{"id":114611,"date":"2024-01-22T08:23:50","date_gmt":"2024-01-22T05:23:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114611"},"modified":"2024-01-22T08:23:53","modified_gmt":"2024-01-22T05:23:53","slug":"niderland-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/niderland-sanati\/","title":{"rendered":"Niderland san&#8217;ati"},"content":{"rendered":"\n<p>Niderland san&#8217;ati &#8211; Niderlandiya hududi (hozirgi Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va qisman Frantsiyaning shimoli-sharqi)da o&#8217;rta asrlarda mavjud bo&#8217;lgan yagona badiiy maktab; 14-asrdan to Niderlandiya inqilobi g&#8217;alabasi (16-asr) ga qadar bo&#8217;lgan davrda bu yerlarda G&#8217;arbiy Yevropa O&#8217;rta asrlar va Uyg&#8217;onish davri san&#8217;ati shakllangan. Niderlandiya hududida Karolinglar davrida bazilika tipidagi cherkovlar, ba&#8217;zan Markaziy kapellalar qurilgan, 11 \u201413-asrlarda roman uslubi rivojlangan. Dastlabki turar joy binolari paydo bo&#8217;lgan; qasr va bozor maydonlari atrofida aylana tarxli ratusha, gildiya uylari va ustaxonalari bo&#8217;lgan shaharlar qad ko&#8217;tardi, shaharning minorali devorlari, ko&#8217;priklari mustahkam qilib qurildi. Maas vodiysi me&#8217;morligida roman va gotika uslublari uyg&#8217;unlashgan. Shimoliy Niderlandiyada g&#8217;ishtli gotika keng tarqalgan, binolardagi hashamatli bezaklar binoning mahobatli shakliga bo&#8217;ysundirilgan. Niderland san&#8217;atida haykaltaroshlik va rangtasvirda yutuklarga erishildi. 11-asrdan miniatyura (Stavlo &#8220;Injil&#8221;i, 1093-97), badiiy bronza buyumlar tayyorlash, zargarlik san&#8217;ati, 13-15-asrlarda gotika haykaltaroshligi (&#8220;Momo Havo&#8221;, Lejdagi Sen-Jan cherkovida), monumental (&#8220;xochga mixlash&#8221;, Utrextdagi Sint-Piterskerk cherkovida) va Dastgoxli (rassomlar J.Maluel, A. Bel-shoz, M.Bruderlam) rangtasvir rivojlangan; haykaltarosh K. de Verve, miniatyurachi rassomlardan aka-uka limburglar mashhur bo&#8217;lgan. 15-asrdan Niderland san&#8217;ati Shimoliy Yevropa san&#8217;atida yetakchi o&#8217;rin tutdi, inson va tabiatga yangicha munosabatlar shakllandi, inson va tabiat orasidagi uyg&#8217;unlikni aks ettirish shu davrlarda yaratilgan asarlarga betakror ruh baxsh etdi. Jumladan, Ya. van EYK asarlarida kundalik hayot rang-barangligi va ko&#8217;tarinki ruxi o\/z ifodasini topdi, rang va nur alohida plastik kuch va ifodalilik kashf etib, Yevropa rangtasvirining keyingi rivojida muhim rol o&#8217;ynadi, rassomning o\u2019zi shimoliy Yevropa Uyg\u2019onish davri san&#8217;ati asoschisiga aylandi. 15-16-asrlar Niderlandiya Uyg&#8217;onish davrida altar kartinalari, portretlar, miniatyuralarda rassomlar (R.Kampen, Ya. van EYK, Rogir van der Veyden, X.van der Gus, X.Bosx va boshqalar) dunyoviy hayotni haqqoniy aks ettirdilar. 16-asr 2-yarmida dunyoviy rangtasvirning portret (A.Mor, D.Yakobus), manzara (I.Patinir), maishiy janr (Luka Leydenskiy, P.Breygel katta) turlari taraqqiy etdi. Niderland san&#8217;ati amaliy bezak san&#8217;atida mujassamoti kup shaklli shpalerlar ishlab chiqarish, zargarlik san&#8217;ati, sopol buyumlar tayyorlash, kashtachilik, 16-asrdan badiiy tur to\u2019qish yuksak darajaga ko&#8217;tarildi. Niderlandiya burjua inqilobi g&#8217;alabasidan so\u2019ng Niderland san&#8217;ati ikki mustaqil \u2014 Gollandiya va Flamand maktablariga ajraldi va o&#8217;ziga xos tarzda rivojlandi va talqin qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Niderland san&#8217;ati &#8211; Niderlandiya hududi (hozirgi Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va qisman Frantsiyaning shimoli-sharqi)da o&#8217;rta asrlarda mavjud bo&#8217;lgan yagona badiiy maktab; 14-asrdan to Niderlandiya inqilobi g&#8217;alabasi (16-asr) ga qadar bo&#8217;lgan davrda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/niderland-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114611","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114611","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114611"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114611\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114621,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114611\/revisions\/114621"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114611"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114611"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114611"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}