{"id":11440,"date":"2021-11-25T14:34:37","date_gmt":"2021-11-25T11:34:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11440"},"modified":"2025-10-20T09:40:50","modified_gmt":"2025-10-20T06:40:50","slug":"afv-etish-nima-deganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/afv-etish-nima-deganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"AFV ETISH nima deganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>AFV ETISH \u2014 sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshlig&#8217;ining qarori bilan amalga kiritiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida sudning hukmi bilan jazo tayinlangan shaxslarni Prezident tomonidan Afv etish va gunohlaridan o&#8217;tishni anglatadi (O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 93-modda, 20- band). Afv etish O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlagan Nizomda nazarda tutilgan tartiblar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Afv etish masalasi odatda, hukmlangan fuqaroning Afv etishni so&#8217;rab yozgan iltimosnomasiga asosan ko&#8217;rib chiqiladi. Iltimosnomadan tashqari: a) o&#8217;lim jazosiga hukm qilingan, ammo Afv etishni so&#8217;rab iltimosnoma yozgan mahkumlarga oid mavjud materiallar; b) O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O&#8217;zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O&#8217;zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan o&#8217;lim jazosiga va boshqa jazo turlariga mahkum etilgan fuqarolarga nisbatan Afv etishni qo&#8217;llashni so&#8217;rab keltirgan taqdimnomalar ham ko&#8217;riladi. Sud hukmi bilan jazoga hukm etilganlarni Afv etish o&#8217;lim jazosini ozodlikdan maxrum qilish jazosi bilan almashtirish; asosiy va qo&#8217;shimcha jazolarni to&#8217;la yoki qisman o&#8217;tashdan ozod qilish; jazo o&#8217;talmagan qismini yengilroq turi bilan almashtirish va sudlanganlikni olib tashlash yo\u2019li bilan amalga oshiriladi. Afv etishni so&#8217;rab qilingan iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan so&#8217;ng ko&#8217;rib chiqiladi. Afv etish masalasini ko\u2019rib chiqishda: sodir etilgan jinoyatning jamiyatga xavflilik darajasi va xususiyati, mahkumning shaxsini tavsiflovchi ma&#8217;lumotlar, uning xulqi, mehnatga munosabati, ozodlikdan maxrum etish jazosini o\u2019tayotgan koloniyada jamoat ishlarida qatnashishi yoki qatnashmasligi, jazo muddatining qanchasi o&#8217;talganligi, keltirilgan moddiy zarar miqdori va boshqa holatlar; jazo o&#8217;tayotgan koloniya ma&#8217;muriyati, jamoat tashkilotlari va jamoalarning mahkumga nisbatan fikri; yetkazilgan moddiy zararni to&#8217;lashdan ozod etishni so&#8217;rab qilingan iltimosnoma bo&#8217;yicha moddiy zarar yetkazilgan tashkilot, tuman (shahar) hokimligining fikri; harbiy sudlar tomonidan hukm qilingan mahkumlarning iltimosnomalari bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining fikri hisobga olinadi. O&#8217;lim jazosiga hukm etilganlar shu to&#8217;g&#8217;ridagi hukm qonuniy kuchga kirganligi ularga e&#8217;lon qilingan, hukmning yoki ajrimning nusxasi topshirilgan kundan boshlab 7 sutka ichida Afv etishni so&#8217;rab iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidir. Agar o&#8217;lim jazosiga hukmlangan shaxs belgilangan muddatda Afv etishni so&#8217;rab iltimosnoma bilan murojaat qilmasa yoki shunday iltimosnoma qilishdan voz kechganini bildirsa, u holda belgilangan qoida asosida bu haqda AKT tuziladi. Iltimosnoma yoki AKT iltimosnoma qabul qilingan yoki AKT tuzilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirilmay Prezident devoniga yuborilishi shart. O&#8217;lim jazosi tayinlangan shaxsning Afv etishni so&#8217;rab bergan iltimosnomasi yoki uning Afv etishni so&#8217;rab iltimos qilishdan voz kechganlik to&#8217;g&#8217;risidagi hujjatlar ko&#8217;rilib, hal qilingunga qadar o&#8217;lim jazosi tayinlanganligi to&#8217;g&#8217;risidagi hukm ijrosi to&#8217;xtatib turiladi. Afv etish to&#8217;g&#8217;risidagi iltimosnomalar va materiallar Prezident huzurida tuzilgan komissiya tomonidan dastlabki tekshi rishdan va muhokamadan o&#8217;tadi. Agar Komissiya Afv etish masalasini ko&#8217;rishda yig&#8217;ilgan hujjatlarni qo&#8217;shimcha tekshirishdan o&#8217;tkazishni lozim topsa, O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki O&#8217;zbekiston Respublikasi prokuraturasiga o&#8217;rganib chiqish va tegishli xulosa berish uchun yuboradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AFV ETISH \u2014 sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshlig&#8217;ining qarori bilan amalga kiritiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida sudning hukmi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/afv-etish-nima-deganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11440","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11440","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11440"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11440\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159557,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11440\/revisions\/159557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11440"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11440"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11440"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}