{"id":113712,"date":"2024-01-14T16:20:49","date_gmt":"2024-01-14T13:20:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113712"},"modified":"2024-01-14T16:20:50","modified_gmt":"2024-01-14T13:20:50","slug":"qiziriq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qiziriq-tumani\/","title":{"rendered":"Qiziriq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qiziriq tumani &#8211; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1975 yil 6 martda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Sherobod, Janubdan Angor, shimoldan Bandixon, sharqdan Jarqo&#8217;rg&#8217;on, shimol-sharqdan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, shimoli-g&#8217;arbda Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 78 ming kishi (2004). Tarkibida 1 shaharcha (sariq), 5 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Mehnatobod, Paxtakor, Yangiyo&#8217;l, Yangihayot) bor. Markazi \u2014 Sariq shaharchasi. Tabiati. Relefi tekislik, adir va tog&#8217;oldi qismlaridan iborat. Foydali qazilmalardan osh tuzi, oltingugurt, yonuvchi slanes, qurilish materiallari konlari bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 18\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi tekislik, cho&#8217;l va adirlarda 3,6\u00b0, tog&#8217;larda -6\u00b0, eng past temperatura -20\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 32,1\u00b0, eng yuqori temperatura 48\u00b0. Yillik yog&#8217;in 150 mm. Vegetatsiya davri 260 kun. Tekislikda och va to&#8217;q bo&#8217;z, adirlarda arid, tog&#8217;larda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan archa, mavrak, kiyiko&#8217;t, tog&#8217;rayhon, kovrak, shuvoq va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, jayra, ko&#8217;rsichqon; to&#8217;qayzorlarda to&#8217;qay mushugi, qobon, chiyabo&#8217;ri; qushlardan: kaklik, mayna, qaldirg&#8217;och, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chil, g&#8217;oz, o&#8217;rdak; sudralib yuruvchilardan o&#8217;qilon, gekkon, ko&#8217;zoynakli ilon va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 236,4 kishi. Shahar aholisi 9,3 ming kishi, qishloq aholisi 68,7 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligida qishloq xo\u2019jalik sohalari \u2014 paxtachilik, g&#8217;allachilik yetakchilik qiladi, shuningdek, chorvachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog&#8217;dorchilik, tokchilik ham rivojlangan. Tumanda paxtaning, asosan, ingichka tolali navlari ekiladi. Paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, MTP, don kombinati, vino tayyorlash korxonasi, tajriba xo&#8217;jaligi bor. Kichik, o&#8217;rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Shirkat, dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari mavjud. Sug&#8217;oriladigan maydonlarga paxta, don, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. 44 umumiy ta&#8217;lim maktabi (18 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), bolalar musiqa maktabi, litsey, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, 7 klub muassasasi, 8 ashula va raqs xalq dastasi, shu jumladan, &#8220;Qo&#8217;ng&#8217;irot&#8221; folklor-etnografik, estrada vokal-cholg&#8217;u dastalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Stadion, sport maydonchalari, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, 2 poliklinika, 50 ga yaqin feldsher-akusherlik punkti, 7 vrachlik ambulatoriyasi, 7 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 115 vrach, 436 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Toshkent \u2014 Dushanba xalqaro avtomobil magistrali o&#8217;tadi. Shuningdek, bir necha yo&#8217;nalishda avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;tgan. Tuman Markazidan Termizga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Jovli Tursunov, Mashhura Ro&#8217;ziyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qiziriq tumani &#8211; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1975 yil 6 martda tashkil etilgan. G&#8217;arbdan Sherobod, Janubdan Angor, shimoldan Bandixon, sharqdan Jarqo&#8217;rg&#8217;on, shimol-sharqdan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, shimoli-g&#8217;arbda Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qiziriq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113712","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113712"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113713,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113712\/revisions\/113713"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}