{"id":113844,"date":"2024-01-15T15:20:53","date_gmt":"2024-01-15T12:20:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113844"},"modified":"2024-01-15T15:20:54","modified_gmt":"2024-01-15T12:20:54","slug":"qizil-yassi-temiratki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-yassi-temiratki\/","title":{"rendered":"Qizil yassi temiratki"},"content":{"rendered":"\n<p>Qizil yassi temiratki \u2014 terining surunkali kasalligi; bunda bilak, bilakkaft usti, boldir Panja bo&#8217;g&#8217;imi sohalariga, kamdan-kam shilliq qavatlarga mayda yaltiroq och pushtiqizg&#8217;ish tugunchalar toshadi, ular qattiq qichishadi. Qizil yassi temiratkini (1869 yil) aniqlab, unda uchraydigan birlamchi elementni batafsil ifodalagan. Kasallikning kelib chiqishi to&#8217;liq aniqlangan emas, ilmiy adabiyotlarda uning kelib chiqishida turli nazariyalar (virusli yoki infektsion, nevrogen, irsiy, toksik, immunologik) mavjud. Ko&#8217;pgina olimlar kasallikning vujudga kelishini nerv sistemasi faoliyatining buzilishiga (hayajonlanish, stress va boshqalar) bog&#8217;laydilar, chunki bunda toshmalar nerv tolalari bo&#8217;ylab joylashishi kuzatiladi. Kasallikning asosiy belgisi toshmalar toshishi; ular aksariyat qo&#8217;l va oyoqning bukiladigan sohalarida yuzaga kelib, so&#8217;ng butun badanga tarqaladi. Toshmalar ba&#8217;zan jinsiy a&#8217;zolarning shilliq qavati, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, ko&#8217;proq lunjlarda oqimtir tasmalar shaklida uchraydi va bir-biri bilan qo&#8217;shilib pilakchalar hosil qiladi. Kasallikning avj olgan davrida, yangi-yangi toshmalar toshadi va ular kattalashib boradi. Keyin kasallik statsionar davrga o&#8217;tadi, bunda toshmalar asta-sekin so&#8217;rilib, o&#8217;rnida to&#8217;q jigarrang dog&#8217; qoladi. Kasallik qattiq qichishish bilan kechadi. Qizil yassi temiratkining gipertrofik, atrofik, pufakli, o&#8217;tkir uchli, halqasimon va boshqalar xillari farq qilinadi. Qizil yassi temiratki ro&#8217;yirost namoyon bo&#8217;lganda unga darhol to&#8217;g&#8217;ri diagnoz qo&#8217;yish mumkin. Davosi. Birinchi navbatda, kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, infektsiya o&#8217;choqlarini sanasiya qilishdan iborat; fizioterapiya, gipnoz bilan davolash, tuzalinqiragan (remissiya) davrida Chimyon, Chortoq va boshqalar sanatoriylarda davolanish yaxshi naf beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qizil yassi temiratki \u2014 terining surunkali kasalligi; bunda bilak, bilakkaft usti, boldir Panja bo&#8217;g&#8217;imi sohalariga, kamdan-kam shilliq qavatlarga mayda yaltiroq och pushtiqizg&#8217;ish tugunchalar toshadi, ular qattiq qichishadi. Qizil yassi temiratkini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-yassi-temiratki\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113844","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113844","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113844"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113844\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113848,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113844\/revisions\/113848"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113844"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113844"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113844"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}