{"id":114069,"date":"2024-01-18T09:30:57","date_gmt":"2024-01-18T06:30:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114069"},"modified":"2024-01-18T09:30:59","modified_gmt":"2024-01-18T06:30:59","slug":"navbahor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/navbahor-tumani\/","title":{"rendered":"Navbahor tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Navbahor tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. Viloyatning Janubiy- sharqida joylashgan. 1980 yil 12 martda tashkil etilgan. 1988 yilda Navoiy tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1992 yilda yana alohida tuman sifatida qayta tuzilgan. Navbahor tumani Sharqda Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, g&#8217;arbda viloyatning Konimex tumani va Buxoro viloyati, shimolda viloyatning Nurota va Konimex tuman yaylov yerlari, Janubda Navoiy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,57 ming km2. Aholisi 86,5 ming kishi (2003). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Arabsaroy, Beshrabot, Gigant, Olchin, Turkiston, Yangiyo&#8217;l, Yangiqo&#8217;rg&#8217;on) bor. Markazi \u2014 Beshrabot qishlog&#8217;i. Tabiati. Navbahor tumani Zarafshon daryosining shimoliy-Sharqiy qirg&#8217;og&#8217;i bo&#8217;ylab Qoratov va Zarafshon daryosi oralig&#8217;ida joylashgan. Tuman shimoldan Nurota tog&#8217;lari bilan o&#8217;ralgan. Navbahor tumani hududining ko&#8217;p qismi cho&#8217;l, relefi notekis: chuqurlik va tepaliklar almashinib boradi. Balandligi 500-800 metr. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq, issiq, qishi quruq, sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 14-15\u00b0. Eng past temperatura -13\u00b0 (yanvar, Fevralda), eng yuqori temperatura 42\u00b0 (iyun, avgustda). Yillik yog&#8217;in 250-300 mm. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqdari lyoss, bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir, sho&#8217;rtob tuproqlar. Yovvoyi o&#8217;simliklardan yantoq, shuvoq, isiriq, qamish, zarpechak va boshqalar o&#8217;sadi. Tuman xo&#8217;jaliklari suvni Zarafshon daryosidan chiqqan o&#8217;ng qirg&#8217;oq kanali, Konimex. Chovli, Arabsaroy ariqlaridan oladi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (93%), shuningdek, rus, tojik, qoraqalpoq, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 55 kishi. Xo&#8217;jaligi asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, g&#8217;allachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog&#8217;dorchilik, chorvachilik, pillachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Kartoshka, kunjut, mosh, zig&#8217;ir ham ekiladi. Tokzorlar bor. Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari boqiladi. Tumanda &#8220;Bentonit&#8221; O&#8217;zbekiston- Amerika qo&#8217;shma korxonasi, 22 kichik va xususiy korxona, 126 xususiy firma, 11 aktsiyadorlik, 8 mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyat, 4 assotsiatsiya, 1 shirkat korxonasi, 8 davlat, 32 xo&#8217;jalik hisobidagi tashkilotlar, 12 qurilish, 2 savdo korxonasi, dehqon bozori mavjud (2003). Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmoqlari paxtachilik va g&#8217;allachilik. Tumanda 22,4 ming gektar yer maydoni ekinzor va daraxtzorlar bilan band. 10 ming gektar yerga paxta, 8 ming gektar yerga g&#8217;alla, qolgan qismiga poliz, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlar ekiladi. Navbahor tumanida 14 shirkat xo&#8217;jaligi, 7 fermer xo&#8217;jaliklar uyushmasi, 1000 ga yaqin fermer, 100 dan ziyod dehqon xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda (1 shirkat xo&#8217;jaligi Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari boqishga, 29 fermer xo&#8217;jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan). Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 33 ming qoramol, 60 ming qo&#8217;y va echki, 412 ot boqiladi (2003). Navbahor tumanida 255 kilometr avtomobil yo&#8217;llari mavjud. Shulardan 108 kilometr davlat ahamiyatidagi yo&#8217;llar. Tuman hududidan Toshkent\u2014Uchquduq temir yo\u2019l (21 kilometr masofada), Navbahor\u2014Nurota, Navoiy \u2014 Uchquduq, Navoiy \u2014Buxoro yo&#8217;nalishlarida avtobuslar qatnaydi. 2002\/2003 o&#8217;quv yilida tumanda 28 umumiy ta&#8217;lim, 5 tayanch, 2 boshlang&#8217;ich maktablarida 23 mingga yaqin o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi, shuningdek, 1 sport maktabi (754 o&#8217;quvchi), ma&#8217;naviyat va qo&#8217;shimcha ta&#8217;lim markazi (960 o&#8217;rin), &#8220;Istiqlol&#8221; kasb-hunar kolleji (750 o&#8217;rin), &#8220;Uchtut&#8221; nafis san&#8217;at litseyi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Markaziy madaniyat uyi, 5 qishloq madaniyat uyi, 3 qishloq klubi, &#8220;Navbahor taronasi&#8221; ashula va raqs xalq ansambli, Markaziy kutubxona (112352 nusxa kitob), uning 24 ta tarmog&#8217;i va tuman bolalar kutubxonasi, 2 jamoatchilik, &#8220;nafosat&#8221;, &#8220;Oila&#8221; klublari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (2895 o&#8217;rin), 6 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 8 qishloq vrachlik punkti, 1 poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarida 104 vrach va 584 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida miloddan avvalgi 5-asr \u2014 milodiy 4-asrlarga oid arxeologik yodgorliklar majmui (Qalqonota qishlog&#8217;i yonida), Uchtut qishlog&#8217;i yaqinidagi chaqmoqtosh konlari (ashel, muste va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollari topilgan), Sarmishsoy, Qoraungursoy, Bironsoy daralaridagi qoyatosh suratlari (miloddan avvalgi 7-asr \u2014 milodiy 3-asrlar, ayrimlari milodning 1 \u2014 10 asrlari) va boshqalar bor. 1982 yil 1 apreldan &#8220;Navbahor tongi&#8221; tuman gazetasi nashr etiladi (adadi 1500).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Navbahor tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. Viloyatning Janubiy- sharqida joylashgan. 1980 yil 12 martda tashkil etilgan. 1988 yilda Navoiy tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1992 yilda yana alohida tuman sifatida qayta tuzilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/navbahor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114069","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114069","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114069"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114069\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114070,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114069\/revisions\/114070"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114069"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114069"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114069"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}