{"id":114252,"date":"2024-01-18T13:36:46","date_gmt":"2024-01-18T10:36:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114252"},"modified":"2024-01-18T13:36:47","modified_gmt":"2024-01-18T10:36:47","slug":"nuh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nuh\/","title":{"rendered":"Nuh"},"content":{"rendered":"\n<p>Nuh \u2014 Qur&#8217;onda nomi zikr qilingan payg&#8217;ambarlardan biri. Qur&#8217;onga ko&#8217;ra, Alloh Nuhni o&#8217;z qavmiga payg&#8217;ambar qilib yuborgan. Nuh o&#8217;z qavmi ichida uzoq umr ko&#8217;rdi, ya&#8217;ni 950 yil yashadi (Ankabut Surasi, 14-oyat). Uturli ilohlarga, butlarga sig&#8217;ingan qavmini to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga da&#8217;vat etdi. Lekin qavm uning so&#8217;ziga kirmadi, uni masxara qildi. Nuhning da&#8217;vatiga hatto o&#8217;zining xotini va farzandi ham ishonmadi. Shunda Nuh Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni so&#8217;radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, Nuhga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko&#8217;p yomg&#8217;ir yog&#8217;dirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo&#8217;shilib ulkan to&#8217;fon payo bo&#8217;ldi. To&#8217;fonda barcha kofirlar halok bo&#8217;ldi, faqat kemadagilar sog&#8217;qoldilar. To&#8217;fon boshlanishidan oldin Nuhning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. Nuhning otalik mehri qo&#8217;zg&#8217;ab, o&#8217;g&#8217;lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi bo&#8217;ldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Judiy tog&#8217;i ustida to&#8217;xtadi. Kema tog&#8217; tepasiga kelib to&#8217;xtab, yer to&#8217;fon suvini yutib bitirgach, Alloh Nuhni kemadan yerga tushishga buyurdi. Nuh va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. Qur&#8217;onda Nuh qissasini bayon qiluvchi &#8220;Nuh&#8221; surasi bor. Ad.: Payg&#8217;ambarlar qissasi, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nuh \u2014 Qur&#8217;onda nomi zikr qilingan payg&#8217;ambarlardan biri. Qur&#8217;onga ko&#8217;ra, Alloh Nuhni o&#8217;z qavmiga payg&#8217;ambar qilib yuborgan. Nuh o&#8217;z qavmi ichida uzoq umr ko&#8217;rdi, ya&#8217;ni 950 yil yashadi (Ankabut Surasi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nuh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114252","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114252","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114252"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114252\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114266,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114252\/revisions\/114266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114252"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114252"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114252"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}