{"id":114213,"date":"2024-01-18T13:30:40","date_gmt":"2024-01-18T10:30:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114213"},"modified":"2024-01-18T13:30:46","modified_gmt":"2024-01-18T10:30:46","slug":"nurobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nurobod-tumani\/","title":{"rendered":"Nurobod tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Nurobod tumani &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Narpay, Paxtachi tumanlari, g&#8217;arbdan Navoiy viloyati, sharkdan Samarqand, Pastdarg&#8217;om tumanlari, Janubdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4,79 ming km2. Aholisi 98,7 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Nurobod), 7 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Jarquduq, Jam, Nurbuloq, Sazag&#8217;on, Tim, Tutli, Ulus) bor. Markazi \u2014 Nurobod shahri. Tabiati. Relefi, asosan, yassitog&#8217;lik, tekislik, adir va qirlardan iborat bo&#8217;lib, sharqdan g&#8217;arbga Nishab. Qarnob cho&#8217;lining bir qismi tuman hududida joylashgan. Iqlimi Kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 14\u00b0, eng yuqori temperatura 43\u00b0. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yog\u2019in 275 mm. Yog&#8217;inning asosiy qismi qishda va bahorda tushadi. Sharqidan Eski Anxrr va Moskva kanallari, tuman markazidan Galabek-Sobirsoy oqib o&#8217;tadi. Qoratepa tog&#8217;laridan Oqsoy, Anjirli, Omondara soylari oqib tushadi. Asosan, bo&#8217;z va qum tuproqli yerlar. Yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qo&#8217;ziquloq, chitir va boshqalar o&#8217;sadi. Bo&#8217;ri, tulki, quyon, jayran; qushlardan chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq, tustovuq, o&#8217;rdak, qarg&#8217;a; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, echkemar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon, kalamush va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, tojik, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 20 kishi. Shahar aholisi 8,7 ming kishi, qishloq aholisi 90,0 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaliklari asosan, chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklari g&#8217;allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik, tokchilik, chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tumanda 2 qo&#8217;shma korxona, 58 kichik korxona, 5 aktsiyadorlik jamiyati mavjud (2003). Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i g&#8217;allachilik. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 5627 gektar, shu jumladan, 2 ming gektar yerga g&#8217;alla, 130 gektar yerga sabzavot va poliz ekinlari, 30 gektar yerga kungaboqar, 155 gektar yerga beda ekiladi, 3370 gektar yer bog&#8217;dan iborat. Nurobod tumanida 8 shirkat xo&#8217;jaligi, 520 fermer xo&#8217;jaligi mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 20,7 ming qoramol, 280,2 ming qo&#8217;y va echki, 16,7 ming parranda, 1461 ot bor (2003). 2002\/2003 o&#8217;quv yilida 75 umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, 26 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Kasb-hunar kolleji, kasb-hunar maktabi, musiqa va sport maktablari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Kutubxona, 52 klub, 16 madaniyat uyi, stadion va sport maydonlari ishlab turibdi. 10 kasalxona, tug&#8217;ruqxona va boshqa tibbiy muassasalarda 120 vrach, 624 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi (2003). Tuman hududida mineral buloqli &#8220;Nagorniy&#8221; sanatoriysi bor. Xalqaro va Samarqand\u2014 Qarshi yo&#8217;nalishidagi poyezdlar tuman hududidan o&#8217;tadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nurobod tumani &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Narpay, Paxtachi tumanlari, g&#8217;arbdan Navoiy viloyati, sharkdan Samarqand, Pastdarg&#8217;om tumanlari, Janubdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nurobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114213","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114213","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114213"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114213\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114222,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114213\/revisions\/114222"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114213"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114213"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114213"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}