{"id":113910,"date":"2024-01-15T16:42:20","date_gmt":"2024-01-15T13:42:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113910"},"modified":"2024-01-15T16:42:21","modified_gmt":"2024-01-15T13:42:21","slug":"qasida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qasida\/","title":{"rendered":"Qasida"},"content":{"rendered":"\n<p>Qasida (Arabcha \u2014 ko&#8217;zlamoq, niyat qilmoq) \u2014 Sharq mumtoz adabiyotidagi she&#8217;riy janrlardan biri. Qasida biror shaxsning (ko&#8217;pincha hukmdorning) madhiga bag&#8217;ishlangan. Qasida uchun ko&#8217;tarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha bo&#8217;lishi mumkin. G&#8217;azalga o&#8217;xshab qofiyalanadi (AA, ba, va, &#8230;). Kompozitsiyasi g&#8217;azalga nisbatan murakkab bo&#8217;lib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism \u2014 madhga o&#8217;tish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni o&#8217;z ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Qasida mazmuniga ko&#8217;ra, Qasidai. bahoriya, Qasidai Ishqiya, Qasidai holiya (o&#8217;z ahvolidan shikoyat tarzida), Qasidai hamriya (may bilan bog&#8217;liqtasvir), Qasidai hazoniya (kuz tasviri), Qasidai faxriya (shoirning o&#8217;z iste&#8217;dodidan faxrlanishi), Qasidai hajviya tipida bo&#8217;lishi mumkin. 11-12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Qasidalar ham yozilgan (masalan, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Qasidalari). O&#8217;zbek mumtoz Qasidalari Arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221;yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Qasida o&#8217;zining yuqori bosqichiga ko&#8217;tarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Qasidalar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Qasida bo&#8217;lib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulug&#8217;bekka bag&#8217;ishlangan. Alisher Navoiyning original kompozitsiya va uslubga ega bo&#8217;lgan &#8220;Hiloliya&#8221;, katta ijtimoiy mazmun tashuvchi &#8220;Tuhfat ulafkor&#8221; (&#8220;Sittai zaruriya&#8221;dan) Qasidalari mashhurdir. Keyingi davrda o&#8217;zbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar. Hozirgi o&#8217;zbek adabiyotida ham Qasida janrida bir qancha asarlar yaratilgan (G&#8217;.G&#8217;ulom, H.Olimjon, T. To&#8217;la, E.Vohidov, A.Oripov va boshqalar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qasida (Arabcha \u2014 ko&#8217;zlamoq, niyat qilmoq) \u2014 Sharq mumtoz adabiyotidagi she&#8217;riy janrlardan biri. Qasida biror shaxsning (ko&#8217;pincha hukmdorning) madhiga bag&#8217;ishlangan. Qasida uchun ko&#8217;tarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qasida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113910","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113910","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113910"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113910\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113910\/revisions\/113921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113910"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113910"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113910"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}