{"id":114191,"date":"2024-01-18T13:27:10","date_gmt":"2024-01-18T10:27:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114191"},"modified":"2024-01-18T13:27:22","modified_gmt":"2024-01-18T10:27:22","slug":"nukus","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nukus\/","title":{"rendered":"Nukus"},"content":{"rendered":"\n<p>Nukus (qoraqalpoqcha Nekis) \u2014 Qoraqalpog&#8217;istondagi shahar (1932 yildan). Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining Markaziy qismida, Amudaryoning o&#8217;ng sohilida, 109 metr balandlikda. Janub va Sharqda Qizilqum cho&#8217;li bilan o&#8217;ralgan, shimolda Amudaryo deltasi bilan tutashgan. O&#8217;rtacha temperatura iyunda 27\u00b0, yanvarda -6,9\u00b0, maksimal temperatura 46\u00b0, minimal temperatura -32\u00b0. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 kilometr. Qizketgan kanali shaharni kesib o&#8217;tadi. Maydoni 200 km2. Aholisi 255 ming kishi (2001; 1974 yilda 88 ming; 1959 yilda 39 ming; 1939 yilda 10 ming); asosan, qoraqalpoqlar; qozoq, o&#8217;zbek, rus, koreys, tatar va boshqalar ham yashaydi. Hozirgi Nukus shahri o&#8217;rnida 19-asrning 60-yillarida Nukus ovuli mavjud bo&#8217;lgan. 1870-yillardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877 yil rus-tuzem maktabi ochildi. 20-asrning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningo&#8217;ng sohilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930 yil 12 noyabrda Qoraqalpog&#8217;iston Muxtor Respublikasining markazini To&#8217;rtko&#8217;l shahridan Nukus ovuliga ko&#8217;chirish haqida qaror qabul qilindi. 1932 yildan Nukusda yangi ma&#8217;muriy binolar qurilishi boshlandi. 1939 yil Respublika ma&#8217;muriyati Nukus shahriga ko&#8217;chib o&#8217;tdi. Shaharning yirik avtomagistrallar tugunida joylashganligi unda ko&#8217;p tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. Nukus\u2014 Toshhovuz, Nukus \u2014 G&#8217;uzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 kilometrli Navoiy \u2014 Nukus temir yo&#8217;li., Nukus bilan Xo&#8217;jaylini bog&#8217;laydigan ko&#8217;prik. 243 kilometr uzunlikdagi Tuyamo&#8217;yin \u2014 Nukus, 112 kilometr uzunlikdagi Nukus, Taxtako&#8217;pir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yog&#8217;ochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoqlari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, g&#8217;isht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish bo&#8217;yicha Qoraqalpoq\u2014Italiya qo&#8217;shma korxonasi bor. Non, go&#8217;sht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yog&#8217;, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor o&#8217;simligi ildizini yig&#8217;adigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mahsuloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga O&#8217;zbekistonda yagona o&#8217;tov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish kombinati kiradi. Shaharda o&#8217;zbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yo&#8217;llari orqali O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralnie Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Qizilo&#8217;rda, Toshkent va O&#8217;zbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bog&#8217;langan. Nukus \u2014 Qoraqalpog&#8217;istonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi, O&#8217;zbekiston Badiiy Akademiyalarining Qoraqalpog&#8217;iston filiallari, O&#8217;zbekiston teri-venerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpog&#8217;iston universiteti, o&#8217;qituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy o&#8217;quv yurtlari ishlab turibdi. 43 umumiy ta&#8217;lim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 o&#8217;rta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi o&#8217;z dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod teleko&#8217;rsatuvlarini ham olib ko&#8217;rsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultasiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Berdaq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, san&#8217;at muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga mo&#8217;ljallangan amfiteatr, Markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bog&#8217;i mavjud. Nukus O&#8217;zbekistonning yosh va ko\u2019rkam shaharlaridan biri. Shahar 1936 yilgi bosh plan asosida qurila boshlagan edi. 1965 yil yangi bosh plani bo&#8217;yicha (me&#8217;mor A. M. Erkaboyev va muxandis T. Z. Ziyoyev) Nukus ko&#8217;kalamzorlashtirilgan to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchakli dahalarga bo&#8217;lingan. O&#8217;zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qo&#8217;shayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; ordeni bilan mukofotlandi (2003 yil 11 sentabr).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nukus (qoraqalpoqcha Nekis) \u2014 Qoraqalpog&#8217;istondagi shahar (1932 yildan). Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining Markaziy qismida, Amudaryoning o&#8217;ng sohilida, 109 metr balandlikda. Janub va Sharqda Qizilqum cho&#8217;li bilan o&#8217;ralgan, shimolda Amudaryo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nukus\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114191","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114191","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114191"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114191\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114200,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114191\/revisions\/114200"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114191"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114191"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114191"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}