{"id":114629,"date":"2024-01-22T08:26:42","date_gmt":"2024-01-22T05:26:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114629"},"modified":"2024-01-22T08:26:46","modified_gmt":"2024-01-22T05:26:46","slug":"nishon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nishon-tumani\/","title":{"rendered":"Nishon tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Nishon tumani &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975 yil 6 martda tashkil etilgan. Janubda Turkmaniston, shimolda viloyatning Qarshi, sharqda G&#8217;uzor, g&#8217;arbda Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,1 ming km2. Aholisi 112,5 ming kishi (2003). Nishon tumanida 2 shahar (Tallimarjon va yangi Nishon), 1 shaharcha (Nuriston), 8 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Balxiyak, Nishon, Navro&#8217;z, Oydin, Oqoltin, Paxtazor, Qirqduloch, Shirinobod) bor. Tuman markazi \u2014 Yangi Nishon shahri. Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo vohasining Janubda, qarshi cho&#8217;lida joylashgan. Hududining asosiy qismi cho&#8217;l, qir hamda adirlardan iborat. Bu yerda nishon, Gulbodom, g&#8217;ovur, Kaptarli, Oydin kabi cho&#8217;l va yaylovlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 14,8\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0,2\u00b0, eng past temperatura -15\u00b0, iyulniki 28,8\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Vegetatsiya davri 230 kun. Oktabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yog&#8217;in 180-220 mm. Tuman hududidan qarshi magistral kanali o&#8217;tgan. Tallimarjon suv ombori bor. Tuprog&#8217;i asosan, bo&#8217;z tuproq. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 53 kishi. Xo&#8217;jaligi. Nishon tumani xo&#8217;jaliklari paxtachilik, g&#8217;allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 377 kichik va xususiy korxona, 52 aktsiyadorlik jamiyati, Tallimarjon GRES qurilish boshqarmasi, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi sho&#8217;ba korxonasi mavjud. Nishon tumanida 3 shirkat, 1967 fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. 47196 gektar yer maydoni sug&#8217;oriladi, shu jumladan, 24553 gektar paxta, 18640 gektar g&#8217;alla, 596,6 gektar sabzavot va poliz, 1637 gektar yem-xashak ekinlari bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 22 ming qoramol, 42,1 ming qo&#8217;y va echki boqiladi. Tuman markazini xo&#8217;jaliklar bilan bog&#8217;laydigan yo&#8217;llar asfaltlangan. Tuman hududini katta O&#8217;zbekiston trakti va temir yo\u2019l kesib o&#8217;tgan. Nishon\u2014Qarshi (25 kilometr) va boshqa yo&#8217;nalishlarda avtobuslar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Nishon tumanida 33 umumiy ta&#8217;lim maktabi, agroiqtisodiyot kolleji, 3 kasb-hunar maktabi, 21 kutubxona, madaniyat uylari, stadion bor. Kasalxona, feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalarda 156 vrach va 640 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. 1975 yildan &#8220;Nishon tongi&#8221; tuman gazetasi chiqadi (adadi 960).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nishon tumani &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975 yil 6 martda tashkil etilgan. Janubda Turkmaniston, shimolda viloyatning Qarshi, sharqda G&#8217;uzor, g&#8217;arbda Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,1 ming km2. Aholisi 112,5 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nishon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114629","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114629","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114629"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114629\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114645,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114629\/revisions\/114645"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114629"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114629"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114629"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}