{"id":114568,"date":"2024-01-22T08:13:29","date_gmt":"2024-01-22T05:13:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114568"},"modified":"2024-01-22T08:13:30","modified_gmt":"2024-01-22T05:13:30","slug":"namangan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/namangan\/","title":{"rendered":"Namangan"},"content":{"rendered":"\n<p>Namangan \u2014 Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning ma&#8217;muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni bo&#8217;yicha Farg&#8217;ona vodiysida oldingi o&#8217;rinda. O&#8217;zbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Farg&#8217;ona vodiysining shimolda, shim. Farg&#8217;ona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km2. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26,3\u00b0, yanvarniki -2,3\u00b0. Aholisi 395,8 ming kishi (2003). Farg&#8217;ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron bo&#8217;lganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. Namangan tuz koni (&#8220;namak kon&#8221;) yaqinida vujudga kelgan bo&#8217;lib, shahar nomi o&#8217;rta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur o&#8217;zining &#8220;Boburnoma&#8221; (16-asr) asarida Namangan qishlog&#8217;i haqida gapirib o&#8217;tgan. V. P. Nalivkinning (&#8220;Qo&#8217;qon xonligining qisqacha tarixi&#8221;, Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qo&#8217;qon xonligiga tobe bo&#8217;lgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida o&#8217;z ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga xam xizmat qiluvchi hunarmandchilik markazi bo&#8217;lgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda me&#8217;morlik sezilarli darajada taraqqiy etgan. Xo&#8217;ja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirg&#8217;iz madrasasi (1911-12) va ota Valixon to&#8217;ra masjidi (20-asr) kabi me&#8217;moriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817\u2014 22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv ta&#8217;minoti yaxshilandi. 1842-45 yillarda shahar baland devor bilan o&#8217;rab olingan. 1813-14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan o&#8217;ralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qo&#8217;qon xonligi hukmronligining so&#8217;nggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi bo&#8217;lib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg&#8217;ona ma&#8217;muriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894-95 yillarda uezd muassasalari uchun davlat binolari qurildi. 20-asrning boshlarida Namangan O&#8217;rta Osiyoning &#8220;eski&#8221; va &#8220;yangi&#8221; qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga Qo&#8217;qon tomonidan temir yo\u2019l o&#8217;tkazildi. 1914 yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yog&#8217; zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi bo&#8217;lgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi bo&#8217;ldi. Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning qariyb 80%ida ish to&#8217;xtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor ta&#8217;mirlash, sut-yog&#8217;, konserva, g&#8217;isht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xo\u2019jaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng iste&#8217;mol buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-to&#8217;quv fabrikasi, ta&#8217;mirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. 2-jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, go&#8217;sht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, og&#8217;ir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va qurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan to&#8217;la ta&#8217;minlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-GES qurildi. 1949 yilda Markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, bulldozer kabi qishloq xo\u2019jalik mashinalari ta&#8217;mirlandi. O&#8217;rta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va ro&#8217;zg&#8217;orda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi. Namangan respublikaning yengil va oziq-ovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda O&#8217;zbekistonning to&#8217;qimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik to&#8217;qimachilik korxonalari qurildi. Shaharda 36 qo&#8217;shma korxona mavjud. Shulardan, O&#8217;zbekiston\u2014Yaponiya &#8220;Silk Road&#8221;, O&#8217;zbekiston\u2014Shveytsariya &#8220;Nestle&#8221;, O&#8217;zbekiston \u2014 Turkiya &#8220;Asnam-Tekstil&#8221; va boshqa qo&#8217;shma korxonalarning xissasi salmoqlidir. &#8220;Atlas&#8221;, &#8220;Noto&#8217;qimachi&#8221;, &#8220;Namangango&#8217;shtsutsanoat&#8221;, &#8220;Namanganekstraktyog'&#8221;, &#8220;Namanganmebel&#8221;, &#8220;Namangandonmahsulot&#8221;, &#8220;Mehmash&#8221;, &#8220;Karbonam&#8221;, korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va o&#8217;rta biznes sub&#8217;yektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay o&#8217;zgarib ketdi. Ilgarigi tor ko&#8217;chalar o&#8217;rnida keng va ravon yo&#8217;llar bunyod etildi. &#8220;Boburshoh&#8221;, &#8220;Do&#8217;stlik&#8221;, &#8220;Marg&#8217;ilon&#8221;, &#8220;Oromgoh&#8221;, &#8220;Uychi&#8221; ko&#8217;chalari tubdan qayta ta&#8217;mirlandi. Namangan azaldan o&#8217;zining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar bo&#8217;lib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar o&#8217;z mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar o&#8217;rnida &#8220;Chorsu&#8221;, &#8220;Do&#8217;stlik&#8221;, &#8220;Taxtako&#8217;prik&#8221;, &#8220;Shohbekat&#8221;, &#8220;Jahon&#8221; singari zamonaviy bozorlar qad ko&#8217;tardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, &#8220;tinchlik&#8221; maydoni, Mashrab nomidagi bog&#8217;bunyod etildi. Bobur bog&#8217;i hududida &#8220;Xotira&#8221; maydoni barpo qilindi. Boburshoh ko&#8217;chasida akademik litseyning o&#8217;quv binosi va yotoqxonasi, Do&#8217;stlik ko&#8217;chasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. San&#8217;at, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta ta&#8217;mirlandi va jihozlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam ko&#8217;rsatish markazi, endokrinologiya, &#8220;Ona va bola&#8221; markazlari, ko&#8217;pgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushirildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik qurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan ko&#8217;chalarining uzunligi 1010 kilometr. Trolleybus qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgai. Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga &#8220;O&#8217;zdunrobita&#8221;, &#8220;Kamalak \u2014 TV&#8221; va &#8220;DEU Yunitel&#8221; qo&#8217;shma korxonalari xizmat ko\u2019rsatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va ko&#8217;pgina savdo va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iqtisodiyot litseyi, 51 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002\/2003 o&#8217;quv yilida universitet va institutlarda 11129, o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy ta&#8217;lim maktablarida 76801 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Shaharda 2 teatr, bolalar qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud (2003). 5 sport maktabi, bir qancha stadion va suzish havzalari, &#8220;Paxlavon&#8221;, &#8220;Dinamo&#8221; sport majmualari, &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; tennis maydonlari, Otchopar bor. 67 kasalxona, 2 tug&#8217;ruqxona, 15 poliklinika, 6 ayollar konsultasiyasi, tibbiy dispanser, 4 shahar vrachlik punkti, sanatoriy-profilaktoriylar aholiga xizmat ko\u2019rsatmoqda. Murodulla Haydarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namangan \u2014 Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning ma&#8217;muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni bo&#8217;yicha Farg&#8217;ona vodiysida oldingi o&#8217;rinda. O&#8217;zbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Farg&#8217;ona vodiysining shimolda, shim. Farg&#8217;ona kanali bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/namangan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114568\/revisions\/114573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}