakati bostirilgan. Keyinchalik Qarmatlar ismoiliylarning boshqa oqimlariga qo&#8217;shilib, yo&#8217;qolib ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarmatlar \u2014 ismoiliylar asosiy shoxobchalaridan birining tarafdorlari. Qarmatlar harakati 9-asr oxirida Iroq janubida vujudga kelgan. Suriya va Yamanga tarqalgan dehqonlar, ko&#8217;chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat o&#8217;z nomini uning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarmatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113698","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113698","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113698"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113698\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113698\/revisions\/113702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113698"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113698"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113698"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}