{"id":114501,"date":"2024-01-20T09:56:11","date_gmt":"2024-01-20T06:56:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114501"},"modified":"2024-01-20T09:56:13","modified_gmt":"2024-01-20T06:56:13","slug":"numizmatika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/numizmatika-2\/","title":{"rendered":"Numizmatika"},"content":{"rendered":"\n<p>Numizmatika (lotincha numisma \u2014 tanga) \u2014 tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og&#8217;irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o&#8217;rganadi. Numizmatika xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, Paleografiya, san&#8217;at tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. Numizmatika tushunchasiga yana qog&#8217;oz pullarni o&#8217;rganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni o&#8217;rganish (faleristika) ham kiradi. Metall pullar paydo bo&#8217;lgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning o&#8217;sishi pulga bo&#8217;lgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliqlarigina tanga chiqarish huquqiga ega bo&#8217;lgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan. O&#8217;rta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg&#8217;asi tushirilgan. Numizmatika numizmatik kollektsiyadan farq qiladi. Tangalarni kollektsiya qilish 14-15-asrlarda Italiyada paydo bo&#8217;lgan. Ilmiy Numizmatika fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan. Numizmatika shartli ravishda antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, O&#8217;rta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga bo&#8217;yida o&#8217;rta asrlarda chiqarilgan tangalarni o&#8217;z ichiga oladi), G&#8217;arb (G&#8217;arbiy Yevropa hamda AQSh, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus Numizmatikasiga bo&#8217;linadi. Sharq Numizmatikasiga X. D. Fren asos solgan. O&#8217;rta Osiyo davlatlari tangalarini o&#8217;rganishda rus olimlari P. S. Savelev, V. T. Tizengauzen, E. A. Davidovich, O. N. Smirnova, o&#8217;zbekistonlik olimlardan M. E. Massoy, Sh. R. Pidaev, E. V. Rtveladze, T. S. Ernazarova, E. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakaeva, I. T. To&#8217;xtiyev va boshqalarning hissasi katta. Ad.: Smirnova O. I., Katalog monet s goroditsha Pendjikent, M., 1963; Davidovich E. A., Istoriya monetnogo dela Sredney Azii XVII\u2014XVIII vv., Dushanbe, 1964; Ernazarova T. S, denejnoe obratshenie Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannim (do nach. IX v.). v SB. &#8220;Afresiab&#8221; . VIP. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidaev Sh . R., Katalog drevnix monet Yujnogo Uzbekistana, T., 1981; numizmatika Uzbekistana, T., ,1990.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Numizmatika (lotincha numisma \u2014 tanga) \u2014 tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og&#8217;irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o&#8217;rganadi. Numizmatika xronologiya, moddiy madaniyat, ichki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/numizmatika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114501","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114501","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114501"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114501\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114510,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114501\/revisions\/114510"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114501"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114501"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114501"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}