{"id":114362,"date":"2024-01-19T09:15:15","date_gmt":"2024-01-19T06:15:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114362"},"modified":"2024-01-19T09:15:17","modified_gmt":"2024-01-19T06:15:17","slug":"namibiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/namibiya-2\/","title":{"rendered":"Namibiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Namibiya (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) \u2014 Afrikaning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km2. Aholisi 1,8 million kishi (2002). Poytaxti \u2014 Vindxuk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 13 tuman (district)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. Namibiya \u2014 respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1990 yil 9 Fevralda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1990 yildan Sem Nuyoma). Konstitutsiyaga binoan u umumiy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li bilan 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Ammo Konstitutsiyaga 1998 yilda kiritilgan tuzatishga muvofiq Sem Nuyoma uchun prezident lavozimida bo&#8217;lish muddatini cheklash bekor qilindi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 ikki palatali parlament (Milliy Assambleya va Milliy kengash). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazir va hukumat a&#8217;zolarini tayinlaydi. Tabiati. Namibiyaning qirg&#8217;oq chizig&#8217;i tekis. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 900-1500 metr yassitog&#8217;lik bo&#8217;lib, daryo vodiylari va tektonik botiqlar mavjud. Eng baland joyi 2600 metr (Brand- Berg tog&#8217;i). Yassitog&#8217;likning Sharqiy va shimoliy chekkalari qiya, g&#8217;arbiy chekkasi esa sohil bo&#8217;yi tekisligi \u2014 Namib cho&#8217;liga tik tushgan. Namibiyaning markazi va Janubdagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan to&#8217;lgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qo&#8217;rg&#8217;oshin-vanadiy, marganes, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos ham qazib olinadi. iqlimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi \u2014 yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 18\u2014 27\u00b0, eng salqin oyi \u2014 iyulniki 12-16\u00b0. Yillik yog&#8217;in sohilda 10-15 mm, shimoli- sharqida 500 \u2014 700 mm. Ko&#8217;pgina daryolarida faqat yomg&#8217;ir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va kunene. Namibiya hududining ko&#8217;p qismida tropik cho&#8217;l va qizg&#8217;ish qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq. Namib cho&#8217;lida o&#8217;simlik juda siyrak. Yassitog\u2019liklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala cho&#8217;l va cho&#8217;l savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxo&#8217;rlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarning ayrim turlari faqat milliy bog&#8217;lar va qo&#8217;riqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bog&#8217;larning eng kattasi \u2014 Etosha milliy bog&#8217;i. Aholisi. Namibiya tub joy aholisining aksari qismi bantu tillari oilasiga mansub elatlardan iborat. Gottentot, tog&#8217;lik damara va bushmenlar ham yashaydi. yevropaliklar aholining 7%ni tashkil etadi. Rasmiy tili &#8211; ingliz tili. Aholining 90% xristianlar, qolgan qismi mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 25%. Yirik shaharlari: Vindxuk, Uolfish-Bey, Sumeb, Kitmansxup, Ochivarongo. Tarixi. Qadim zamonlarda Namibiya hududida ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini terish bilan shug&#8217;ullanuvchi bushmenlar, ko&#8217;chmanchi chorvachilik bilan shug&#8217;ullanuvchi gottentotlar hamda tog&#8217;lik damaralar yashagan. Taxminan 16-asrdan Namibiya hududiga bantular (gerero, ambo, Kavango, yeye, tsvana va boshqalar) kirib kela boshladi. Gererolarning asosiy mashg&#8217;uloti chorvachilik bo&#8217;lgan. 18-asr oxirlarida ularni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug&#8217;ullanuvchi ambolar Janubga surib yubordi. Namalar bilan tog&#8217;lik damaralar (gottentotlarning bir guruhi) esa mamlakat Janubda o&#8217;rnashib oldi. 19-asr boshlarida kap mustamlakasidan ko&#8217;chib kelgan orlamlar ko&#8217;pgina gerero qabilalarini o&#8217;zlariga bo&#8217;ysundirib oldi. Hozirgi Namibiya sohiliga dastlab 1484 yilda portugal dengizchilari kelib tushganlar, shundan so&#8217;ng bir necha asrgacha yevropaliklar bu yerlar bilan deyarli qiziqmaganlar. Faqat 1802 yildan inglizlar Oranj daryosidan shimolroqda o&#8217;zlarining dast-Vindxuk shahri ko&#8217;chalari dastlabki missiyalarini tuzdilar. 1878 yilda Buyuk Britaniya Okaxanjada qal&#8217;a qurib, Uolfish-Bey atrofini o&#8217;z mulki deb e&#8217;lon qildi. 1884 yilda Germaniya Namibiya hududini Germaniya Janubiy-G&#8217;arbiy Afrikasi (JG&#8217;A) nomi bilan o&#8217;zining protektoratiga aylantirdi. Mustamlakachilar o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatishda afrikalik qabila boshliqlarining o&#8217;zaro adovatidan foydalandilar. Gottentot, mbanderu va koua qabilalari mustamlakachilarga eng ko&#8217;p qarshilik ko&#8217;rsatdilar. 1 -jahon urushi davri (1914-18)da JG&#8217;Ani Janubiy Afrika Ittifoqi (Jai) bosib oldi. Urushdan keyin u Millatlar Ligasi ixtiyoridagi mandatlar tarkibiga kiritildi. 1920 yilda JG&#8217;Ani boshqarish mandati JAIga berildi. Shu vaqtdan JAIdagi irqiy tartiblar JG&#8217;Aga ham joriy bo&#8217;ldi. 1925 yilda JG&#8217;Ada qonun chiqaruvchi Assambleya tuzilib, deputatlikka faqat oq tanlilar saylandi. 2-jahon urushi (1939-45)dan keyin barcha mandat hududlari BMTning xalqaro vasiyligi tarkibiga kiritilishiga qaramay, Jai (1961 yildan &#8211; JAR) JG&#8217;Ani BMT vasiyligiga berishdan bosh tortib keldi. 1949 yilda esa bu hududni Jarning viloyati deb e&#8217;lon qildi. 1946 yildan JG&#8217;A masalasi BMTning turli organlarida muhokama qilinib, jarning JG&#8217;Aga nisbatan mustamlakachilik siyosati qoralandi. 1966 yilda Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyusiyada JG&#8217;A xalqining o&#8217;z taqdirini o&#8217;zi hal qilish va mustaqillikka bo&#8217;lgan huquqlari qayd qilindi, JG&#8217;Ani boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967 yilda JG&#8217;Ani boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990 yilgacha Namibiyani JAR boshqardi). 1968 yilda BMT Bosh Assambleyasi JG&#8217;A xalqining istagini hisobga olib, JG&#8217;A nomini Namibiya deb atash to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qildi va BMTga a&#8217;zo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga da&#8217;vat etdi. 1960 yilda tuzilgan SVAPO , (Janubiy- G&#8217;arbiy Afrika xalq I tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-yillarning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U Namibiyaga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990 yil 21 martda Namibiya mustaqil deb e&#8217;lon qilindi va Namibiya Respublikasi deb yuritila boshladi. Namibiya \u2014 1990 yildan BMT va Afrika birligi tashkiloti a&#8217;zosi. 1991 yil 25 dekabrda O&#8217;zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami \u2014 21 mart \u2014 Mustaqillik e&#8217;lon qilingan kun (1990). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Janubiy-G&#8217;arbiy Afrika xalq tashkiloti (SVAPO), partiya, 1960 yilda asos solingan; Turixalle demokratik alyansi, partiya, 1977 yilda tuzilgan; demokratlar Kongressi, partiya, 1999 yilda tashkil etilgan; Birlashgan demokratik front, 1989 yilda tuzilib, 1993 yilda partiyaga aylantirilgan. Namibiya ishchilari milliy Ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1971 yilda tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iqtisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xo\u2019jaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kilogramm oltin, 90 tonnadan ziyod kumush, 72 ming tonna rux, 33 ming tonna mis, 35 ming tonna qo&#8217;rg&#8217;oshin, shuningdek, ko&#8217;p miqdorda uran rudalari, kalay, Marganes, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga o&#8217;rtacha 1 milliard kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr stansiyalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega bo&#8217;lgan GES qurilgan. Konchilikka bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yig&#8217;adigan zavodlar, yog&#8217;ochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan zavodlar, tyulen yog&#8217;ini qayta ishlaydigan fabrika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xo\u2019jaligida mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xo&#8217;jaliklari ustun. Qorako&#8217;lchilik asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Qoramol ham boqiladi. Mamlakat hududining 46% o&#8217;tloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sun&#8217;iy sug&#8217;orishsiz ekin ekishga yaroqli. Bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz bo&#8217;yi aholisi baliqchilik bilan shug&#8217;ullanadi. Temir yo&#8217;llar uzunligi 2,4 ming kilometr, avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 41,9 ming kilometr, shundan qattiq qoplamali yo&#8217;llar \u2014 4,5 ming kilometr. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderis. Vindxuk yaqinida xalqaro aeroport bor. O&#8217;z mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va iste&#8217;mol tovarlariga bo&#8217;lgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (go&#8217;sht, go&#8217;sht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng iste&#8217;mol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSh. Pul birligi \u2014 Namibiya dollari. Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yo&#8217;lga qo&#8217;yila boshladi. Vindxukda texnika kolleji bor. Ilmiy muassasalari: Vindxukda ilmiy jamiyat, Me&#8217;morlik instituti, Uolfish-beyda ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda qishloq xo\u2019jaligi departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderis shahrida muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Namibiyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: &#8220;Algemayne tsaytung&#8221; (&#8220;umumiy gazeta&#8221;, nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1915 yildan), &#8220;Namib tayme&#8221; (&#8220;Namib vaqti&#8221;, ingliz, nemis, afrikaans va portugal tillarida haftada 2 marta chikadigan gazeta, 1958 yildan), &#8220;Namibian&#8221; (&#8220;Namibiyalik&#8221;, ingliz tilida chiqadigan gazeta, 1985 yildan), &#8220;Nyu ira&#8221; (&#8220;yangi davr&#8221;, ingliz tilida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gazeta), &#8220;Republikeyn&#8221; (&#8220;Respublikachi&#8221;, afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1977 yildan), &#8220;Namibiya Tudey&#8221; [&#8220;bugungi Namibiya&#8221;, ikki haftada 1 marta Luanda (Angola)da chiqadigan jurnal, 1977 yildan], &#8220;SVAPO informeyshn Bulletin&#8221; (&#8220;SVAPO axborot byulleteni&#8221;, oyiga 1 marta chiqadi). Namibiya axborot agentligi (NAMPA) 1987 yilda tashkil etilgan. Namibiya radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv Mahkamasi, 1979 yilda tuzilgan. Xalq san&#8217;ati. Namibiya hududidan qadimgi qoya rasmlari topilgan. Ular ma&#8217;dan bo&#8217;yoqlar bilan yoki o&#8217;yma usulda bajarilgan. Bir necha ming yillar avval bushmenlar va ularning ajdodlari chizgan bu rasmlarda xilma-xil hayotiy voqealar (ov va jang manzaralari, diniy marosimlar, afsona qahramonlarining ishlari) tasvirlangan. 1907 yilda Brandberg tog&#8217;i yaqinidagi Maak g&#8217;oridan topilgan qoya naqshi jahonga mashhur bo&#8217;lib, miloddan avvalgi 2-ming yillikning o&#8217;rtalariga mansubligi aniqlandi va u &#8220;oq ayol&#8221; deb nomlandi. Namibiyada an&#8217;anaviy turar joylar ibtidoiy (doira shaklidagi devorlari o&#8217;t, shox-shabba, hayvon terilari bilan yopilgan) chaylalardan iborat. Chayla o&#8217;rtasiga ustun qo&#8217;yilib, tomi poxol bilan yopiladi. Namibiyada badiiy xunarmandchilik (kulolchilik, kashtachilik), metalldan qurol, zeb-ziynat (taqinchoq va hokazolar) yasash keng tarqalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namibiya (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) \u2014 Afrikaning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km2. Aholisi 1,8 million kishi (2002). Poytaxti \u2014 Vindxuk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 13 tuman &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/namibiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114362"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114379,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114362\/revisions\/114379"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}